Bugungi kunda O’zbekiston hududini iqtisodiy rayonlarga ajratish bo’yicha yagona yondashuv mavjud emas. Ayrim iqtisodchi-olimlar fikricha, respublikani 6 ta iqtisodiy rayonga ajratish maqsadga muvofiq
Bugungi kunda O’zbekiston hududini iqtisodiy rayonlarga ajratish bo’yicha yagona yondashuv mavjud emas. Ayrim iqtisodchi-olimlar fikricha, respublikani 6 ta iqtisodiy rayonga ajratish maqsadga muvofiq:
Bugungi kunda O’zbekiston hududini iqtisodiy rayonlarga ajratish bo’yicha yagona yondashuv mavjud emas. Ayrim iqtisodchi-olimlar fikricha, respublikani 6 ta iqtisodiy rayonga ajratish maqsadga muvofiq:
1. Toshkent (Toshkent shahri va Toshkent viloyati); 2. Farg’ona (Farg’ona, Andijon va Namangan viloyatlari); 3. Zarafshon (Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlari); 4. Mirzacho’l (Sirdaryo va Jizzax viloyatlari); 5. Janubiy (Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari); 6. Quyi Amudaryo (Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyati). Ba’zi manbalarda Zarafshon iqtisodiy rayoni Markaziy, quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni Orolbo’yi nomi bilan ataladi.
XULOSA Mehnat bozorini taqsimlash munosabatlari va mehnatni rag’batlantirish, ishlovchilarning kasbiy, malakaviy tarkibini shakllantirish vositasidir, u shaxsiy mehnat shijoatini ishga solish sharoitiga bevosita ta’sir etadi. Shunday qilib, to’laqonlik shakllangan mehnat bozorini yuzaga keltirish hozirgi sharoitda zamonaviy shakldagi bandlik tamoyillariga mos keladigan ijtimoiy tashkil etish va tartibga solishning murakkab obyekti sifatida namoyon bo’ladi. Mamlakatimizda oqilona bandlik shakllanar ekan, bu jarayonning chuqurlashuvi va rivojlanishi mintaqaviy mehnat bozorini ham vujudga kelishiga olib keladi. Oqilona bandlik tizimini shakllantirishning muhim mexanizmi hisoblangan mintaqaviy mehnat bozorining shakllanishi va rivojlanishini tadqiq etish yanada chuqur ilmiy, amaliy ahamiyatga egadir. Mehnat bozorini o’rganish ijtimoiy-iqtisodiy majmualar faoliyatining shakllanishi va rivojlanishini o’rganishda ham muhim asos bo’ladi. Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarish va ijtimoiy soha majmualari bilan birga ijtimoiy-iqtisodiy majmualar ham faoliyat ko’rsatadi. Bu majmualarning shakllanishi alohida hududlar ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi uchun tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar va omillar majmuining mavjudligi bilan izohlanadi
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!