Iqtisodiy sotsiologiya


Talabalar mustaqil ishi bo‘yicha maslahatlarni tashkil etish tartibi



Yüklə 171 Kb.
səhifə6/8
tarix24.10.2023
ölçüsü171 Kb.
#160539
1   2   3   4   5   6   7   8
Inson resurslarini boshqarish (2) (4)

5. Talabalar mustaqil ishi bo‘yicha maslahatlarni tashkil etish tartibi

Talabalar mustaqil ishi bo‘yicha maslahatlar darsi auditoriyadan tashqarida amalga oshirishga mo‘ljallangan mustaqil ishlarni bajarish yuzasidan tegishli yo‘llanmalar berish va uning bajarilishini nazorat qilib borish maqsadida tashkil qilinadi.


Talabalar mustaqil ishi bo‘yicha maslahatlar darsi fanning kalendar-tematik rejasiga muvofiq o‘tkaziladi. « Inson resurslarini boshqarish » fani bo‘yicha talabalarning mustaqil ish mavzulari va mazmuni, ularni bajarish yuzasidan hisobot shakllari quyidagi jadvalda keltirilgan:


Talabalar mustaqil ta’limining mazmuni va hajmi

T/r

Mustaqil ta’lim
mavzulari

Berilgan topshiriqlar

Bajarish
muddati

Ajratilgan soatlar


Inson resurslarini boshqarish sohasidagi tushunchalarga asosiy yondashuvlar.



Prezentatsiya qilish
Referat yozish

1 hafta

10


Personalni boshqarish va inson resurslarini boshqarish o’rtasida farq.



Referat

2 hafta

11


Ish o`rinlarini tahlil qilish va loyihalash yondoshuvlari.



Konspekt

3 hafta

11


Tashkilotning ish sifatiga inson resurslari ta’siri.



Referat

4 hafta

11


Avlodlar nazariyasining mohiyati.



Konspekt

5 hafta

11


Tashkilot inson resurslari (personali) strukturalarinnig asosiy turlari.



Referat

6, 7 hafta

11


Inson resurslari strukturasida ro’y berayotgan o’zgarishlarning asosiy xususiyatlari.



Referat

8, 9 hafta

10


Raqamli iqtisodiyotning inson resurslariga ta’siri.



Ma’ruza qilish

10, 11 hafta

11


Inson resurslarini boshqarish usullarining roli, tabiati va tasnifi.



Prezentatsiya qilish

12, 13 hafta

11


Yetakchilik salohiyatiga ega bo’lgan yoshlar zaxirasi bilan ishlash.



Referat

14, 15hafta

11

Maslahat darsi tegishli fan o‘qituvchisi tomonidan o‘tkaziladi.


Fan o‘qituvchisi maslahat darsida quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

  • talabalar mustaqil ishlari topshiriqlarini bajarish yuzasidan tegishli yo‘llanma beradi.

  • topshiriqni bajarish rejasini tuzishga yordamlashadi;

  • tegishli adabiyotlar axborot manbalarini tavsiya qiladi;

  • talabalar mustaqil ishlari yuzasidan tayyorlangan ishlanma, hisobot, referat, hisob-kitob va topshiriq natijalarini qabul qiladi hamda baholaydi.

Talabalar mustaqil ishi bo‘yicha maslahatlar o‘quv jarayonining 1 va 2 smenada tashkil etilishiga qarab talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarida dars jadvaliga kiritiladi.



Yüklə 171 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin