Real mahsulot ikki asosiy usulda ko’paytiriladi:
Resurslarning ko’proq hajmini jalb etilishi;
Ulardan ancha unumli foydalanish yo’li bilan ko’paytirishga erishish mumkin;
Amaliy hayotda iqtisodiy o’sishni susaytirib turuvchi omillar ham bor:
1) mehnat muhofazasi;
2) atrof muhitni ifloslanishi.
Xodimlar mehnat sharoitini yaxshilash va sog’lig’ini muhofaza qilishni tartibga solish, atrof-muhitni ifloslanishini oldini olish uchun muhim tadbirlar amalga oshiriladi. Bunday tadbirlarni bajarish tegishli xarajatlarni talab qiladi. Shu sababli mehnat unimdorligini oshirish uchun zarur bo’lgan mablag’lar boshqa tomonga sarf qilinadi.
. Iqtisodiy o’sish modellari Iqtisodiy o’sish bilan bog’liq bo’lgan omillarni iqtisodchi omillar tomonidan o’rganilishi iqtisodiy o’sish modellarini yaratilishiga sabab bo’ladi. Bu modellar asosida ikkita nazariya-makroiqtisodiy muvozanating keyinscha (keyinchalik neokeynscha) nazariyasi hamda ishlab chiqarishning klassik (keyinchalik neoklassik) nazariyasi yotadi.
Iqtisodiy o’sishni tahlil qilishda neoklassik nazariya namoyondalari qo’yidagi noto’g’ri nazariy shartlarga asoslanadi:
Mahsulotning qiymati barcha ishlab chiqarish omillari tomonidan yaratiladi;
Ishlab chiqarish omillarining har biri o’zining keyingi qo’shilgan mahsulotga teng keluvchi daromad ham oladi;
Mahsulot ishlab chiqarish va buning uchun zarur bo’lgan resurslar o’rtasida miqdoriy bog’liqlik mavjud;
Ishlab chiqarish omillarining erkin tarzda amal qilish hamda ular o’rtasida o’zaro bir-birining o’rnini bosish imkoniyati mavjud.
SHuning bilan birga neoklassik nazariyachilar ko’yidagi hatoga yo’l qo’yganlar:
1) Ishlab chiqarish omillarining barchasi bir xil qiymat yaratadi, ular qiymatini yaratishda barovar ishtirok etadi deb hisoblaganlar. Lekin barcha ishlab chiqarish vositalari hech qanday yangi qiymat yaratmaydilar, balki o’zlarining qiymatlariga teng miqdordagi qiymatni jonli mehnat yordamida yangi yaratilgan mahsulotga o’tkazadilar. Ular barcha omillar yaratilgan va o’sgan (ko’paygan) mahsulotning foydaliligini yaratishda qatnashadilar.
2) Omillar ichida doimo barcha omillar kabi ishtirok etadigan jonli mehnatning faol rol o’ynashini qolganlar esa passiv rol o’ynashini unutadilar. Chunki hech bir tabiiy resurs, kapital resurslari jonli mehnat tomonidan harakatga keltirilmasa, o’ziga harakatga kelaolmasligi, irib-chirib o’z oyida ham jismonan, ham qiymati yo’q bo’lib ketishi, ularning qiymati faqat jonli mehnat tomonidan saqlab qolinishi million yillar beri milliard martalab taqrorlanib kelmoqda.