Iqtisodiy talimot doc


V.Petti - Angliya klassik iqtisodiy maktabining asoschisi



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/150
tarix26.07.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#137611
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   150
6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

 
6.2. V.Petti - Angliya klassik iqtisodiy maktabining asoschisi 
Umumiy bahoga ko`ra, klassik maktab XVII asr oxiri - XVIII asr 
boshlarida V.Petti (Angliya) va P.Buagilber (Fransiya) asarlarida yaratildi. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


115 
Vilyam 
Petti
(1623-1687yy.) 
Romsi 
shahrida tug`ilgan, Angliya klassik iqtisodiy 
maktabining asoschisidir. Ko`pchilik bu olimning 
iqtisodiyot fani sohasidagi faoliyatiga yuksak 
baho berib, uni buyuk va takrorlanmas iqtisodchi-
tadqiqotchi 
deb 
baholagan 
edi. 
V.Petti 
favqulodda har tomonlama va yuksak bilimli 
inson bo`lgan. U mayda hunarmand-matochi 
oilasida tug`ildi. Leyden, Parij va Oksford 
universitetlarida tibbiyot sohasida tahsil ko`rdi. U 
juda keng qobiliyatli talaba bo`lgan, 1647 yilda 
nusxa ko`chiradigan mashinani (kseroks) ixtiro 
qildi, 1649 yilda fizika doktori ilmiy darajasiga ega bo`ldi. U dengizchi, 
vrach sifatida ham ishladi. Petti shu bilan birga yirik yer egasi ham edi, u 
yirik ingliz lendlordlar (yirik yer egasi) sulolasining asoschisi bo`lib qoldi. 
1652 yilda Kromvel' hukumatining topshirigiga ko`ra Irlandiyaning "yer 
obzori" (kadastri)ni o`tkazdi. U XVII asrdagi Angliya burjuaziya 
inqiloblaridan keyin kuchaygan ingliz tadbirkorlar mafkurachisi sifatida 
tanildi. 
U tadbirkorlar mulkini, ya'ni xususiy mulkni "muqaddas" va 
"dahlsiz" deb bildi va uni turlicha yo`llar bilan himoya qildi. Ish haqini 
cheklash tarafdori sifatida ishchilarga fizik jihatdan minimum haq to`lash 
va shu bilan birga yangi sinfning boyishiga yordam berishni qo`lladi. U 
mehnatning kapital tomonidan ekspluatatsiyasini yoqlab chiqdi. Xuddi 
shuningdek, Angliyaning mustamlakachilik siyosatini ham qonuniy deb 
hisobladi. V.Petti kapitalga soliq solishga qarshi edi, chunki bu ishlab 
chiqarishni cheklashi mumkin edi. Shu bilan birga u mehnatkashlarning 
daromadlaridan soliq olish tarafdori edi. U iqtisodiy muammolarga 
bag`ishlangan "Soliqlar va yig`imlar to`g`risida risola" (1662y.), "So`z 
donishmandlarga" (1665y.), "Irlandiyaning siyosiy anatomiyasi" (1672y.), 
"Siyosiy arifmetika" (1683y.) va boshqa shu kabi asarlarni yozdi. 
V.Petti XVII asrdagi eng taniqli shaxslar qatoridan o`rin oladi 
(Mak-Kulloxning 1845 yilda bergan bahosi). U iqtisodiyotni o`rganishda 
yangi usulni qo`lladi, ko`rinib turgan voqealarni sharhlashdan ularning 
mohiyatini tahlil etishga o`tdi. V.Petti tadqiqot predmeti sifatida ishlab 
chiqarish sohasi muammolarini tahlil etishdir. Uning fikricha, boylik paydo 
bo`lishi va ko`payishi faqat moddiy ne'matlar yaratish sohasida ro`y beradi, 
bu jarayon savdo va savdo kapitalining hech qanday ishtirokisiz bo`ladi. 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin