Iqtisodiy o‘sish nazariyalarining rivojlanishi ularning mazmuni va


ILSolouning neoklassik iqtisodiy o‘sish modeli



Yüklə 222,67 Kb.
səhifə6/14
tarix02.06.2023
ölçüsü222,67 Kb.
#122256
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
2-mavzu Solov modeli (4)

ILSolouning neoklassik iqtisodiy o‘sish modeli


O‘sishning birinchi neoklassik modellari 1950-yillar oxiri 1960- yillarda paydo bo‘la boshladi, bunda dinamik muvozanat muammolariga e’tibor susayib, nafaqat foydalanilmagan quvvatlar balki yangi texnikani joriy etish, unumdorligini oshirish va ishlab chiqarishni tashkil etishni yaxshilash hisobiga o‘sishning mumkin bo‘lgan sur’atiga erishish muammosi birinchi pog‘onaga chiqib qoldi.


Bu bilan bog‘1iq holda nafaqat nazariy asoslar balki iqtisodiy o‘sishning taxlil qilish uslublari ham o‘zgardi. Bu davrda rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida yirik korxonalaming roli ortib, ular o‘sishning neokeynschilik modeliga asoslangan holda o‘z investitsiyalarini strategik rejalashtirish tartibida makro darajada dinamik o‘sish modellarini tuza boshladilar. Yirik firmalarning mustaqil iqtisodiy siyosat o‘tkazishlari, ularning o‘z o‘sish siyosatiga
60
bo‘lgan qiziqishlari neoklassik yo‘nalish vakillarini o‘sishning neonekeyschilik makro iqtisodiy modellariga o‘xshash modellarini yaratishga bo‘1gan faolligini oshirdi.
Bu yo‘nalish vakillari (amerikalik iqtisodchi R.Solou, ingliz iqtisodchisi J.Mid va boshqa mualliflar) iqtisodiyotga davlat aialashuviga qarshi chiqishdi, chunki, ularning fikricha yirik firmalarga bozor raqobatchiligi sharotida potensial o‘sishga erishish uchun mavjud resurslardan yanada ko‘proq foydalanish uchun erkinlik berish kerak edi. Ular modellarining metodologik asosi bo‘lib ishlab chiqarish omillarining nazariyasi va chegaraviy unumdorlik nazariyasi xizmat
qildi.
Neoklassik maktab nazariyotchilari o‘sishning keynschilik nazariyalarini 3 ta punkt bo‘yicha tanqid qilishdil’:

  • Birinchidan, ular o‘sishning asosiy omili sifatida- kapital jamg‘arilishiga e’tiborni qaratganlar. Neoklassiklarning fikriga ko‘ra esa ishlab chiqarishning o‘sishiga yangi ishchilami jalb etish hisobiga ham erishish mumkin.

  • Ikkinchidan, ular kapital koeffitsiyenti s ning o‘zgarmasligidan kelib chiqqan. Neoklassik modellar esa 2 xil ishlab chiqarish omillari (kapital va mehnat) ni hisobga olib va ularning o‘zaro almashinuvini inobatga olib bu koeffitsiyent o‘zgarishi mumkinligini ta’kidlaydilar.

  • Uchinchidan ular bozor mexanizmining avtomatik ravishda muvozanatni tiklay olish qobiliyatini to‘g‘ri baholashmagan. Neokeynschilardan farqli ravishda ular faqat raqobatli bozor iqtisodiyoti iqtisodiy o‘sishning muvozanatliligini ta’minlay oladi deb hisoblashgan. Raqobat mexanizmidan tashqari bunday shartlaridan biri bo‘1ib neoklassiklarda qat’iy pu1 tizimi hisoblanadi.

Dastlab bu model R.Solou tomonidan “Iqtisodiy o‘sish nazariyasiga qo‘shilgan hissa” maqolasida bayon etilgan (1956-yil.), so‘ng esa “Texnika taraqqiyoti va agregativ ishlab chiqarish funksiyasi” ishida rivojlantirildi (1957-y). 1987-yi1da uni ishlab chiqqanligi uchun muallif iqtisodiyot bo‘yicha Nobel’ mukofotiga sazovor bo‘1di.
Model resurslaming to‘1iq bandligini ta’minlovchi ishlab chiqarish omillari bozorlaridan mutlaq raqobat ustunligining neoklassik talqiniga asoslanadi. Mahsulot ishlab chiqarish nafaqat kapital balki mehnatning





7 M. Vesal. Economics of development. 2014 Published by: University of London 86-92 p.
6i
faoliyatidir va bu omillar bo‘yicha ishlab chiqarish elastikligi koeffıtsiyentlarining yig‘indisi 1 ga teng.
R.Solou iqtisodiy tizim muvozanatligining muhim sharoiti yalpi talab va yalpi talifning teng bo‘1ishi ekanligidan kelib chiqadi. Bunda modeldagi yalpi taklif Kobb-Duglasni ishlab chiqarish funksiyasi asosida aniqlanib, bir tomondan ishlab chiqarish hajmi o‘rtasidagi funksional bog‘1iqlik munosabatini, ikkinchi tomondan esa foydalaniladigan omillar va ularning o‘zaro kombinatsiyasini ifodalaydi. Kobb-Duglas ishlab chiqarish funksiyasi bo‘yicha har bir omilning ulushi mahsulot qiymatida doimiy, ammo absolyut jihatdan mehnat va kapital sarfi o‘zgarishi mumin.
Eng umumiy ko‘rinishda milliy ishlab chiqarish hajmi U ishlab chiqarishning 3 omili funksiyasi hisoblanadi: mehnat J, kapital K va
yer N; Y f{Ly Ky N) (2.10.)
Biroq yer omili iqtisodiy tizimda kam ma’noga ega bo‘lganligi tufayli
R. Solou modelida keltirilmagan.

Y —— f{L,K)
Yoyilgan ko‘rinishda berilgan funksiya quyidagicha bo‘1adi:
x- tzxem)z +(ax K
Bunda dF/dJ — mehnatning chegaraviy mahsuloti MPL
AYLAK - kapitalning chegaraviy mahsuloti MPK.

Yüklə 222,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin