7
Avvalgi o`quv qo`llanmamiz 1997 yilda nashr etilgan bo`lib,
ma'lum ma'noda davr sinovidan o`tdi. Bu fanni o`qitish, o`rganish, o`quv-
uslubiy
materiallar
yaratish
davomida
qo`llanmani
yanada
takomillashtirish bo`yicha takliflar va mulohazalar bildirildi.
Shulardan
biri, Markaziy Osiyo mutafakkirlarining iqtisodiy g`oyalarini ancha
kengaytirish ahamiyatlidir. Shunisi diqqatga sazovorki, keyingi paytda bu
sohada ancha ishlar qilindi. Taniqli iqtisodchilar i.f.d.,
professorlar
O`.Sobirov, Q.Yo`ldoshev, N.Yo`ldoshev, A.Razzoqovlar tomonidan
mamlakatimiz hududida yashab ijod etgan donishmandlarning iqtisodiy
merosi to`g`risida bir qancha ilmiy maqolalar va o`quv qo`llanma chop
etildi. 2000 yili TDIU da "Iqtisodiy meros va jahon tajribasi"
mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o`tkazildi va uning materiallari
(2001 yil, 9.75 b.t.) nashr qilindi, konferensiya
tavsiyalarida ham shu va
boshqa masalalar ko`tarilgan edi.
Shularni hisobga olib, darslikka alohida ikki bob kiritildi, unda
Markaziy Osiyo mutaffakirlarining iqtisodiy g`oyalari keltirildi.
Keyingi
davrda boshqa regionlardi chiqarilgan adabiyotlarning tajribasidan
foydalanildi.
Umuman, Respublikamizda "Xalq xo`jaligi va iqtisodiy ta'limotlar
tarixi" (08.00.02) fani bilan u yoki bu darajada shug`ullanayotgan barcha
kuchlarni
birlashtirish, dastur, o`quv qo`llanma, darslik tayyorlash,
malakasini oshirish, ilmiy daraja olishga imkon
beruvchi ixtisoslashgan
kengash ochish, birgalikda konferensiya va boshqa anjumanlarni o`tkazish,
ilmiy tadqiqotlar olib borish vaqti yetdi, deb hisoblaymiz.
Ushbu darslik Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti Iqtisodiy
tarix kafedrasi a'zolari professor O`zbekiston Respublikasida xizmat
ko`rsatgan xalq ta'limi xodimi A.A.Razzoqov, dotsentlar Sh.H. Toshmatov,
N.T. O`rmonov va O`zbekiston Milliy universiteti
Iqtisodiyot fakulteti
o`qituvchilari i.f.d. F.T. Egamberdiyev, i.f.n., dotsent P.Z. Xoshimovlar
tomonidan yozilgan.
Har bir bob oxirida xulosa, asosiy tushuncha va
iboralar, nazorat va mulohaza qilish uchun savollar keltirilgan.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com