Iqtisodiy o`sish va rivojlanayotgan mamlakatlardagi o`zgarishlar


I.BOB. IQTISODIY O`SISH TUSHUNCHASI, UNING MAQSADI, ASOSIY OMILLARI VA MODELLARI



Yüklə 223,68 Kb.
səhifə4/16
tarix06.07.2023
ölçüsü223,68 Kb.
#135877
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
IQTISODIY O\'SISH-IJTIMOIY TARAQQIYOT OMILI SIFATIDA

I.BOB. IQTISODIY O`SISH TUSHUNCHASI, UNING MAQSADI, ASOSIY OMILLARI VA MODELLARI

1.1. Iqtisodiy o`sishning turlari va maqsadlari


Iqtisodiy o’sishni yalpi taklifning, yoki aniqroq qilib aytganda, ishlab chiqarishning potentsial hajmi dinamikasining uzoq muddatdagi aspekti sifatida qarash mumkin. Iqtisodiy o’sish omillari va qonuniyatlari tahlili makroiqtisodiy nazariyaning markaziy masalalaridan biri hisoblanadi.
Iqtisodiy o’sish deganda odatda iqtisodiyotda real daromadlarning (YaIM, YaMM yoki MD), shuningdek, aholi jon boshiga real ishlab chiqarish hajmining o’sishi tushuniladi. Shuning uchun iqtisodiy o’sishni o’lchashda umumiy va jon boshiga real ishlab chiqarish hajmining absolyut o’sishi yoki o’sish sur’ati kabi ko’rsatkichlardan foydalaniladi.
Iqtisodiy o’sish agar qo’shimcha resurslarni jalb qilish hisobiga amalga oshirilsa va jamiyatda o’rtacha mehnat unumdorligini o’zgartirmasa, bu ekstensiv iqtisodiy o’sish deyiladi. Intensiv iqtisodiy o’sish esa birmuncha mukammal ishlab chiqarish omillari va texnologiyasini qo’llash bilan bog’liq, ya’ni u resurslar sarfi hajmini oshirish hisobiga emas, balki ularning foydali ish koeffistientini (unumdorligini) oshirish hisobiga amalga oshiriladi. Resurslar cheklanganligi sharoitida intensiv o’sish afzalroq hisoblanadi, u shuningdek aholi farovonligini o’stirishning asosi bo’lib xizmat qilishi mumkin.
Iqtisodiy o’sish omillarini ko’pincha iqtisodiy o’sishning turlariga muvofiq ravishda guruhlarga ajratadilar. Ekstensiv omillarga quyidagilar kiradi:

  • mavjud texnologiya darajasini o’zgartirmagan holda investistiyalar hajmini oshirish;

  • ishchi kuchi sonini ko’paytirish;

  • ishlab chiqarishda foydalaniladigan xom ashyo, yonilg’i va boshqa kapital xarajatlarini oshirish.

Intensiv omillarga quyidagilar kiradi:

  • fan-texnika rivojlanishini tezlashtirish (yangi texnika va texnologiyalarni kiritish);

  • ishchilar malakasini oshirish;

  • asosiy fondlar va dastmoyalardan foydalanish sifatini yaxshilash;

  • resurslar taqsimotini yaxshilash;

  • xo’jalik faoliyatini tashkillashtirishni yaxshilash hisobiga uning samaradorligini oshirish.

Ba’zi hollarda ishlab chiqarishni kengaytirish jarayonining katalizatori sifatida yalpi talabni iqtisodiy o’sishning mustaqil omili ko’rinishida ajratadilar.
Iqtisodiy o’sishga to’sqinlik qiluvchi sabablarga resurslar taqchilligi, iqtisodiy jihatdan cheklanganlik, shuningdek, ishlab chiqarish hajmining o’sishi bilan bog’liq yirik ijtimoiy xarajatlarni kiritadilar.
Iqtisodiy o’sishning asosiy zamonaviy modellari, boshqa har qanday modellar singari, real iqtisodiy jarayonlarning tenglamalar yoki grafiklar shaklidagi abstrakt, soddalashtirilgan ifodasini o’zida aks ettiradi. Har bir modelda oldindan ma’lum qilib qo’yiladigan bir qator farazlar avval boshdan natijani real jarayonlardan uzoqlashtiradi, biroq shunga qaramasdan ular iqtisodiy o’sishdek murakkab hodisaning alohida jihatlari va qonuniyatlarini tahlil qilishga imkon beradi.
Iqtisodiy o`sishning Keyns: Xarrod, Domar va neoklassik model bo`lgan Solou va boshqa bir qator modellari bor.

Yüklə 223,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin