Gn cr = yoki ≠ s
Iktisodiyotning barkaror dinamik muvozanati to`lik bandlilik sharoitida kafolatlangan va tabiiy o`sish sur`atlari o`zaro teng bo`lganda ta`minlanadi.Ammo bunday tenglikka davlatning faol aralashuvi orkaligina erishiladi.
14.4. R.Solouning neoklassik iktisodiy o`sish modeli.
Neoklassiklar keynschilardan farkli o`larok iktisodiy o`sish modellarini tuzishganda iktisodiy o`sish ishlab chikarishning barcha omillari, shu jumladan texnik tarakkiyot tomonidan ta`minlanadi, kapital va mexnat subsititutlar, ular bir-birini alishtirishi mumkin, bozor mexanizmi va barkaror pul tizimi muvozanatni avtomatik tiklashi mumkin degan nazariy asoslarga tayanadilar. Neoklassik modellar barcha iktisodiy jarayonlarning anik xolatini kamrash xususiyatiga egadir.
Birinchi neoklassik model R. Solou tomonidan 1956 yilda”Iktisodiy o`sish nazariyasiga xissa” asarida tasvirlab berildi va so`ngra 1957 yilda “Texnik tarakkiyot va agregativ ishlab chikarish funktsiyasi” nomli asarida rivojlantirildi.
R.Solou modeli mutanosib iktisodiy o`sishning zarur sharti yalpi talab va yalpi taklifning tengligi xisoblanadi. Modelda yalpi taklif Kobba-Duglasning ishlab chikarish funktsiya bilan ifodalangan, ya`ni
Y= f( L,K,N), modelda yukori texnik rivojlanish boskichida erning kichik axamiyatga egaligi tufayli ishlab chikarish fakat mexnat resurslari va kapitalga boglik deb olingan.
Y= f( L,K), funktsiyaning kengaytirilgan ko`rinishi kuyidagicha:
Dostları ilə paylaş: |