Iqtisodiy o‘sish nazariyalarining rivojlanishi ularning mazmuni va



Yüklə 222,67 Kb.
səhifə4/14
tarix02.06.2023
ölçüsü222,67 Kb.
#122256
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
2-mavzu Solov modeli (4)

öY —- öl
(2.4.)
Bunda - multiplikator.
Agar AQ=IŞ taklif tenglamasini z1Y——zH talab tenglamasi bilan solishtirsak, unda taklif tenglamasida umumiy investitsiyalar ishtirok etishini sezamiz, qachonki talab tenglamasida — faqatgina oldingi davrga nisbatan investitsiyalarning o‘sishi ishtirok etadi. Buning sababi shundaki, ishlab chiqarishning o‘sishi AQ umumiy kapitalning unumdorligi bilan ta’minlanadi, daromadning o‘sishi AY esa — faqatgina qo‘shimcha kapital qo‘yilmalarining multiplikator ta’siri bilan ta’minlanadi.

  1. Daromadlar va ishlab chiqarish quvvatlari o‘sishi sur’atlarining muvozanat tenglamasiga nJ= ıpbo‘lganda erishiladi.

Bu tenglama yechimi orqali quyidagi natijaga ega bo‘lamiz.
= «p Tenglamaning chap qismida investitsiyalarning yillik
o‘sish sur’ati turadi, u ishlab chiqarish quvvatlarining o‘sishi yordamida to‘1iq bandlikni ta’minlash uchun ‹i§ yillik sur’at biJan o‘sishi lozim.
Shunday qilib Domar modeli investitsiyalar doimiy o‘sishi lozim bo‘1gan sur’at (temp) ni aniqlash imkonini beradi. Bu sur’at (temp) milliy daromadda jamg‘arma1ar ulushi va investitsiyalarni o‘rta samaradorligi bilan to‘g‘ri bog‘1angan. Masalan, agar jamg‘arish moyillik - zo•z. teng bo‘lsa, kapitalni unumdorligi esa p -33%, kapitalni balanslashgan o‘sish meyori 6,6% tashkil etish kerak.
- 0,2 0,3s - o,os6 yoki 6.6%

Bundan iqtisodiy siyosat uchun muhim xulosa kelib chiqadi: faqatgina kapitalning doimiy o‘sayotgan akkumulyatsiyasiga jamiyat mashtabida yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi dinamik muvozanatni ta’minlaydi. Investitsiyalarning muvozanatli o‘sishini ta’minlab turish uchun davlat milliy daromaddagi jamg‘armalar ulushiga yoki texnik taraqqiyot sur’at1ariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

    1. R. Xarrodning neokeynschilik o‘sish niodellari



Oldin ta’kidlaganimizdek tarkibi bo‘yicha bu model Y. Domar modeliga o‘xshaydi, biroq uning o‘ziga xos xususiyatlari bor. Y.Domar modeli investitsiyalarning yalpi talabni kengaytirish va ishlab chiqarish quvvatlarining vaqt oralig‘ida ko‘payishdagi ikki xil rolini tahlil qiladi. Shuning uchun u butunligicha multiplikatordan foydalanishga asoslanadi va milliy daromadning zaruriy o‘sishini ta’minlaydigan investitsiyalarning o‘sish me’yorini aniqlaydi.
R. Xarrod modelining maqsadi esa iqtisodiyot o‘sishining trayektoriyasini o‘rganish hisoblanadi. Shuning uchun uning asosini akselerator nazariyasi tashkil etib, u investitsiyalar o‘sishini bunga sabab bo‘lgan daromad o‘sishiga nisbatini aniqlash imkonini beradi.
Bunday xususiyatlardan shu natija kelib chiqadiki, Y. Domar mos davlat siyosati bilan bog‘liq bo‘lgan avtonom investitsiyalar bilan ish olib borgan bo‘lsa, R.Xarrod esa — milliy daromad o‘sishi bilan bog‘1iq ishlab chiqarish investitsiyalari bilan ish olib borgan.
Akselerator nazariyasini yanada yaqqolroq ko‘rib chiqamiz. Akselerator nazariyasi — investitsiyalarning kutilayotgan ishlab chiqarish hajmi o‘zgarishiga bog‘liqIigini tavsiflovchi nazariyadir. Akselerator tamoyili dastlab davrlar nazariyasi doirasida ishlab chiqilgan bo‘lib, investitsiyalarning iste’mol talabi harakatiga
reaksiyasi orqali iqtisodiy inqirozlarni tavsiflagan. Bunday bog‘liqlikda akselerator nazariyasini XX asr boshida fransuz iqtisodchisi A. Aftalyen va amerikalik iqtisodchi I.Klark rivojJantirishgan. Bu nazariyaga muvofiq talabning (yoki daromadlarning) o‘sishi investitsiyalarning o‘sish darajasiga tezlashtiruvchi (akselerator) sifatida ta’sir etadi, (avvalambor, asosiy
kapital sohasida). Yangi investitsiyalar ishlab chiqarish hajmi (daromadlar) ga nisbatan tezroq o‘sishi taxmin qilinadi, chunki mashinaning qiymati uning tayyor mahsulot qiymatidan odatda ancha yuqori bo‘ladi, demak, ishlab chiqarish qatnashchilari daromadlaridan ham yuqori bo‘ladi. Shuning uchun ham investitsiyalarga bo‘lgan talab iste’mol talabining o‘sishiga nisbatan doimo yuqori bo‘ladi. Gap shundaki, o‘sib borayotgan iste’mol talabi mavjud bo‘lgan ishlab chiqarish quvvatlariga ta"sir ko‘rsatib, nafaqat mavjud quvvatlar
modernizatsiyasiga balki yangi sanoat korxonalari va uskunalariga kapital qo‘yilmalarini rag‘batlantiradi.
Faraz qilamizki, qandaydir korxona o‘zining mahsulotiga mavjud talabni 10 ta mashinadan foydalanib qondiradi, ulardan bittasi har yili yangisi bilan almashtiriladi. Agar talab 20% ga oshsa korxona bu talabni qondirish uchun 2 ta yangi mashina sotib olishi kerak bo‘ladi. Shunday qilib akselerator ishlab chiqarish o‘sishi bilan investitsiyalar o‘sishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatadi: ishlab chiqarish hajmi o‘zgarishiga javob ravishda yangi investitsiyalar qanchaga o‘sadi.
Ishlab chiqarish va investitsiyalar darajalarida o‘zgarishlarning bunday teskari bog‘liq1igi J. Keynsda umuman yo‘q edi. U investitsiya va daromadlar o‘rtasida multiplikator munosabati bilan cheklandi

Yüklə 222,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin