Iqtisodiy rivojlanish strategiyasi


«Iqtisodiy rivojlanish strategiyasi» fanining predmeti



Yüklə 46,58 Kb.
səhifə2/4
tarix24.12.2023
ölçüsü46,58 Kb.
#190977
1   2   3   4
1-MAVZU

1.2. «Iqtisodiy rivojlanish strategiyasi» fanining predmeti
O‘zbekiston iqtisodiyotini yanada rivojlantirish iqtisodiy o‘sishning barqaror sur’atlarini ta’minlash bilan uzviy bog‘liqdir. Bunda tadqiqotchilar fikriga ko‘ra iqtisodiyotga davlatning aralashuvi va tartibga solish mexanizmlari zarur hisoblanadi.
Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi zaruriy talab va uning tartibga solish usul va vositalari ko‘p qirrali hisoblanadi (1.1-rasm).
Davlat iqtisodiyotni tartibga solish maqsadalarini amalga oshirishda – ma’muriy, huquqiy, hamda iqtisodiy tartibga solish shakllaridan foydalanadi. Iqtisodityot tarkibini murakkablashuvi va uning miqyosi kengayib borishi, shuningdek, milliy iqtisodiyot rivojlanishiga ta’sir etuvchi oldindan ko‘ra – bilish qiyin bo‘lgan omillarning yuzaga kelishi, davlatning iqtisodiyotni tartibga solish usullarini kengayishiga olib kelmoqda.



1.1-rasm. Davlatning iqtisodiyotni tartibga solishning asosiy shakllari va usullari
Shu nuqtai nazardan qaraganda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlatimiz rivojlanishida mutlaqo yangicha yondashuv va tamoillarni o‘z ichiga olgan Farmoni beqiyos katta ijtimoiy – iqtisodiy ahamiyatga ega hisoblanadi. Unda aholi va tadbirkorlarni o‘ylantirayotgan dolzarb masalalarni har tomonlama o‘rganish, amaldagi qonunchilik, huquqni qo‘llash amaliyoti va ilg‘or xorijiy tajribani tahlil qilish, shuningdek keng jamoatchilik muhokamasi natijasida “2017—2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” ishlab chiqilgan.
Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirilishiga qaratilgan yo‘nalishlarda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizasiya qilish, davlat boshqaruv tizimini isloh qilish, davlat xizmatlarining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, fuqarolik jamiyati institutlari va OAV rolini kuchaytirish bo‘yicha 7 tayangi qonun qabul qilinadi, 15 ta amaldagi qonunlarda o‘zgartishilar kiritiladi, 5 ta dastur va loyihalar ishlab chiqiladi.
Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud – huquq tizimini yanada isloh qilish yo‘nalishlarida 4 ta yangi qonunlar qabul qilish, 14 ta amaldagi qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, bir qancha sud – huquq tizimimning institusional–huquqiy normalarini takomillashtirish belgilangan.
Harakatlar strategiyasining 3–yo‘nalishi Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini o‘z ichiga olgan. Unga muvofiq quyidagilar amalga oshirilishi lozim:
Mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish uchun ustuvor vazifalar quyidagilar hisoblanadi:

  • makroiqtisodiy mutanosiblikni saqlash, qabul qilingan o‘rta muddatli dasturlar asosida tarkibiy va institusional o‘zgarishlarni chuqurlashtirish hisobiga yalpi ichki mahsulotning barqaror yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash;

  • xarajatlarning ijtimoiy yo‘naltirilganini saqlab qolgan holda Davlat byudjetining barcha darajalarida mutanosiblikni ta’minlash, mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish;

  • soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish va tegishli rag‘batlantiruvchi choralarni kengaytirish;

  • ilg‘or xalqaro tajribada qo‘llaniladigan instrumentlardan foydalangan holda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish, shuningdek valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash.

O‘zbekiston iqtisodiyotida tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizasiya va diversifikasiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar quyidagilardan iborat:

  • milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta’minlash, uning tarkibida sanoat, xizmat ko‘rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini ko‘paytirish;

  • ishlab chiqarishni modernizasiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikasiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investisiya siyosatini olib borish;

  • iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish;

  • xizmat ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda xizmatlarning o‘rni va ulushini oshirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar tarkibini, eng avvalo, ularning zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga tubdan o‘zgartirish;

  • eksport faoliyatini liberallashtirish va soddalashtirish, eksport tarkibini va geografiyasini diversifikasiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini kengaytirish va safarbar etish;

  • yo‘l-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, iqtisodiyot, ijtimoiy soha, boshqaruv tizimiga axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish.

Mamlakatda qishloq xo‘jaligini modernizasiya qilish va jadal rivojlantirish bo‘yicha qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, yarim tayyor va tayyor oziq-ovqat hamda qadoqlash mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha eng zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlangan yangi qayta ishlash korxonalarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya va modernizasiya qilish bo‘yicha investisiya loyihalarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
O‘zbekistonda 2022-2026 yillarda iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirishga qaratilgan institusional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini tartibga solishda davlat ishtirokini kamaytirish, davlat boshqaruvi tizimini markazlashtirishdan chiqarish va demokratlashtirish, davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish, nodavlat, jamoat tashkilotlari va joylardagi o‘zini o‘zi boshqarish organlarining rolini oshirish harakatlar strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari sifatida e’tirof etilgan. Shular bilan bir qatorda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, xalqning turmush darajasi va daromadlarini oshirish uchun har bir hududning tabiiy, mineral-xomashyo, sanoat, qishloq xo‘jaligi, turistik va mehnat salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni ta’minlash yangi sanoat korxonalari va boshqa ishlab chiqarish ob’yektlarini joylashtirishga qulay shart-sharoitlar yaratish, xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish hamda aholining turmush sharoitini yaxshilash maqsadida hududlarning ishlab chiqarish, muhandis-kommunikasiya va ijtimoiy infratuzilma tarmoqlarini yanada rivojlantirish va modernizasiya qilish ustuvor vazifalar sifatida belgilangan. Ushbu ustivor vazifalarni “o‘rganish” O‘zbekistanni rivojlanish strategiyasi fanining predmetini tashkil etadi.
Harakatlar strategiyasini yagona umumiy maqsadga qaratilgan ustuvor o‘zaro bog‘liq yo‘nalishlar, vazifalar va choralarni amalda ijrosini ta’minlash dasturining tamoillari orqali ro‘yobga chiqariladi. Ular quyidagilardan iborat:

  • qo‘yilgan ustuvor vazifalar va yagona maqsadga yo‘naltirilgan;

  • vazifalar va choralar bosqichma – bosqich, davlat boshqaruvi yo‘li bilan amalga oshirilishi;

  • tadbirlarning ochiqligi va ularda fuqarolar va manfaatdor davlat hamda nodavlat tashkilotlarining keng ishtirok etishi;

  • chora – tadbirlar natijalari bo‘yicha monitoring olib borish hamda ularning holisligi va to‘liqligini ta’minlash.

Ushbu tamoyillar har yili Davlat dasturlari doirasida bajariladigan ishlar (vazifalar) bo‘yicha amalga oshirilib boriladi.
Shulardan kelib chiqib, O‘zbekistonni rivojlantirishning o‘zaro bog‘liq ustuvor vazifalarini hal etishga qaratilgan yondashuvni ifodaladik (1.2-rasm).
Taklif etilayotgan yondashuvning asosiy mohiyati iqtisodiy o‘sishga iqtisodiyotning har bir tarmog‘i yoki sohasining mamlakat YAIM hajmi va uning o‘sish sur’atiga qo‘shayotgan ulushlarini (hissalarini) maksimallashtirishga qaratilgan. Bunda ularning quyidagi jihatlari hisobga olinadi. Birinchidan, faoliyat yuritayotgan har bir tarmoq yoki iqtisodiyot sohasi korxonalari hozirgi kunda o‘z ishlab chiqarish salohiyatiga, ya’ni tabiiy resurslarga, asosiy fondlarga, ish bilan band mehnat resurslariga hamda ishlab chiqarish texnologiyalariga ega. Ikkinchidan, tarmoqlarning iqtisodiy o‘sishga qo‘shayotgan hissalari korxonalarning mavjud salohiyatidan samarali foydalanishiga shuningdek, uning asosiy kapitalini yangilashga jalb etilgan investisiyalari hajmi hamda ishlab chiqarishni tashkil etish va rag‘batlantirish usullariga bog‘liq hisoblanadi. Va nihoyat uchinchidan, iqtisodiyot tarmoq va sohalari mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlik hamda davlatning pul – kredit va byudjet – soliq siyosati, tarkibiy va institusional o‘zgarishlarni chuqurlashtirishga qaratilgan chora – tadbirlarni qanchalik o‘z vaqtida va samarali bajarilishiga bog‘liq hisoblanadi.
Iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish va qo‘llab – quvvatlashning mazkur jihatlarini hisobga olganda milliy iqtisodiyot tarmoq va sohalari rivojlanishini alohida biz taklif etayotgan yondashuv orqali o‘rganish va shu asosda ular har birini istiqbolda YAIM dagi ulushini o‘zgarishi tendensiyalarini prognoz qilish, tarmoqlarda strategik rejalarni ishlab chiqish, shu orqali iqtisodiy o‘sish, aholi daromadlari va jamg‘armalari miqyosini aniqlashga imkoniyat beradi. Bu esa o‘z navbatida Harakatlar strategiyasida iqtisodiyot tarmoqlarining rivoji hamda ularning eksport salohiyatini oshirish yuzasidan belgilab qo‘yilgan ustuvor vazifalarni samarali hal etishga ko‘maklashadi.




Yüklə 46,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin