346
to`g`risidagi traktat", "Iqtisodiy fan asoslari: metodologiya ocherklari" va
boshqalar.
Ingliz iqtisodchisi asli nemis bo`lib, asosiy
faoliyatini Angliyada
ko`rsatgan. U 1974 yilda iqtisodiyot bo`yicha Nobel mukofoti laureati
bo`lgan. U o`zining "Qullik sari yo`l" asarida har qanday iqtisodiy erk-
inlikdan va bozor baholaridan voz kechish diktaturaga, ya'ni yakkahokim-
likka, iqtisodiy qullikka olib borishini isbotlaydi, xo`jalikda bozor tizimin-
ing "aralash" va "buyruqbozlik" iqtisodiyotidan ustunligini ko`rsatib
beradi, kapitalni abadiy kategoriya deb e'lon qiladi, kapitalizm davrida ek-
spluatatsiya mavjudligini inkor etadi, davlat iqtisodiyotining sotsialistik
g`oyalari to`la tushkunlikka mahkumligi va o`z tabiatiga ko`ra
halokatli
ekanligini ta'kidlaydi.
Bu ta'limotga asoslanib, bir qancha mamlakatlarda hozirgi yaxshi
tanish bo`lgan iqtisodiy siyosatlar ishlab chiqildi. Shular ichida neoliberal-
izmga asoslangan nemis nazariyotchisi, GFRning siyosiy va davlat arbobi
Ludvig Erxard (1897-1877) yaratgan nazariya "ijtimoiy yo`naltirilgan bo-
zor xo`jaligi"ning asosini tashkil etadi. U o`z nazariyasini yaratdi va uni
GFRda kansler Adenauer davrida amalga oshirdi ham. Bu nazariyaning
asosiy qoidalari quyidagilardan iborat:
erkin baholarning zarurligi, erkin
raqobat, talab va taklifning muvozanati, iqtisodiyotning muvozanati; davlat
bozor xo`jaligida shu shartlarni kafolatlashi va uning ijtimoiy
yo`naltirilgan rivojlanishini ta'minlashi kerak. Bu g`oyalar L.Erxardning
1956 yilda chop etilgan "Barcha uchun farovonlik" kitobida ifodalab beril-
gan. Nemis olimlari A.Ryustov, Vol'ter Oyken (1891-1950), shveysariyalik
V.Rebke (1899-1966)lar ordeliberalizm, ya'ni "o`rta yo`l" ta'limotiga asos
solgan bo`lib, ijtimoiy bozor uning bir varianti hisoblanadi. Ular "inson-
parvar jamiyat", "xo`jaliklarning ideal tiplari" haqida fikr yuritadilar.
Bu model "asoschilari"dan biri siyosiy iqtisodchi Vilgelm Rebke
kapitalizm va sotsializm orasidagi "uchinchi yo`l" borligini ko`rsatib berdi.
Dunyoda rivojlangan mamlakatlar bo`lmish GFR, Shvetsiya va boshqalar
shu yo`lni tanladilar (Ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyoti. T., "Sharq"
NMK, 1996, 5-bet).
Dastlab 1961 yilda paydo bo`lgan "ratsional kutilmalar" nazariyasi
hozirgi davrda keng targ`ib etilmoqda. J.F.Mut
tovarlar va qimmatli
qog`ozlar bozoriga bag`ishlangan maqolasida "nima uchun biron bir qoida
yoki formula hech qachon narxlarning o`zgarishini to`g`ri prognoz qila
olmaydi?" degan savolga javob berishga harakat qildi. Uning fikricha,
amalda barcha mavjud informatsiya savdogarlar tomonidan darhol qayta
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
347
ishlanadi va ularning ko`ra bilishi, demak "kutilmalar" ratsional bo`lib
chiqadi.
70-yillarda keynschilik siyosati AQSH iqtisodiyotida makro-
ekonomik masalalarni hal etishda samarasiz bo`lib qoldi,
shunda
R.I.Lukas, T.J.Sardjent, N.Uolleslar Mutning maqolasida aytilgan
g`oyalarni takomillashtirib, moliya aktividagi narxlar harakatini "ratsional
kutilmalar" asosida tushuntirib berdilar. Ularning fikricha, iqtisodiy agent-
lar ham o`z kutilmalarini siyosatchilar (davlat xodimlari) qo`lidagi infor-
matsiya asosida shakllantiradilar va o`z-o`zidan tushunarliki, iqtisodiyotga
siyosatchilarning imkon boricha kamroq aralashuvi uchun harakat qiladi-
lar. Amalda iqtisodiy agentlar narxlar prognozini shakllantirishda, ya'ni
narxlar o`zgarishini kutganda, bozordagi haqiqiy
baholarni aniqlash kabi
usullardan foydalanar ekanlar. Bu kutilmalar har doim ham bexato bo`ladi,
degani emas va ko`ra bilish mukammal emas, chunki iqtisodiyot tasodifiy,
oldindan aytib bo`lmaydigan shok o`zgarishlariga uchrab turadi, bu esa
narxlarning subektiv kutilmalarining o`rtacha miqdoriga yoki "matematik
kutilma"ga teng bo`ladi, bu aslida obyektiv taqsimotdir. Ratsional prognoz
yoki kutilma shunday xususiyatga egaki, kutilayotgan xato har doim nolga
teng bo`ladi. R.I.Lukas "ratsional kutilmalar" nazariyasi uchun 1995 yilda
Nobel mukofoti laureati bo`ldi.
XULOSA
Neoliberalizm keynschilik ta'limoti davrida yuzaga keldi, ammo
davlatning iqtisodiyotga aralashuvi ancha boshqacha talqin etiladi. Davlat
"sport sudyasi"
vazifasini bajarishi, ya'ni erkin iqtisodiyot qonun-
qoidalarini tartibga solishi kerak, xolos. Bu yo`nalishning yirik uch
markazi Germaniya, AQSH va Angliya paydo bo`ldi. Germaniya ijtimoiy
bozor xo`jaligi konsepsiyasi ilgari surildi va amalda yaxshi natijalar berdi,
davlat iqtisodiy siyosati darajasiga ko`tarildi. Ijtimoiy va boshqa mam-
lakatlarda, xususan, mustaqil O`zbekistonda
ham muvaffaqiyatli amalga
oshirilmoqda.
Chikagoda paydo bo`lgan monetarizm maktabi M.Fridman nomi
bilan mashhur bo`ldi, uning konsepsiyasidagi asosiy masala davlatning
qattiqqo`l pul siyosatidir, har yili kon'yukturaga bog`lanmagan holda pul
massasini 3-4% oshirish taklif etiladi, bu yo`l AQSHda yaxshi natija berdi.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com