Iqtisodiy o`sish va rivojlanayotgan mamlakatlardagi o`zgarishlar



Yüklə 223,68 Kb.
səhifə9/16
tarix06.07.2023
ölçüsü223,68 Kb.
#135877
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
IQTISODIY O\'SISH-IJTIMOIY TARAQQIYOT OMILI SIFATIDA

Xarrod modeli. R.F. Xarrod iqtisodiy o’sishning maxsus modelini tuzdi (1939 y.). Bunda u akselerator printsipi va tadbirkorlarning kutadigan natijalari asosida investistiyaning endogen funkstiyasidan foydalandi (Domar modelidagi ekzogen tarzda berilgan investistiyadan farqli o’laroq).
A
kselerator printsipiga muvofiq, daromadning har qanday o’sishi (qisqarishi) daromad o’zgarishiga proporstional bo’lgan kapital mablag’larning o’sishiga (qisqarishiga) olib keladi:
bu yerda ν – akselerator.
Tadbirkorlar iqtisodiyotda bulturgi yuz bergan holatlardan kelib chiqib xususiy ishlab chiqarish hajmini rejalashtiradilar: agar ularning avvalgi prognozlari birmuncha to’g’ri chiqqan va talab taklifga butunlay teng bo’lgan bo’lsa, u holda bu gal ham tadbirkorlar ishlab chiqarish hajmining o’sish sur’atlarini o’zgartirmaydilar; agar iqtisodiyotda talab taklifdan yuqori bo’lgan bo’lsa, ular ishlab chiqarishni kengaytirish sur’atini oshiradilar, va aksincha.
Xarrod modelidan ishlab chiqarish hajmining muvozanatli o’sish sur’ati quyidagiga tengligi kelib chiqadi:

Ushbu s/(ν–s) ifodani Xarrod “kafolatlangan” o’sish sur’ati deb atagan: o’sish sur’atini shunday saqlagan holda tadbirkorlar o’z qarorlaridan to’liq qoniqish hosil qiladilar, negaki bunda talab taklifga teng bo’ladi hamda ularning taxminlari o’zini oqlaydi. Bunday o’sish sur’ati ishlab chiqarish quvvatlaridan (kapitaldan) to’liq foydalanishni ta’minlaydi, ammo bunda har doim ham to’la bandlikka erishilmaydi.


Kafolatlangan o’sish sur’atidan tashqari Xarrod tabiiy o’sish sur’ati tushunchasini kiritadi. Bu – faol aholi sonining o’sishi va texnik rivojlanish bilan ro’y beradigan maksimal o’sish sur’atidir. Bunday sur’atda ishlab chiqarish omillari — ishchi kuchi va kapitalning to’la bandlgiga erishiladi.
Iqtisodiy tizimning ideal rivojlanishiga resurslardan to’liq foydalanish sharoitida kafolatlangan, tabiiy va haqiqiy o’sish sur’atlari teng bo’lganda erishiladi. Biroq kafolatlangan o’sish sur’ati shartlaridan investitsiyaning har qanday chetlashishi talab va taklif muvozanati shartining buzilishiga olib keladi. Bu esa Xarrod modelida dinamik muvozanatni izdan chiqaradi.
Ko’pincha yuqoridagi ikki modelni bitta Xarrod-Domar modeliga birlashtiradilar. Ikkala model ham quyidagi xulosaga olib keladi: ishlab chiqarishning muayyan texnik sharoitlarida iqtisodiy o’sish sur’ati jamg’arishga me’yoriy moyillikning qiymati bilan aniqlanadi, dinamik muvozanat esa to’la bandlik bo’lmagan sharoitda mavjud bo’lishi mumkin.
Modelning kamchiligi – ishlab chiqarish omillari bo’lgan mehnat va kapitalning bir-birining o’rnini bosa olish sharti mavjud bo’lmagan Leontev ishlab chiqarish funkstiyasidan foydalanishda: bu ishlab chiqarish funktsiyasi zamonaviy sharoitlarda har doim ham haqiqatga to’g’ri kelmaydi.
Xarrod-Domar modellari 1920-50 yillardagi real iqtisodiy o’sish jarayonlarini yomon ifodalamagan, biroq keyingi davrlardagi (50-70 yillar) kuzatishlar uchun R. Solouning neoklassik modelidan ayniqsa muvaffaqiyatli foydalanildi.

Yüklə 223,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin