Iqtisodiy o’sishning ma‘zmuni, turlari va ko’rsatqichlari. Iqtisodiy o’sishning omillari



Yüklə 104,87 Kb.
səhifə3/12
tarix28.09.2023
ölçüsü104,87 Kb.
#150388
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Iqtisodiy o\'sish

Nominal YaIM
(mlrd so’m)

Real YaIMning
o’sish so’rati

YaIMning aholi jon boshiga o’sishi(%) 28,0 mln.

1999

2128.7

4.3

2.8

2000

3255.6

4.0

2.5

2001

4868.4

4.2

3.1

2002

7469.3

4.2

3.2

2003

9664.1

4.4

3.2

2004

12189.4

7.7

6.5

2005

15932.4

7.0

6.0

2006

20759.3

7.3

6.2

2007

28186.2

9.5

8.0

2008

36839.4

9.0

8.0

2009




8.1




Iqtisodiy o’sish so’ratining ahamiyatini iqtisodchilar tomonidan qo’llanuvchi “70 miqdori qoidasi” yordamida ham ko’rsatish mumkin. Bu qoidaga ko’ra, milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilayotgan YaIMning 2 barovarga oshirishda qancha vaqt talab etilishini aniqlash uchun 70 sanini yillik o’sish suratiga bo’lish kerak bo’ladi. Masalan, mamlakatimizdagi o’sish suratining 9,5 % darajasida YaIM ning 2 barobar oshirish uchun 7,3 yil talab etilgan (70:9,5). Holbuki, iqtisodiy o’sishning 2000 yildagi 4,0 % darajasida bu ko’rsatiqichga 17,5 yilda (70:4) erishish mumkin bo’lgan. Keyingi yillarda iqtisodiy o’sish suratining yanada oshirilishi bu muddatning sezilarli ravishda qisqarishga olib keladi.
Ijtimoiy mahsulotning o’sish surati bilan ishlab chiqarish omillari miqdorining o’zgarishi o’rtasidagi nisbat iqtisodiy o’sishning ekstensiv yoki intensiv turlarini belgilab beradi.
Ishlab chiqarish omillari miqdorini ko’payishi va oldingi texnikaviy ta‘minlanishi saqlab qolgan holda iqtisodiy o’sishga erishish ekstensiv iqtisodiy o’sish deyiladi. Masalan, mahsulot ishlab chiqarishning ikki hissa ko’paytirish uchun mavjud korxona bilan bir qatorda o’rnatilgan uskunalarning quvvati, miqdori va sifati, ishchi kuchining soni va malaka tarkibi bo’yicha xuddi o’shanday yana bir korxona quriladi. Ekstensiv rivojlanishda, agar u sof hoda amalga oshirilsa, ishlab chiqarish samaradorligi o’zgarib qoladi.
Ishlab chiqarish omillarini sifat jihatdan takomillashtrish, modernizatsiya qilish – ilg’or ishlab chiqarish vositalarini va yangi texnikani qo’llash, ishchi kuchini malakasini oshirish, mavjud ishlab chiqarish potentsialidan to’laroq foydalanish yo’li bilan mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko’paytirishga erishish iqtisodiy o’sishini intensiv turi deb aytiladi.
Bu o’sishni ta‘minlash - ishlab chiqarishga jalb etilgan resurslarning harbiy birligidan olinadi samara, pirovard mahsulot miqdorining o’sishi, mahsulot sifatining oshishiga erishmoq lozim.
Real hayotda ekstensiv va intensiv omillar sof holda ayrim-ayrim mavjud bo’lmaydi, balki ular bir-biri bilan qo’sh ilgan holda uyg’unlashadi.
Iqtisodiy o’sishning ko’rsatkichlari mavjud bo’lib, ularga quyidagilar kiradi:
Ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanish darajasi;
Mehnat unumdorligining o’sishi;
Ish vaqtini tejash
SHaxsiy daromad;
Foyda massasi;
Milliy iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi ishlab chiqaruvchi kuchlar darajasi quyidagi ko’rsatkichlar bilan tavsiflanadi:
. Ishlab chiqarish vositalarining rivojlanganlik darajasi;
. Xodimning malakasi va tayyorgarlik darajasi;
. Ishlab chiqarishning moddiy va shaxsiy omili o’rtasidagi nisbat;
. Mehnat taqsimoti
. Ishlab chiqarishning tashkil etilishi;
. Ishlab chiqarishning ixtisoslashtirilishi va kooperatsiyasi.
Iqtisodiy o’sish tarmoqlari bo’yicha hisoblab chiqilib YaIM ko’rsatkichi asosida ham tahlil qilinadi, moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlari o’rtasidagi nisbat o’rganiladi.



Yüklə 104,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin