Iqtisodiy talimot doc



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/150
tarix26.07.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#137611
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   150
6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

 
 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


16 
BIRINCHI QISM 
QADIMGI DUNYO, FEODAL JAMIYATI VA ILK 
KAPITALIZMNING IQTISODIY TA'LIMOTLARI 
Yenglar, ichinglar, ammo isrof qilmanglar.
Hadis 
1-BOB. QADIMGI DUNYO IQTISODIY TA'LIMOTLARI 
 
1.1. Qadimgi Osiyodagi iqtisodiy g`oyalar 
Iqtisodiy fan manbalarini avvalo jahon sivilizatsiyasining beshigi 
bo`lgan qadimgi Sharqdan izlamoq mantiqan to`g`ridir. 
Iqtisodiy g`oyalarning shakllanishi insoniyatning paydo bo`lishi bi-
lan boshlangan. Ammo, hozirgi paytda qo`lyozmalarda aks ettirilgan 
g`oyalargina tahlil qilingan. Shu sababli iqtisodiy ta'limotlar tarixi quldor-
lik jamiyati, aniqrog`i, xususiy mulk paydo bo`lishi bilan boshlanadi, dey-
ish o`rinlidir. 
Dastlab quldorlik jamiyati Sharqda sinfiy ajralish boshlangan joy-
larda, Mesopotamiya (Tigr va Yefrat daryolari oralig`ida) va Misrda eram-
izdan avvalgi IV ming yillikda yuzaga keladi. Bunga asosiy sabab shuki, 
bu yerda texnologik inqilob ro`y berdi, metall qurollar ishlatila boshlandi, 
qishloq xo`jaligida intensiv, ko`p hollarda sug`orma dehqonchilikka o`tildi, 
shu asosda nisbatan turg`un qo`shimcha mahsulot olish imkoni tug`ilgan. 
Oqibatda, jamiyatda mehnat taqsimotini rivojlantirishga, ko`pgina hunar-
mandchilik sohalarining ajralib chiqishiga, sinfiy tabaqalanishga turtki 
bo`ldi. 
Bu davrda qo`shimcha mahsulot olishning asosiy usuli jamoaga bir-
lashgan dehqonlarni ekspluatatsiya qilish yo`li bilan renta - soliq olish 
(Osiyoda) bo`lsa, qullarni (davlat yoki xususiy) beayov ishlatish bilan ham 
(Yevropada) katta boylik orttirilgan. Sharqda davlatning iqtisodiyotga 
aralashuv darajasiga qarab, ayrim "erkin" aholining ahvoli qullarnikidan 
deyarli farq qilmagan (umuman, Sharq mamlakatlarida qulchilik masalasi 
hali uzil-kesil hal etilgan emas. Akademik V.V. Struve uni tan oladi. Lekin 
ko`pgina olimlarning fikricha, Sharqda quldorlik klassik shaklda rivoj 
topmagan, patriarxal, ya'ni uy xo`jaligida ustun bo`lgan (qarang: 
История
Древнего
Востока
М
., 
МГУ
, 1991). 
Sharq, jumladan Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi xo`jalik faoli-
yatida nisbatan erkin odamlar ishtirok etgan. Masalan, dehqonchilik, 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


17 
hunarmandchilik, qurilish sohasida qullar mehnatidan foydalanilmagan. 
Antik dunyo (G’arbiy Yevropa)dagi ayrim regionlarda xalqaro savdoni 
olib borish bilan bog`liq ravishda tovar-pul munosabatlari ham anchagina 
rivojlangan (masalan, Gretsiyaning ayrim shaharlari). Shu asosda 
qulchilikka asoslangan xususiy mulkchilik rivoj topdi. O`z mahsulotini 
sotishga mo`ljallab ishlab chiqargan qulchilik xo`jaliklari ekspluatatsiyani 
kuchaytirishni talab etgan. Oqibatda, klassik yoki antik qulchilik yuzaga 
keldi (Gretsiya va Italiya). 
Bizgacha yetib kelgan eng qadimgi qo`lyozmada (qadimgi Misr, 
eramizdan avvalgi XXII asr) noib va aholi o`rtasidagi munosabatlar 
to`g`risida fikr yuritiladi. Bu davrda sinfiy ajralish to`la shakllanmagan 
bo`lib, boshqaruv ishiga ishbilarmonlarni taklif etish (yuqori tabaqali, yoki 
oddiy aholidan bo`lishidan qat'iy nazar) kerak deyilgan. 
Qadimgi Misrdan farqli ravishda Mesopotamiyada xususiy mulk-
chilik va tovar-pul munosabatlarining nisbatan tez rivojlanishi xarakter-
lidir. Inson shaxsi ozodligining kafolati yo`q bo`lgan o`sha sharoitda qarz-
dor qulchilik xo`jalik rivojiga olib kelar edi. Bunday jarayonlar soliq 
to`lovchilar va harbiylardan ajralib qolishi mumkin bo`lgan davlatning 
kuchsizlanishiga olib kelgan. Saqlanib qolgan yodgorliklarda, yozma 
qonunlarda iqtisodiy g`oyalar ham mavjud, unda mustaqil ishlab chiqaru-
vchilarning huquqlarini himoya qilish, tartibga solish bo`yicha muhim 
fikrlar berilgan. Eramizdan avvalgi XVIII asrda Bobil (Vavilon) da 
(m.a.1792-1750 yy.) podsholik qilgan Xammurapi (ba'zi manbalarda 
Xammurabi) qonun to`plamlari (jami 282 ta) diqqatga sazovor (m.a.1760 
y.). Bu to`plam 1901-1902 yy. Suza shahri qoldiqlarini arxeologik qazish 
paytida topilgan (Fransiya poytaxti Parijdagi mashhur muzey - Luvrda 
saqlanyapti). Nusxasini BMT binosidagi muzeyda ham ko`rish mumkin. 
Toshga o’yib yozilgan muhim va qadimiy, tarixiy hujjatni tahlil qilish 
shuni ko`rsatadiki, mavjud davlat sinfiy va sotsial jihatdan ancha mukam-
mal ajralgan. Biz uchun ayniqsa mulkchilik va unga egalik shakllari mu-
himdir.qonunda "kuchlilar zaifroqlarni cheklamasligi kerak", degan qoida 
bor. Masalan, qarzdorligi uchun podsho jangchilari va boshqa aholining 
yerlarini sotish yoki tortib olish man etilgan. Sudxo`rlik faoliyati cheklan-
gan, uning miqdori pulda 20, mahsulotda 33 foizdan ortiq bo`lmasligi 
kerak. 
Asosiy maqsad ishlab chiqarishni, birinchi navbatda qishloq 
xo`jaligini rivojlantirishni qo`llab-quvvatlash bo`lgan, ya'ni mehnatsiz 
daromad topishga qarshi kurashilgan. qarzni qarz hisobiga uch yildan ortiq 
ushlab turish mumkin bo`lmagan. Umuman, xususiy mulkchilik, shu jum-
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


18 
ladan yerga ham tan olingan. Birovning xususiy mulkiga ko`z olaytirgan, 
unga zarar yetkazganlar iqtisodiy jihatdan jazolangan. Bu qonunlar 
to`plami davlatning mamlakatni iqtisodiy boshqarish sohasidagi dastlabki 
tajribasini ko`rsatadi. Oqibatda shu davrda mamlakat ham siyosiy jip-
slashdi, ham iqtisodiy ravnaq topdi. 
Qadimgi Hindistonning "Manu qonunlari"da (m.a. IV-III asrlar) 
ijtimoiy mehnat taqsimotining, hukmronlik va bo`ysunish institutlarining 
mavjudligi aytiladi. 
Hindistondagi iqtisodiy g`oyalarni aks ettiruvchi qadimgi yod-
gorlik "Artxashastra" (m.a. IV-III asrlar oralig`ida)dir (tom ma'nosi 
bo`yicha ifoda, amaliy hayot to`g`risidagi fan, bu asar m.a. III-II asrlarda 
to`ldirilgan). Bu qadimiy va muhim tarixiy yodgorlikdir (u Chandragupta I 
podsholigi davrida podsho maslahatchisi Kautilye Bishnugupta tomonidan 
yozilgan degan fikr bor). Unda qulchilikni mustahkamlash asosiy vazifa 
qilib qo`yilgan. qulchilik eng past tabaqalarga xos narsa deb sanaladi. Bu 
asarda "buyumning qiymati" muammosi ko`tarilgan, qiymat miqdori "ish 
kunlari" bilan belgilangan, rag`batlantirish esa mehnat natijalariga mos ra-
vishda belgilanishi kerak, deyilgan. 
Bu asarda davlatni boshqarish bo`yicha takliflar berilgan bo`lib, bir 
qancha iqtisodiy g`oyalar ham ilgari surilgan. Masalan, unda mahsulotning 
bozor bahosi bilan uning tabiiy qiymati o`rtasidagi farq aytilgan. Tovarga 
bo`lgan ehtiyoj ortganda, uning bahosi qiymatdan oshib ketishi mumkin, 
deyilgan. Savdo bilan shug`ullanuvchilarga alohida urg`u berilgan bo`lib, 
foyda masalasi ko`tarilgan, foydaning miqdori tovar bahosiga (boshqa ha-
rajatlar qatorida) qo`shilib, mahalliy mahsulot uchun 5, chetdan kelgan 
tovarlar uchun 10 foiz (import o`sha davrda ham afzal) qilib belgilangan. 
Davlatning iqtisodiy ishlarga aralashuvi qo`llab quvvatlangan. qish-
loq xo`jaligiga alohida e'tibor berilgan, bo`sh yerlar xalqqa bo`lib berilishi 
va soliq to`lash zarurligi, sug`orish inshootlari qurishga e'tibor haqida so`z 
yuritiladi. Umuman, davlat mamlakatning ishlab chiqaruvchi kuchlarini 
rivojlantirishi kerak, degan g`oya markaziy o`rinni egallaydi. (Hozirgi 
davrdagi J.M.Keyns va institutsionalizm tarafdorlari fikri bilan solishtir-
ing,). 
Moliya sohasida daromad solig`iga katta e'tibor berilgan. Davlat 
ba'zi ishlarni rivojlantirishi uchun moddiy va ma'naviy yordam berishi 
kerak, deyilgan. Mahsulotga baho belgilash, davlatning boyishini 
ta'minlash (foydani oshirib, sarf-xarajatni kamaytirish), hisob-kitobni 
tartibga solish, har xil o`g`irliklarga qarshi kurashish kerakligi belgilangan. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


19 
Shu tamoyillarni amalga oshirish tufayli jamiyatdagi norozilik, tengsizlik 
yo`qoladi, deyilgan. 
Qadimgi Hindistonda yaratilgan "Veda"larda ham bir qancha mu-
him iqtisodiy g`oyalar keltirilgan. 
Respublikamiz olimlarining tadqiqotla-
riga ko`ra, zardushtiylik (zoroastrizm) dinining 
(islomgacha) muqaddas kitobi bo`lgan "Avesto" 
ya'ni "hayot yo`riqnomasi" (asli "Ovasta") da 
ham muhim iqtisodiy fikrlar bayon etilgan. 
Jumladan, sun'iy sug`orish asosida dehqonchilik 
yuritish, ona tabiatni e'zozlash, hayvonlarni 
asrash, noo`rin so`ymaslik, unga zug`um 
qilmaslik, 
tuproq 
sharoitini 
yaxshilash 
masalalari yoritilgan. Bu kitob eramizdan 
avvalgi II ming yillik oxiri - I ming yillik 
boshlaridagi voqealarni aks ettiradi va juda qadimiy yodgorlikdir (2700 
yilligi bayram qilindi). 
Bu dinning ta'sir doirasi juda keng bo`lib, hozirgi Eron, Markaziy 
Osiyo, Kavkazorti yurtlari (ayniqsa Ozarbayjon) va boshqa joylarda 
tarqalgan. M.a. II ming yillik oxiri - I ming yillik boshida paydo bo`lgan 
"Avesto"ning to`liq asl nusxasi saqlanmagan, uning ayrim qismlari topil-
gan, u qadimiy parfyan, oromiy yozuvida bitilgan, hozirgi davrda rus va 
o`zbek tillariga tarjima etilgan, ayrim bo`laklari "San'at", "O`zbek tili", 
"Fan va turmush" jurnallarida e'lon qilindi. 
Zoroastrizmning asosiy g`oyasi dualizmga, ya'ni bir tomondan 
Yaxshilik va Yorug`lik (xudosi Axura Mazda), ikkinchi tomondan 
Yovuzlik va qorong`ilik (xudosi Anxra Manu) kuchlari o`rtasidagi kurash-
dir. 
Inson xo`jalik faoliyatida tabiiy muhit bilan chambarchas bog`liq 
deb uqtiriladi, ammo, insonga alohida e'tibor beriladi. Insonga tanlash hu-
quqi berilgan bo`lib, u Yaxshilik yoki Yomonlik tomonlarni olishi va 
shunga mos harakat qilishi kerakligi aytiladi.
Yaxshilik odamining faoliyati yaxshi g`oya, yaxshi so`z va yaxshi 
ishlar bilan bog`langan bo`lishi kerak. Moddiy boyliklarni ko`paytirish 
yerug dunyodagi yaxshi ishlarning asosiysi hisoblangan. Shu sababli "Ave-
sto" matnlarida natural-xo`jalik faoliyati keng targ`ib etilishi va amaliy 
maslahatlar berilishi tasodif emas. 
Avestoda "O`z hayoti davomida go`zallik va yaxshilik, nur va qu-
vonch yo`lida xizmat qilgan odam porso va haqgo`y, pok va adolatli 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


20 
bo`lib, mehmonlarni beg`araz kutgan. Xotinini sevib, yerni, mollarni 
parva-rish qilgan, odamlarning molu mulkiga ko`z olaytirmagan, tabiatni 
asrab-avaylab undan zavq olgani uchun uning joni ham bitmas-tuganmas 
rohat va farog`atga burkanadi" deb yoziladi. 
Ko`chmanchi xalqlarning asosiy boyligi bo`lgan mollar sonini 
saqlash qo`llanilib, ularni bekordan-bekorga qurbon qilaverish qoralanadi. 
Bu g`oya ayniqsa ilk zoroastrizmda kuchli. Hayvonot dunyosini asrash, un-
ing sonini oshirish, sifatini yaxshilash (ayniqsa semirtirish) ga alohida 
urg`u berilgan. Buning uchun esa yaxshi yaylov, kerakli qarov, yem-
xashak bilan ta'minlash eng yaxshi faoliyat deb baholanadi. Yaxshi ishlarni 
amalga oshirish kuchli hokimiyat bilan bo`lishi qayd etiladi. Kitobda yozil-
ishicha, hayvonlarni o`g`irlash yoki tortib olish, turar joylarni xonavayron 
qilishdan asrashga intilish Yaxshilik g`alabasiga olib keladi. Ana shu qoi-
dalarga amal qilganlarga yaylovlar bo`ylab erkin harakat qilishga va'da 
beriladi, chunki tabiiy yaylovlar cheklangan sharoitda bu "erkin harakat" 
ta'minoti muhimdir, aks holda o`zaro to`qnashuv va urushlar ro`y bergan. 
Ma'lum qonun-qoidalarga bo`ysunish kuchli hokimiyat va 
mo`'tadillik bilan bog`liq edi. O`zaro shartnomalarga bekamu ko`st amal 
qilish zarurligi, ayniqsa o`zaro moddiy yordam berish kerakligi targ`ib eti-
ladi. 
Avesto ma'lumotlariga qarab shu davrdagi jamiyatning ijtimoiy ah-
volini bilib olish mumkin. Bu davrda urug` jamoasi yemirilib, dastlabki 
sinf (kasta)lar paydo bo`lganligi ayondir, ular kohinlar, harbiylar, chorva-
dorlar va hunarmandlar, demak, ilk sinfiy jamiyat yuzaga kelayotgan davr 
bo`lgan. Aholi ko`proq yarim ko`chmanchilik asosida kun kechirgan. Ek-
stensiv chorvachilik yetakchi edi. 
Ideal hayot tarzi quyidagicha talqin etilgan bo`lib, uningcha yerdan 
shunday joyni topish yoki yaratish kerakki, u yerda ko`p ovqat pishirilishi, 
doim katta bo`lak go`sht tegishi, otlar pishqirib turishi, ot-arava 
g`ildiraklari jarangi chiqishi, qamchilar doim ko`tarilib, ovozi chiqib tur-
ishi, odamlar jag`i tinmaydigan (ovqat yeyishda), ziravorlar yetarlicha ya-
shirib qo`yilgan, xushbuy hidlar arimaydigan, yaxshi hayot uchun kerakli 
barcha narsalarni istakka qarab, ko`p miqdorda saqlanadigan omborlar bor 
joy tushunilgan. 
"Avesto" bo`yicha turli tabiiy ofatlarga qarshi zahira oziq-ovqatlar 
barpo qilish qo`llab-quvvatlanadi (Konfutsiylik va boshqa ta'limotlarda 
ham bu g`oya katta o`rinni tutadi). 
"Avesto"ning yozilishi jihatidan keyingi davrga mansub fikrlarda, 
masalan, chorvadorlar hamkori Yim to`g`risidagi afsonada "oltin asr"dagi 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


21 
mol-qo`ylarning mo`l-ko`lligi haqida so`z yuritiladi. Yimning xizmati 
ulug`lanib, kuchli sovuq, qor va suv to`fonidan hayvonlar va odamlarni 
qutqarish uchun "varu" (qo`rg`on) qurdirib, unga suv o`tkazadi, mayda va 
yirik mollar, odamlar, it, qush, barcha o`simliklar urug`i va yonib porlab 
turgan olovni keltiradi (Nuh payg`ambar bilan solishtiring). Odamlar 
uchun turar joy, hayvonlar uchun molxonalar qurilgani aytiladi. 
"Avesto"ning 3-bobi (fargard) "Vandidot" bo`lib, nisbatan keyingi 
davr voqealarini aks ettiradi, unda asosan dehqonchilik va dehqon mehnati 
ulug`lanadi (avvalgi boblarda chorva yetakchi edi). Endilikda ko`proq ekin 
ekiladigan, don, o`t, mevali ekinlar o`stiriladigan, suvsiz joylarni 
sug`oradigan, suvi ortiqcha yerlar quritiladigan (sug`orish bilan birga zax 
qochirish) joylar maqtaladi, hatto yerlarga ko`p go`ng solinishi, buning 
uchun esa ko`proq kichik va katta qoramollar boqish tavsiya etiladi. Bunda 
juda katta tabiiy mantiq borligi aniq ko`rinib turibdi. 
Kitobning bu bobida dehqonchilik va ayniqsa don ekish, 
g`allakorlik ulug`lanadi. Aholini qunt bilan don yetishtirishga undaladi, 
hatto g`allakorlar e'tiqodni olg`a suruvchilar deb talqin etiladi. "Dehqon-
chiliksiz mo`l-ko`lchilik yo`q", degan aqida ilgari suriladi (fiziokratizm 
ta'limoti bilan solishtiring). "Kimda-kim zaminni chap va o`ng qo`l bilan, 
o`ng qo`l va chap qo`l bilan shudgor qilsa, zamin unga farovonlik baxsh 
etadi. U go`zal va pokiza qizga o`xshaydi. Bu qiz er xonadoniga kirib 
borib, o`z to`shagidan halol yostiqdoshiga farzandlar tug`ib beradi. Zamin 
ham mo`l-ko`l mevalarini in'om etadi", deyilgan, bunda yerni tobora ma-
daniylashtirish va undan ko`proq naf olishi haqida gap boradi. 
Xo`jalikning barcha tarmoqlari orasida g`allakorlikka eng yuksak 
baho beriladi. Zoroastrizm qashshoqlikni yo`qotish yoki unga yo`liqmaslik 
uchun ziroatchilikini rivojlantirish, yangi yerlarni ochish bo`yicha faol si-
yosat olib borish kerakligini uqtiradi. Ammo, inson yerni tashlasa, unga 
qaramay qo`ysa, unday odam o`zgalar eshigi oldida turgan doimiy gadoyga 
aylanadi, deyilgan bu kitobda (hozirgi davr ta'limotlari bilan solishtiring). 
Asketizm to`g`ridan to`g`ri qoralanadi, chunki bu odat Yomonlik 
bilan kurashda insonning kuch-qudratini susaytiradi. Ovqatni kam iste'mol 
qilgan odam na din, na xo`jalik (qishloq xo`jaligi) ishlari, na farzand 
(ayniqsa o`g`il bolalar) ko`paytirish faoliyati bilan kerakli darajada 
shug`ullana olmaydi; insonlar sonini ko`paytirish ham muhim vazifa deb 
belgilangan, chunki farzandlar oila boyligini ko`paytiradi, Yaxshilik 
g`alabasiga ko`maklashadilar. Bu g`oyalarning ahamiyati hozirgi kunda 
ham juda muhimdir. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


22 
Bu din hozirgi Markaziy Osiyo, ayniqsa qadimgi Eronda keng 
tarqaldi, davlat diniga aylandi. M.a. VI-V asrlarda Doro I podsholigi yil-
larida Eronda, keyinchalik boshqa davlatlarda tarqaldi. Islom dinigacha 
bo`lgan davrda respublikamiz aholisining asosiy qismi bu dinga e'tiqod 
qilgan, uning ayrim qoldiqlari hali ham qayd etilib turadi (kelin-kuyovlarni 
olov atrofida aylantirish, vafot etganlarga chiroq yoqish va boshqalar). 
Qadimgi Xitoydagi iqtisodiy g`oyalar m.a. VI-III asrlarda shakllan-
gan. Bu mamlakatdagi dastlabki quldorlik davlatlari e.a. II ming yillikda 
paydo bo`lgan. Konfutsiylik g`oyasi muhimdir. Uning muallifi Konfutsiy 
yoki Kun-Szi (m.a. 551-478 yy.) "Lun yuy" to`plamida ("Suhbatlar va mu-
lohazalar") o`z g`oyalarini jamlagan. Olim kelajak rivojini o`tmishdan 
izlaydi. Shu davrda obro`si pasaygan zodagonlarning manfaatini himoya 
qiladi (bu g`oyalar keyinchalik Ken-Szi (m.a.312-289 yy.), Syun-Szi (313-
278 yy.) va boshqalar tomonidan davom ettirilgan). Yoshlarning qariya-
larga hurmati, ularga qarshi chiqmaslik g`oyasi asos qilib olingan. Davlat 
bu katta oila, podsho esa "xalqlar otasi"dir, boyliklar nisbatan tekis taqsim-
lanishi kerak, soliqlarni me'yorida saqlash, yer ishlarini yaxshi bajarish, 
hammani o`z vazifalarini bajonidil ato etishi za-rur deyiladi ("Xalqlar 
otasi" tushunchasining ibtidosiga e'tibor bering). 
Bu g`oyalar Xitoydagi muhim iqtisodiy o`zgarishlar davriga to`g`ri 
keladi. Temir qurollar tufayli dehqonchilik va hunarmandchilik rivoj topdi, 
tovar-pul munosabatlari o`sdi, savdo-sotiq kuchaydi. Sinfiy munosabatlar 
keskinlashdi. Shu sharoitda konfutsiylik ijtimoiy, axloq va huquq doirasida 
tabiiy huquq nazariyasini ilgari surdi. Mamlakatdagi aristokratiya va xalq 
o`rtasida vujudga kelgan quldorlik va xususiy mulk himoya qilinadi. 
Konfu-siy "buyuk jamoa mulki" (dehqonlar jamoasi) va xususiy egalik 
(quldorlar mulki)ni farqlaydi, so`nggisini ko`proq qo`llaydi. Jamiyatning 
turli qatlamlari xudo tomonidan belgilanganligini ta'kidlaydi va uni tabiiy 
hol, deydi. Boylikning manbayi mehnat bo`lib, hokimlar boyligi xalq 
boyligiga asoslanadi. U xalq hisobiga quldorlar boyligi ortishi tarafdori 
edi, xalqni ko`proq ishlab, kamroq iste'mol qilishga chaqirdi. 
Syun-Szi davlatning iqtisodiy jihatdan kuchayishi tarafdori edi, 
odamlarning boylikka intilishini qoralamagan (ular qonun asosida ish yu-
ritishsa bas). Ammo, inson bir vaqtning o`zida ko`p kasb egasi bo`la ol-
maydi, degan fikr paydo bo`ldi, ya'ni olim mehnat taqsimoti zarurligi 
g`oyasini ilgari suradi (bu juda muhimdir). Davlatning iqtisodiy siyosati 
uchta asosiy tamoyilga asoslanishi kerak: 
1. Harajatlarni iqtisod qilish, ya'ni tejab-tergab sarflash; 
2. Xalq to`qligini ta'minlash; 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


23 
3. Ortiqcha mahsulotlarni saqlash zarurligi. 
Yetarlicha ta'minot tamoyili insonning jamiyatdagi o`rniga bog`liq 
holda belgilangan (ya'ni sinfiylik tamoyili mavjud). Ekspluatatsiya qo`llab-
quvvatlanadi, jamiyatda hammaning o`z aniq joyi bo`lishi kerak, deyilgan, 
ya'ni hukmdor, tobe', ota, o`g`il. Boshqarish ma'lum qonun asosida emas, 
balki oddiy odat bo`yicha bo`lishi, og`ir soliq va majburiyatlar bo`lmasligi 
ta'kidlanadi. 
Miloddan avvalgi VI-III asrlarda legistlar (qonuniy degani) oqimi 
paydo bo`ldi, ular boshqarishni aniq qonunlar asosida (oddiy odatlarga qar-
shi) olib borish tarafdori edilar (namoyandalari Szi-Chap, Li-Kuy), 
markaziy davlat kuchli, mamlakat esa yagona birlashgan bo`lishini qo`llab-
quvvatlashgan. Legistlar (Shan Yan) ayniqsa qishloq xo`jaligi, dehqon-
chilik, donchilikni rivojlantirishga alohida e'tibor berishgan. Don masal-
asini hal etish bosh masala deb bilingan. Shan Yanning fikricha, davlat 
ravnaqi uchun ikki masalani hal etish zarur: don va urush (atrofdagi yer-
larni bosib olish). Dehqonlar ro`yxatini o`tkazish, qonun yo`li bilan 
yig`ilgan don miqdoriga bog`liq yagona soliq tizimini kiritish taklif etiladi. 
qonun yo`li bilan turli "ishyoqmaslar"ni "yerga qaytarish", ya'ni dehqon-
chilik bilan shug`ullanishga, ya'ni mehnat qilishga majbur etish siyosatini 
qo`llash kerak deganlar (Xitoydagi 1960 yillar davomida ro`y bergan ma-
daniy inqilob davrida shu siyosat amalga oshirildi). Undan tashqari qishloq 
xo`jaligi mahsulotlari bilan savdo qilishni qat'iy cheklash ham talab qilin-
gan (go`yoki savdogarlar bundan katta foyda olishlari mumkin). Savdogar-
lar savdoni tashlab, dehqonchilikka intilishlari kerak. Erkin sohibkorlik 
taqiqlangan, umumiy yer egaligi va javobgarlik joriy etilgan (m.a. 351 y.) 
"Guan-Szi" (m.a. IV a.) asarida ham xo`jalikni davlat tomonidan 
tartibga solishning tizimlari ancha mukammal bayon etilgan. Bunda legist-
lardan farqli, tovar-pul munosabatlarini cheklashga intilmasdan, bu mu-
nosabatlarni o`rganib, undan xo`jalikni barqarorlashtirishda ma'lum mex-
anizm sifatida foydalanish taklif etiladi. Xalq xo`jaligini barqaror saqlash 
uchun tovarlar baholarini ushlab turish g`oyasi ilgari suriladi. Davlat 
hokimi non, pul, metallni tartibga solish yo`lini qo`lida saqlasa, mamlakat 
rivoji nisbatan tekis boradi, deyilgan. Bu asarda ham agrar soha, ayniqsa 
donchilikka alohida urg`u berilgan. Agar legistlar hunarmandchilik, 
ayniqsa savdoni befoyda soha deb hisoblagan bo`lsalar, bu asarda esa 
o`sha sohalarga ham ijobiy baho berilgan. "Yerni boshqarish" uchun davlat 
yerning tabiiy xususiyatlarini yaxshi bilishi kerak. Yer maydonlari nisbatan 
tekis taqsimlanishi zarur, dehqonlarni ish qizigan davrda boshqa yumush-
larga jalb etmaslik, soliq tizimi sharoitiga qarab (yer unumiga bog`liq rav-
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


24 
ishda) bo`lishi taklif etilgan. Bu yerda gap Yer kadastrini tuzish to`g`risida 
boradi, ya'ni bu ishda hisob-kitob bo`lishi qayd etiladi. Asarda yer va suv 
(tog` va dengiz) larni davlat ixtiyoriga o`tkazish va ulardan daromad 
yo`lida foydalanish, baholarni tartibga solish yo`li va boshqa ko`p-gina 
iqtisodiy g`oyalar ilgari suriladi. Bu g`oyalar amalda ham qo`llanildi va 
yaxshi samara berdi. 
Qadimgi Xitoy ijtimoiy hayotida daosizm (aynan - yo`l) g`oyalari 
alohida o`rinni egallaydi, uning asoschisi Lao-Szi bo`lib, Konfutsiy 
davrida yashab, ijod etgan (e.a. IV-III asrlar). U taqiqlovchi qonunlarga 
amal qilmaslikni taklif etdi, qonunlar ko`pligi tufayli "xalq kam-
bag`allashmoqda", degan edi u. Daosizm g`oyalari konfutsiylikka qarama-
qarshi bo`lib, insoniyat avvalgi majburiyatlaridan voz kechishi, oddiy 
tabiiy hayotga qaytishi kerak, degan fikrni ilgari suradi. Bu g`oyaga ko`ra 
inson ibtidoiy davrga qaytishi, yangi mehnat qurollaridan foydalanmasligi 
kerak. Ko`rinib turibdiki, unda reaksionlik elementlari bor, ammo bu 
g`oyada xalq ommasining noroziligi ham aks etgan, chunki sivilizatsiya 
yutuqlari ekspluatatsiya manfaatlariga ham xizmat qilayotgan edi. Bunda 
kurashdan voz kechish, davlatning xalq hayotiga aralashuvini inkor etish 
fikrlari ustun kelgan. 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin