Iqtisodiy rivojlanishning sikli va iqtisodiy sikl reja


Iqtisodiy sikl nazariyalari.Sikllarning asosiy turlari



Yüklə 34,7 Kb.
səhifə2/8
tarix01.05.2023
ölçüsü34,7 Kb.
#105431
1   2   3   4   5   6   7   8
Iqtisodiy rivojlanishning sikli va iqtisodiy sikl reja

2.Iqtisodiy sikl nazariyalari.Sikllarning asosiy turlari.
Eksternal nazariya – iqtisodiy sikllarni tashqi omillarning mavjudligi bilan tushuntiruvchi nazariyadir.
Tashqi omillarga iqtisodiy tizimdan tashqarida yotuvchi va iqtisodiy hodisalarning davriy takrorlanishini keltirib chiqaradigan omillar kiritiladi.Bu tashqi omillar ichidan quyidagilarni jaratib ko’rsatishi mumkin:
1. Urushlar,inqilobiy o’zgarishlar va boshqa siyosiy larzalar
2. Oltin,uran,neft va boshqa qimmatli resurslar yirik konlarining ochilishi
3. Yangi hududlarning ochilishi va bu bilan bog’liq ravishda aholi migratsiyasi,yer shari aholisi sonining o’zgarib turishi
4. Ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibini tubdan o’zgartirishga qodir bo’lgan texnologiya,tadqiqotlar va innovatsiyalardagi qudratli o’zgarishlar
Internal nazariya – iqtisodiy sikllarni iqtisodiy tizimning o’ziga xos ichki omillari ta’sirida vujudga kelishini asoslovchi nazariya.
Asosiy kapitalning jismoniy va ma’naviy jihatdan eskirib,xizmat muddati tugashi va uning yangilanishi
Shaxsiy iste’molning qisqarishi yoki kengayishi
Investitsiyalar,ya’ni ishlab chiqarishni kengaytirish,uni yangilash va yangi ish joylarini vujudga keltirishga yo’naltiriladigan mablag’lar hajmi
Ishlab chiqarish,talab va takliflar hajmiga ta’sir ko’rsatishga qaratilgan davlat iqtisodiy siyosatning o’zgarishi
Iqtisodiyotning siklli rivojlanishi sabablarini izohlovchi ba’zi nazariyalar
Sof monetar nazariya
Bozor iqtisodiyotida markaziy o’rinni pul va kredit egallaydi.Iqtisodiyotning siklli o’zgarishi eng avvalo pul massasi oqimini o’zgartirishga bog’liq
Iqtisodiy faollikning o’sishi,iqtisodiyotning ravnaq topishi,uning turg’unlik bilan almashinib turishiga yagona sabab pul oqimining o’zgarishidir.Tovarlarga talabning ortishi natijasida savdo,chakana narx o’sib,ishlab chiqarishning kengayishiga olib keladi
Pul oqimi (iste’mol xarajatlari summasi) pul miqdorining o’zgarishi natijasida o’zgaradi.Pul miqdorining kamayishi iqtisodiy faoliyat faolligini pasaytiradi.

Yüklə 34,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin