44
jarayon real tarixiy voqeadir, ammo u amalda beshafqat sinfiy kurash,
aholining bir qismini
iqtisodiy va ijtimoiy ezish, zo`rlik va aldov bilan
bog`liq bo`ldi. Bu jarayon davomida obyektiv tarixiy qonuniyat o`ziga yo`l
ochdi, natijada ishlab chiqarish nisbatan o`sdi, sanoat va savdo shaharlari
ko`paydi, fan va texnika rivoj topdi. Bu uyg`onish davri bo`lib, ming yillik
turg`unlikdan so`ng iqtisodiyot madaniyat va san'atning ravnaqiga olib
keldi.
Eski
feodal munosabatlar yemirilib, yangi burjua-kapitalistik
munosabatlar tug`ila boshladi, bu esa osonlik bilan bo`lmadi. Ayniqsa,
dehqonlarning o`z yerlaridan siqib chiqarilishi, mustamlakachilik, iqtisodiy
ekspansiya, urushlar oddiy xalqqa katta ofat keltirdi. Oqibatda
kapitalizmning shakllanishi bilan uni tanqid qilish ham boshlanadi, buni ilk
sotsial-utopistlar Tomas Mor (1478-1535)
va Tommazo Kampanella
(1568-1639) amalga oshirdi.
Ideal (fozil) jamiyat to`g`risidagi avvalgi g`oyalar dastlabki
sotsialistik konsepsiyalar bilan davom ettiriladi.
T. Mor
"Utopiya" (lot. yo`q joy) (1516)
asarida
Angliyada
dastlabki
kapitalning
jamg`arilishi jarayonida dehqonlarning ommaviy
qashshoqlanishi jarayonini aks ettirgan. T.Mor
gumanist, davlat arbobi va yozuvchi bo`lgan
(1529-32 yillarda Angliya kansleri). U Uyg`onish
davrining atoqli arbobi Erazm Rotterdamskiyning
do`sti edi. Katolik bo`lgan. qirolni ingliz
cherkovining Oliy boshlig`i
deb qasamyod
qilmaganligi uchun T.Mor davlat xoini sifatida
hisoblanib, qatl etilgan. Katolik cherkovi tomonidan muqaddaslashtirilgan
(1535). U "qo`ylar odamlarni yeb qo`ydi" iborasining muallifidir. Shu
davrda dehqonlarni cheklash, ya'ni yerdan siqib chiqarish siyosati amalga
oshirildi. Bu jarayon manufaktura, keyinroq esa fabrika rivoji bilan bog`liq
edi. Mato to`qish, jun, ayniqsa qo`y juniga bo`lgan
ehtiyojni oshirib
yubordi. Dastlab botqoq, chakalakzor yerlar o`rab olindi va qo`y boqish
uchun yaylovga aylantirildi, keyinchalik dehqonchilik
qilinayotgan yerlar
ham tortib olinib, dehqonlar - yomenlar sinf sifatida tugatildi. Ular yerdan
mahrum qilindi va ko`chaga haydaldi. Bu o`ziga xos agrar inqilob - sanoat
to`ntarilishi uchun sabab bo`ldi, lekin millionlab aholi qashshoqlikka
mahkum etildi. Shu voqealarni o`z ko`zi bilan ko`rgan T.Mor qayerdaki
xususiy mulk hukmron bo`lsa, asosiy boylik bir quchoq odamlar qo`liga
to`planadi, degan xulosaga keldi. Yana sotsial ofatning asosi puldir, degan
Dostları ilə paylaş: