Iqtisodiy talimot doc


Forobiy, Ibn Sino, Beruniy va Yusuf Xos Hojib



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/150
tarix26.07.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#137611
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   150
6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

3.4. Forobiy, Ibn Sino, Beruniy va Yusuf Xos Hojib 
asarlaridagi iqtisodiy g`oyalar mohiyati 
 
X-XII asrlarga kelib O`rta Osiyo ilg`or ijtimoiy tafakkurning 
Sharqdagi yirik markazlaridan biriga aylandi. Bu davrda feodal davlat 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


58 
markazlashgan va eng rivojlangan pallaga kirdi. O`rta Osiyo Yevropani 
Osiyo bilan bog`lovchi yirik moddiy, madaniy va savdo markaziga 
aylandi. Bu jarayonlar bir-biridan minglab chaqirim uzoqlikdagi davlatlar
xalqlar o`rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni shakllantirdi. 
Bu davrda butun dunyoga tanilgan Al-Farg`oniy, Al-Xorazmiy, 
Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Nizomulmulk va boshqa 
ko`plab mutafakkirlar yashab, ijod qilishdi. Ularning asarlarida iqtisodiy 
g`oyalar ham o`z aksini topgan. Sharq renessansi davridagi olimlar shu 
davrdagi tijorat, mulkdorlik hunari sirlarini bayon etganlar. Ularning 
asarlaridagi umumbashariy iqtisodiy taffakkur bugungi kunda ham 
dolzarbligi bilan muhim o`rin tutadi. 
Ibn Sino (980-1037)ning fikricha: "Hayvon tabiat 
ne'matlariga qanoat qiladi, odamlarga esa tabiat ne'matlari 
kamlik qiladi, u ovqat, kiyim-kechak va uy-joyga ehtiyoj 
sezadi. Hayvon tabiat ne'matlarini o`zlashtirib oladi, odam 
esa o`z mehnati bilan o`ziga ovqat, kiyim, joy yaratadi. 
Shu maqsadda inson dehqonchilik va hunarmandchilik 
bilan shug`ullanishi kerak". 
Yusuf Xos Hojib "odamga foydasi tegmaydigan odam - o`lik, essiz 
o`tgan umr emas, essiz sarflangan mehnat", deydi (1069 y. "qutadg`u bilik" 
asarini yaratgan). 
IX-XII asrlarda Markaziy Osiyo ilg`or ijtimoiy tafakkurning 
Sharqdagi yirik markazlardan biriga aylandi. Bu davrda mazkur hududdagi 
davlat markazlashgan va eng rivojlangan pallaga kirdi. Buyuk ipak yo`li, 
Tinch okeani atrofidagi mamlakatlar (Yaponiya, Xitoy, Koreya) ni 
Vizantiya va G’arbiy Yevropa bilan chambarchas bog`lar edi. Bu esa 
karvon yo`li orqali minglab odamlar, ot-ulovlar, turli-tuman tovarlarning 
qarama qarshi harakatini, almashuvini vujudga keltirdi. O`rta Osiyo 
Yevropani Osiyo bilan bog`lovchi yirik moddiy-madaniy va savdo 
markaziga aylandi. Bu jarayonlar bir-biridan minglab chaqirim uzoqlikdagi 
davlatlar, xalqlar o`rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni shakllantirdi. Axir, 
Osiyodagi va Yevropadagi tovarlarga bo`lgan talab va taklifni (bozorning 
asosiy unsurlarini) yaxshi bilmay turib, uzoq va xatarli yo`lga chiqish 
mumkinmidi, katta karvonlarni tog`u toshlardan , qum cho`llardan olib 
o`tish osonmidi, buning uchun ma'lum qoidalarga, amallarga tayanib ish 
ko`rish kerak bo`ldi. Yevropaga qancha va qaysi tovarlarni olib borish, u 
yerdan nima olib qaytish, karvon yo`lidagi davlatlar, xalqlar talab-
ehtiyojini yaxshi bilish talab etilgan. Oqibatda turli bilim sohalari, 
matematika (al-jabr), geometriya (handasa), astronomiya (falakiyot ) va 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin