IQTISODIY O\'SISH-IJTIMOIY TARAQQIYOT OMILI SIFATIDA
Jadval .3.2.3.
Kambag’allik darajasi ancha yuqori. Bu muammoni hal qilish lozim. Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy ahvolini farovonlashtirish maqsadida bir guruh olimlar ish olib bordilar va quyidagi prognozni berdilar.
Yuqoridagi ikki guruh davlatlari oldida quyidagicha islohotlar o’tkazilishi dolzarb bo’lib turibdi. 3 iqtisodiy perespektivaga taklif:
Qat’iy shart-sharoitlar asosida siyosiy va iqtisodiy islohotlar o’tkazish;
Aholi boshiga YAIM 889-1871 $ gacha ko’tariladi xolos. Ishlab chiqarish eksporti hozirgi 800mln $ dan 518mln $ gacha ko’tariladi va O’zbekiston mintaqada lider bo’lishi mumkin.
Ssenariy : Barcha yuqoridagi 4 shart ham intensiv ravishda rivojlansa, o’rtacha YAIM o’sishi yiliga 6-7 % ( O’zbekiston 6.3 %), eksport 1-ssenariyga qaraganda yuqori bo’ladi : aholi jon boshiga eksport hajmi 165 $ (O’zbekiston 154.2 $) bo’ladi. Kabag’allik darajasining pastligi bo’yicha esa Ozbekiston lider bo’ladi. Aholi jon boshiga YAIM 2015 $ dan kamaymaydi va 1 hamda -guruh davlatlari o’rtasidagi farq pasayadi.
Ssenariy 3 : agar juda ham pessimistik nuqtayi nazardan olib qaralsa, ya’ni hamma to`rtala shart ham bajarilmasa, ya’ni cheklangan mintaqaviy hamkorlik bo’lib, qattiq sanoat siyosati hamda mamlakatda o’rtacha ichki siyosiy barqrorlik o’rnatilsa, o’rtacha mintaqaviy YAIM o’sishi yiliga 5 % dan kam bo’ladi, 1-guruh davlatlarining neft-gazga bog’liqligi kuchayadi, iqtisodiy diversifikatsiyalashish templari pasayadi, ayniqsa, 1-guruhniki. Aholi jon boshiga eksport pasayadi, kambag’allik darajasi oshadi, aholi jon boshiga YAIM 1667$ga tushib ketadi (2015-yilga kelib).
Xulosa qilib aytish mumkinki, davlatlar hozirgi o’z yo’llaridan 1- ssenariy bo’yicha borsalar, aniq iqtisodiy foyda oladilar, davlatlar orasidagi farq ularning turli iqtisodiy strukturalari va xalqaro loyihalarni jalb qilishi oqibatida kattalashib ketadi.
Agar 3-ssenariy bo’yicha ketilsa, iqtisodiy rivojlanish va mintaqaviy hankorlikda katta to’siqlar paydo bo’ladi.
Agar -ssenariy bo’yicha rivojlansa, davlatlar iqtisodiy rivojlanishga va aholi farovonligining oshishiga erishadi.
Yuqorida prognozlar ga qo’shimcha qilib keltirish mumkini, mintaqadagi 2015-yilgi o’sish davlatlar orasidagi farqni 4 martgacha kamaytirgan, tovarlar aylanishi 5.6 martagacha oshgan. Mintaqadagi iqtisodiy o’sish uning tempiga emas, sifatiga bog’liq. Agar faqat bir turdagi xom-ashiyo eksport qilinaversa, davlat YAIMsi ortishi mumkin, lekin, iqtisodiyotda bir tomonlamalik va katta pul massasida inflyatsiya yuzaga kelishi mumkin. Bu esa iqtisodiyotda « Gollandcha kasallik »ka sabab bo’ladi. Shuning uchun Rossiya va Qozog’iston o’zlarining neft-gaz eksportidan tushgan qo’shimcha foydasini « STAFF FOND » ga tashlab, ularni samarali ishlatmoqdalar. Bu narsa O’zbekistonda ham yo’lga qo’yilgan. (« O’zbek fondi »).