Iqtisodiy o`sish va rivojlanayotgan mamlakatlardagi o`zgarishlar



Yüklə 223,68 Kb.
səhifə11/16
tarix06.07.2023
ölçüsü223,68 Kb.
#135877
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
IQTISODIY O\'SISH-IJTIMOIY TARAQQIYOT OMILI SIFATIDA

2.2. O`zbekiston iqtisodiyoti tahlili


O’zbekiston Respublikasini tahlil qilishda quyidagi narsalarga to’x’talib o’tish lozim bo’ladi:
Yuqorida aytib o’tilganidek, iqtisodiy o’sish YAIM ning aholi jon boshiga taqsimlanishi bilan yoki boshqa omillar bilan o’lchanadi. Shunday ekan keling O’zbekiston Respublikasining yillik YAIM miqdori va uning o’sish ko’rsatkichlari bilan tanishib chiqsak:
Quyidagi diagramma mamlakatimizning 2018-2019-yilllardagi YAIM miqdorini ko’rsatadi1(trln so’mda):
Jadval .3.1.1.

Yuqoridagi diagrammaga qarasak, 2018-2019-yillar davomida har yili yillik YAIM 4.9trln so’mdan 19.3 trln so’mgacha o’sib borgan. Bu o’sishning o’ziga xos sabablari ham bor, albatta. Bu haqida keyinroq to’xtalamiz. Yillik YAIM bilan birgalikda aholi soni ham o’sib borgan, chunki aholi soni o’sgani sari ular iste’mol qiladigan va ishlab chiqaradigan mahsulotlar soni ham o’sib boradi. Shuni hisobga olgan holda aholi o’sishi dinamikasini ham ko’rib chiqib u bilan solishtirish lozim. Ana shundagina YAIMdagi o’sish yaqqol ko’rinadi. Aholi jon boshiga YAIM ulushi esa noto’g’ri hisoblashning oldini oladi. Shu sabali aholi dinamikasini ham ko’rib chiqamiz.
Endi O’zbekiston yillik YAMMsiga va uning dinamikasiga to’xtalsak. Yaqin yillar davomida davlatimiz iqtisodiyotida muhim o’zgarishlar yuz berdi. Turli xil makroiqtisodiy ko’rsatkichlar o’sish potensialini ko’rsatdi. Kichik va o’rta biznes, qishloq xo’jaligi, tashqi savdo, import-eksport, bank-kredit sohalarida sezilarli o’zgarishlar yuz berdi. Bu esa bevosita YAMMga ta’sir qildi. Bu kabi yirik sohalarda o’tkazilgan chuqur islohotlar tufayli YAMM hajmi yiliga o’sib bordi.
Yuqoridagi jadvalni tahlil qiladigan bo’lsak, yillik YAIM har yili sezilarli sur’atlar bilan o’sib borgan. Xususan 2015-yilda bu ko’rsatkich 3.8 % ni tashkil qilgan bo’lsa, 2018-yilga kelib esa 9 % gacha o’sib borgan. Iqtisodiy o’sish barqaror bo’lib, aytarli darajada yildan yilga o’sish kuzatilmagan. Chunki bu davr mobaynida aholi soni bir tekis o’sib borgan. Aholi jon boshiga YAIMning ulushi esa u darajada o’smagan. Ikkinchi davr oralig’ida esa (2015-2018 yy) iqtisodiy o’sish dinamikasi barqaror o’sib bordi. Aholi o’sishiga qaramay, yillik YAIM o’sishi aholi o’sish tempidan balandroq bo’ldi. Bu esa davlatimiz iqtisodiy holatini yaxshilanishga olib keldi. Xususan, yirik iqtisodiy sohalarning YAIMdagi ulushi ortib bordi, aholi farovonlik darajasi o’sib bordi, aholi daromadlari, ish haqi, ish bilan bandlilik darajasi ham o’sib bordi. Bundan shu ma’lum bo’ladiki, iqtisodiyotimizdagi bu o’sish, makroiqtisodiy jihatdan olib qaralganda, muhim tarmoqlardagi samarali islohotlar va ishlab chiqarishning kengayishi mamlakat iqtisodiy o’sishining asosi hisoblanadi. Bundan tashqari ikkinchi davr mobaynida aholi jon boshiga YAIM ulushi ham ortib borgan, bandlilik darajasining ortib borishi, ishsizlikning kamayishi, moliyaviy barqarorlik ham iqtisodiy o’sishning natijasi hisoblandi. To’liq makroiqtisodiy ko’rsatkichlar haqida esa keyinroq rasmiy statistik ma’lumotlar bilan to’xtalib o’tamiz.
Ikkinchi davr mobaynida yuqorida ta’kidalanganidek asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichar hisobiga iqtisodiy o’sishga erishildi. Xususan, 2004-yilda kuzatilgan iqtisodiy o’sishga asosiy sabab bo’lgan omillar quyidagilar hisoblanadi:

  • eksport hajmining ortishi;

  • investitsiya hajmini o’sishi va uning iqtisodiyotdagi faolligini oshib borishi;

  • qat’iy pul-kredit siyosatidagi makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikning o’rnatilishi;

  • xususiylashtirishning amalga oshirilishi va boshqa omillar.

Yuqoridagi omillar sababli shu yilda inflyatsiya darajasi 3.7% gacha pasaydi, byudjet defitsiti 0.4 % gacha qisqartirildi hamda ishlab chiqarishning umumiy hajmi oshdi.
Umuman olganda, yuqoridagi omillar ikkinchi davr uchun xos bo’lib, aholi hayot darajasini oshirish uchun muhim tayanch hisoblanadi. Yaqin yillardagi iqtisodiy o’sishga va makroiqtisodiy barqarorlikka quyidagi muhim omillar sabab bo’ldi:

  1. xususiy sektor roli va ahamiyatining kuchayishi;

  2. kapitalni samarali yig’ish va uni sarflash;

  3. qishloq xo’jaligidagi va iqtisodiyotning boshqa sohalaridagi chuqurlashtirilga islohotlarning amalga oshirilishi ;

  4. material-texnik resurslar hajmining oshirilishi va ishlab chiqarish sharoitlarining yaratilishi;

  5. fiskal siyosatini optimallashtirish;

  6. eksport mahsulotlariga miliy valyutaning erkin konvertlashga ruxsat berilishi;

  7. qishloq xo’jaligidagi ishlab chiqarish hajmini o’stirishga qaratilgan agrar sektordagi iqtisodiy islohotlarning chuqurlashtirilishi;

  8. iqtisodiyotning boshqa sektorlarida barqaror ish olib borish va shu kabi bir qator omillar.

Yuqoridagi omillar muhim makroiqtisodiy ko’rsatkichlarga ta’sir qildi va mamlakatmizda barqaror va o’sib boruvchi iqtisodiy o’sishga erishildi. Aholi daromadi va YAIMning jon boshiga taqsimlanishi ham o’sib bordi.
O’zbekistonda kuzatilgan iqtisodiy o’sish nafaqat malakatimiz uchun, balki boshqa davlatlar uchun ham muhim ahamiyatga ega. Xususan, Markaziy Osiyo davlatlari orasida ham O’zbekistonning iqtisodiy o’sishi sezilarli darajada yuqori. Qo’shni davlatlarga nisbatan yillik YAIM hajmining ortishi, Markaziy Osiyo davlatlari umumiy YAIMda O’zbekiston ulushining ortishiga sabab bo’ldi.
2018-2019 yillar mobaynida O’zbekiston YAIMsining o’sib borishi boshqa hech qaysi davlatda kuztilmadi. Bundan tashqari mamalakatimiz ulushi yildan yilga ortib yetakchi o’rinlarga pog’onama-pog’ona erishib bormoqda. YAIMning o’sishi jihatdan mintaqada O’zbekiston Turkmaniston bilan bi xil 1-o’rinni egallasada, makroiqtisodiy barqarorlik hamda iqtisodiy o’sishning davomiyligi jihatidan yakka bo`lib 1-o’rinni band qiladi.
Yuqoridagi ijobiy natijalar quvonarli albatta. Lekin iqtisodiy o’sish uning yildan yilga o’sib borishi bilan emas, balki uning sifati bilan, ya’ni, iqtisodiy o’sishga qanday omillar ta’sir ko’rsatgani va mamlakat aholisiga qanday ijobiy ta’sir qilishi bilan baholanadi va muhim hisoblanadi. Iqtisodiy o’sishning sifatini belgilovchi omillar quyidagilar hisoblanadi:

  • intensiv yo’l bilan kapital yig’ish;

  • ishlab chiqarishning yangi salohiyati(kuchi)ni tashkil qilish;

  • ilmiy – texnikaviy tarqqiyotda ilgarilab ketish;

  • progressiv iqtisodiy qayta qurish va shu kabi boshqa omillar.

Yuqoridagi muhim ilmiy xulosalarga tayanidagan bo’lsak, O’zbekistondagi Iqtisodiy o’sish yuqoridagi omillarning deyarli to’liq o’zlashtirgan holda amalga oshirilmoqda. Uning qay darajada va davomli amalga oshirilishi bizning o’zmizga bog’liq albatta.






Yüklə 223,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin