71
Nafsing agar xalqqa beshakdurur,
Bilki bu nafs o`zinga ko`pakdurur.
Odami ersang, demagil odamiy.
Aniki, yo`q xalq g`amidin g`ami.
A.Navoiy
4-BOB. AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR
DAVRIDAGI IQTISODIY G’OYALAR
4.1. Amir Temur davridagi iqtisodiy g`oyalar
Amir Temur va uning avlodlari davrida
markazlashgan davlat
barpo etildi, iqtisodiyotning barcha sohalarida (hunarmandchilik, qurilish,
qishloq xo`jaligi, ayniqsa savdoda) muhim yutuqlar qo`lga kiritildi. Bunga
to`g`ri tanlab olingan iqtisodiy g`oyalar va iqtisodiy siyosat yordam berdi.
Amir Temur
(1336-1405) davlat va
iqtisodiyotni boshqarishda o`ziga
xos maktab
yaratgandi. Sohibqiron davlatida devoni buzurg
(bosh vazir) dan tashqari har bir viloyatda Devon
deyiluvchi boshqarma bo`lgan. U davlatning
butkul ishlarini: soliq yig`ish,
tartib saqlashni,
ijtimoiy binolar - bozorlar, hammomlar, yo`llar,
suv inshootlari tarmoqlarini nazorat qilardi.
Xalqning hulq-axloqi kuzatib turilardi.
Uning
xodimlari vaqti-vaqti bilan so`roq, tekshirish,
taftish va tergov ishlarini olib borishardi.
Ayniqsa, toshu-tarozi to`g`riligi, odil baho
tekshirilgan, qallob va tovlamachilar qat'iy jazolangan, eng muhimi bu ish
to`ppa-to`g`ri bozorda, xalq oldida amalga oshirilgan.
Savdogarlarga olib
kelingan mol ustiga 10 foiz narx qo`yish mumkin bo`lgan. Temur
saltanatini idora qilish uchun turli vazirlar faoliyat ko`rsatgan. Shunday
vazirlardan
birinchisiga yer soliqlari, boj, o`lpon-soliq undirish hamda
mirshablik yumushlarini boshqarish yuklatilgan. Bu vazir mamlakatdagi
muhim
ishlarni, kundalik muammolarni hal qilgan, raiyat ahvolini
kuzatgan, viloyatlardan olingan hosil, soliq, o`lponlarni taqsimlagan.
Ikkinchi vazir sipoh vaziri hisoblanib, sipohiylarning maoshlari va
tanho (bu yerda - toju-taxt uchun qilgan xizmatlari
evaziga beriladigan
in'om ma'nosida)larni boshqargan.
Dostları ilə paylaş: