Iqtisodiy rivojlanishning sikli va iqtisodiy sikl reja



Yüklə 34,7 Kb.
səhifə4/8
tarix01.05.2023
ölçüsü34,7 Kb.
#105431
1   2   3   4   5   6   7   8
Iqtisodiy rivojlanishning sikli va iqtisodiy sikl reja

Asosiy xususiyatlari

Kitchin sikli

2-4 yil

Zaxiralar miqdori —>• YAMM, inflatsiya,
bandlikning tebranishi, tijorat sikllari

Juglar skili

7-12 yil

Investitsion sikl YAMM, inflatsiya va bandlikning tebranishi

Kuznets sikli

16-25 yil

Daromad —> immigratsiya -≫ uy-joy qurilishi -> yalpi talab —> daromad

Kondratev sikli

40-60 yil

Texnika taraqqiyoti, tarkibiy o'zgarishlar

Forrester sikli

200 yil

Energiya va materiallar

Toffler sikli

1000-2000 yil

Sivilizatsiyalaming rivojlanishi

Kitchin sikli
Juglar sikli
Kuznets sikli
Kondratev sikli
Texnologik yetakchilik va jahon iqtisodiyotida ustunlik uchun raqobat
Iqtisodiy faollik darajasi
Kitchin sikli
Bunda Jozef Kitchin o'zining e’tiborini tovar zaxiralarining harakat chog'idagi moliyaviy hisoblar va sotish narxlarini tahlil qilish asosida 2 yildan 4 yilgacha davr davomidagi qisqa to'lqinlarni tadqiq qilishga qaratadi.Ayniqsa, u siklning davomiyligini jahondagi oltin zaxiralarining tebranishlari bilan bog'lab, uni 3 yil-u 4 oyga teng deb hisoblaydi. Biroq qisqa muddatli sikllar sabablarining bunday izohi bugungi kunda ko'pchilik iqtisodchilami qoniqtirmaydi.
Juglar sikli
“Biznes skil”,”sanoat sikli”,”o’rtacha sikl” va “katta sikl” kabi nomlar bilan ham ataladi.Oldingi davrlarda iqtisodiy fan 7-12 yillik sikllarni ajratib ko’rsatganligi tufayli,aynan shu sikl Fransiya,Angliya va AQShda foiz stavkalari va narxdagi tebranishlarni asosiy tahlil qilish asosida sanoat siklinng tabiatini o’rganishga katta hissa qo’shgan Klement Juglar nomi bilan ataladi.
Birinchi sanoat sikli 1825-yili Angliyada metallurgiya va boshqa yetakchi tarmoqlarda mashinali ishlab chiqarish hukmron mavqeni egallagan davrda kuzatiladi.1836-yildagi inqiroz dastlab Angliyada boshlanib,keyin AQShga ham tarqaladi,1847-1848 yillarda AQSh va qator Yevropa davlatlarida boshlangan inqiroz tub mohiyatiga ko’ra birinchi jahon sanoat inqirozi bo’lgan.
Kuznets sikli
Ko‘p hollarda ≪qurilish sikli≫ deb ham nomlanib, 20 yilgacha bo'lgan iqtisodiy tebranishlar bilan aniqlanadi. Saymon Kuznets o'zining ≪Milliy daromad≫ (1946-yil.) nomli kitobida milliy daromad,iste’mol sarflari, ishlab chiqarish maqsadidagi uskunalar hamda bino va inshootlarga yalpi investitsiyalar ko'rsatkichlarida 20 yillik o'zaro bog'liq tebranishlar mavjud bo'lishini ko'rsatib bergan. 1955-yilda amerikalik iqtisodchining xizmatlarini tan olish ramzi sifatida sanoat siklini Kuznets sikli deb nomlashga qaror qilinadi.
Kondratev sikli
≪uzoq to’lqinlar≫ sikli deb ham ataladi.Sikllilikning bu nazariyasini ishlab chiqishga rus olimi N.D.Kondratev katta hissa qo'shgan. Uning tadqiqoti Angliya, Fransiya va AQSHning 100-150 yil davomidagi rivojlanishini qamrab olgan. Bunda u iqtisodiy o'sishning ko'p o’rinli tahlilini o'tkazib, ya’ni tovar narxlari kapital uchun foiz, nominal ish haqi, tashqi savdo aylanmasi kabi makroiqtisodiy ko'rsatkichlarning o'rtacha darajasini umumlashtirish natijasida bir qator katta sikllarni ajratib ko'rsatadi.

Yüklə 34,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin