Iqtisodiy o`sish va rivojlanayotgan mamlakatlardagi o`zgarishlar


O’zbekistondagi iqtisodiy o’sishning Markaziy Osiyo davlatlari bilan o’zaro ta’siri



Yüklə 223,68 Kb.
səhifə12/16
tarix06.07.2023
ölçüsü223,68 Kb.
#135877
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
IQTISODIY O\'SISH-IJTIMOIY TARAQQIYOT OMILI SIFATIDA

2.3. O’zbekistondagi iqtisodiy o’sishning Markaziy Osiyo davlatlari bilan o’zaro ta’siri.


H ammamizga ma’lum, iqtisodiy o’sish faqatgina shu malakat uchun muhim emas. Uning barqaror yoki sifatli bo’lishi uning yonidagi davlatlarga ham juda katta ta’sir ko’rsatadi. Ma’lum bir mintaqadagi davlatlarining iqtisodiy holati bir-biriga doimo ta’sir qilib turadi. Markaziy Osiyo ham shu kabi bir mintaqa hisoblanadi. Bu mintaqada asosiy beshta davlat va katta iqtisodiy potensialga ega bo’lgan davlat Rossiya o’zaro hamkorlik qiladi. Keling avval ularning biri-birlariga iqtisodiy o’sish orqali ta’sirini ko’rib chiqishdan oldin, ularning mintaqada tutgan o’rni va makroiqtisodiy ko’rsatkichlari bilan tanishib chiqsak.
Markaziy Osiyodagi eng yirik va iqtisodiy salohiyati katta bo’lgan davlat bu- Qozog’iston , undan keyingi o’rinda O’zbekiston, Turkmaniston. Qirg’iziston va Tojikiston hisoblanadi. Ular mintaqada o’ziga xos integratiya hosil qilishgan va o’zlarning o’rinlariga ega. Har bir davlat mintaqaviy YAIMga o’z ulushini qo’shadi. Bu ko’rsatkichlarni oydinlashtirish uchun rasmiy ma’lumotlarga nazar solsak. Quyidagi jadval ularning yillik YAIM o’sishini % larda aks ettiradi:
Ko’rinib turibdiki, mintaqada Turkmaniston, Qozog’iston va O’zbekiston real YAIM o’sishi bo’yicha ancha oldinda. Bundan tashqari mintaqa iqtisodiy jihatdan jahon hamjamiyatida o’ziga xos ahamiyatga ega. Ulkan neft va gaz zaxirasiga ega bo’lgan mintaqada jahon narxining hozirgi darajada o‘sishi Markaziy Osiyo davlatlari, xususan, O‘zbekisonga iqtisodiy o‘sish uchun real imkoniyat berishi mumkin, deb xulosa qiladi Standard & Poor's agentligi. Biroq bu xamirdan qil sug‘urgandek oson kechmaydi. Bu borada o‘ziga yarasha shart, talablar bor.
Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, Markaziy Osiyodagi energiya zaxirasi butun dunyoda aniqlangan neft va gazning 3 foizini tashkil etadi. Mintaqa aholisi esa dunyo aholisining atigi 1 foiziga to‘g‘ri keladi! Raqamlarga tayanib, energiya resurslari narxining oshishi mintaqa uchun katta sakrashga asos bo‘lishi mumkin deydi mutaxassislar.
Neft va gaz juda ham qadrli bo‘lib turgan bir paytda undan foydalanib qolish kerak, albatta. Biroq baribir energiya manbalaridan samarali foydalanish, ularni qayta ishlash, xususan, qashshoqlikni kamaytirish uchun katta sarmoya kerak bo‘ladi.
Boz ustiga, energiya resurslarini o‘zlashtirish jarayonida bozor qoidalariga amal qilinmasa, yuzaki qaraganda, o‘sish bo‘lib tuyulgan holat amalda inqirozga yetaklaydi. Shu ma'noda baribir iqtisodiy tizimni erkinlashtirish (liberallashtirish), mintaqa davlatlari o‘rtasida ochiq savdo-iqtisodiy munosabatlarni yo‘lga qo‘yishsiz hech narsaga erishib bo‘lmaydi.
O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi yirik energiya zaxiraga ega davlat. Ma'lumotlarga qaraganda, mamlakat yiliga 60 milliard kubometrgacha tabiiy gaz qayta ishlash salohiyatiga ega. Uning salmoqli qismi (har yili o‘rtacha 8-9 milliard kubometr) Rossiya tomonidan sotib olinadi.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda shuni aytish mumkinki, mintaqada O’zbekiston katta iqtisodiy salohiyatga ega davlat . Buni biz ohirgi yilllar uning iqtisodiy o’sishda erishgan yutuqlarida ko’rishimiz mumkin.
Yildan yilga o’sish yiriklashib bormoqda. Yaqinda bu boradi mamlakatimiz yakka yetakchilik qilishi mumkin.
O’zbekiston YAIM o’sishi qo’shni respubliklarga qanday ta’sir qiladi, ularning o’zaro ta’siri qanday? Markaziy Osiyo davlatlarining kelajakdagi iqtisodiy o’sishi qanday bo’ladi? Bu kabi savollarga javob topish uchun tahlil natijalari va ba’zi bir faktlarga murojaat qilamiz.
“Research of Great Silk Way” tadqiqot markazining olimlari J Hopkins (AQSH), Upsals (Swiss programm) va Kavkaz ekspertlarining tahlili bo’yicha Markaziy Osiyoga quyidaghicha prognoz berilgan:
Markaziy Osiyo davlatlari guruhga bo’linadi: Neft-gaz eksportyorlari (Qozog’iston va Turkmaniston) hamda ishlab chiqaruvchi mamlakatlar (O’zbekiston, Qirg’iziston va Tojikiston). 1-guruh davlatlar hozirda neft-gaz mahsulotlari eksportini kuchaytirmoqda. -guruh davlatlari esa ishlab chiqarishni rivojlantirish yo’lidan bormoqda. Shu sababli Markaziy Osiyoda to’la eksport aholi jon boshiga 588 $ ni tashkil qilmoqda. Yildan yilga xom-ashiyo yetishtirish va eksport hajmi oshib boryapti. Kambag’allik darajasi 2017-yilda % hisobida quyidagicha2:

Yüklə 223,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin