80
qurdirgan. Mehnatning inson va jamiyatdagi o`rniga, do`stlikka yuksak
baho bergan.
Alisher Navoiy (1441-1501) shoir va
davlatning yetakchi vaziri sifatida nom qozongan.
Navoiyning mana
bu sifatlari uning ijtimoiy-
iqtisodiy, falsafiy qarashlarida yaqqol ko`zga
tashlanadi. Navoiy o`z davrining progressiv kishisi
sifatida gumanistik va vatanparvarlik mafkurasi
ramkasidan otilib chiqdi. U o`z davrining siyosiy
va iqtisodiy ahvolini yaxshilash,
mamlakatning
iqtisodiy
qudratini
barkamollashtirish
uchun
kishilarda gumanistik vatan-parvarlik xislatlarini
uyg`otish kerak ekanligini erta tushunib yetdi.
Navoiyning dastlabki ijtimoiy-iqtisodiy
fikrlari shakllangan asari - bu 1469 yilda Husayn
Boyqaroning
taxtga
kelishiga
bag`ishlangan
"Hiloliya" asaridir.
Husayn Boyqaroning taxtga
kelishini Navoiy zulmat qorong`uligini yoritadigan
"hilol", ya'ni uch kunlik oy bilan tenglashtiradi.
Mamlakatning iqtisodiy, siyosiy qudrati mustahkamlanishiga, aholining
ijtimoiy,
moddiy ahvoli yaxshilanishiga, feodal urushlarga barham
berilishiga, mamlakatda tinchlik o`rnatilishiga ishongan. Navoiy Husayn
Boyqaroni shohlar shohi deb maqtaydi. Lekin Navoiy, maqtash bilan birga
muhim ijtimoiy-iqtisodiy fikrlarni ham ilgari suradi. Hukmdorni maqtash
Navoiy tomonidan qo`llanilgan taktik bir usul edi.
Uning asosiy strategik
maqsadi esa mamlakatning iqtisodiy-siyosiy ahvolini yaxshilashga, yagona
markazga, markazlashgan, qudratli davlat barpo qilishga qaratilgan edi.
Navoiy Husayn Boyqaroning taxtga kelishidan mamlakatning ijtimoiy-
iqtisodiy,
sotsial-siyosiy
va
madaniy-oqartuv
sohalarida
yuksak
o`zgarishlar amalga oshirilishiga katta umid bog`laydi.
Navoiy shaxsning tarixdagi roliga katta e'tibor berib, mamlakat
iqtisodiy ahvoli shu mamlakat hukmdorining
aql-idroki va qobiliyatiga
bog`liq deb hisoblaydi. Agar mamlakat hukmdori fanlarni, ayniqsa,
iqtisodiyot, tarix, falsafa va siyosiy fanlarni mukammal bilsa, u
boshqarayotgan mamlakat obod va badavlat bo`ladi, agar teskarisi bo`lsa,
mamlakat qashshoq va xarob bo`ladi, deydi. Navoiy boshsiz tana
bo`lmaganidek, podshosiz davlat ham bo`lmaydi deb tarixda realist sifatida
nom qoldirdi.
Dostları ilə paylaş: