217
UCHINCHI QISM
KLASSIK MAKTABGA ALTERNATIV TA'LIMOTLAR
“Holva degan bilan og`iz chuchimaydi”.
Maqol.
11-BOB. KLASSIK IQTISODIY MAKTABGA MUXOLIF
IQTISODIY FOYALARNING VUJUDGA KELISHI
11.1. XIX asrning birinchi yarimida islohotchilik
ilmiy konsepsiyalarining shakillanishi
XVIII-XIX asr boshlaridagi sanoat to`ntarishi katta ijtimoiy-
iqtisodiy o`zgarishlarga olib kelish bilan birga, A. Smit ta'limotini turlicha
tanqid qiluvchi nazariy maktablarni shakillanishiga yetarli zamin
tayyorladi. Bu nazariy maktablar umuman
klassik iqtisodiy maktabga
muxolif bo`lib uch asosiy yo`nalishda: iqtisodiy romantizm, xayoliy
sotsiolizm, nemis tarixiy maktabi (ijtimoiy-tarixiy) yo`nalishida rivojlandi.
Bularning asosiy vakillari klassik iqtisodiy maktabga qarshi chiqish bilan
birga ulardan o`zgacha jamiyatning nisbatan
ideal ijtimoiy-iqtisodiy
tuzilish modelini taklif qildilar.
Darslikning shu va keyingi boblarida klassik iqtisodiy maktabga
qarama-qarshi g`oyalarning ba'zilari bilan yaqindan tanishamiz.
Kapitalistik rivojlanishdan orqada qolgan va mayda tovar ishlab
chiqarish ustun bo`lgan sharoitda sanoat to`ntarishi davriga kirayotgan
mamlakatlarda bu tuzumni tanqid qilib, unga mayda ishlab chiqaruvchilar
manfaatini nisbatan bergan iqtisodchilarni paydo bo`lishi tabiiy bir hol edi.
Mayda ishlab chiqaruvchilar nazaryotchilar klassik iqtisodiy maktabga
ham, xayoliy-sotsialistlarga ham bab-barovar teng qarshi turuvchi iqtisodiy
ta'limotni ilgari surishga intildilar. Ular kapitalistik
jamiyatning mayda
tovar ishlab chiqarishni saqib chiqarish yollanma mehnatni kengaytirish
bilan bog`liq bo`lgan ko`pgina belgilarini tanqid qilib, xususiy
mulkchilikni sohibkorlik erkinligini yoqlab chiqadilar.
XIX asrning birinchi choragida iqtisodiy ta'limotlarda shuningdek,
ilk bor ishchilar sinfining ahvoli asosiy muammo qilib ajratib ko`rsatila
boshlandi. Chunki, aynan mana shu davrdan
boshlab sanoat ishchilarga
rasman shakllandi va ularga xos muammolar ko`zga tashlana boshlagan
edi.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
218
Mayda ishlab chiqarish nazariyotchilari "iqtisodiy romantizm" ga
xos islohotchilik harakatlarini targ`ib qilib, o`z rivojida bir necha bosqichni
bosib o`tdi. Agar birinchi bosqichni vakili hali kapitalizmdan voz
kechishni orzu qilgan, uni cheklab qo`yishga
intilgan ishchilarning
kullafatlari xususida astoydil ko`z yoshi qilgan bo`lsa, ikkinchi bosqich
maktabi vakili esa kapitalizmni isloh qilish loyihasini ilgari surib "kichik
kapitalizm" ni saqlab qolish tarafdori edi. Lekin shuni alohida ta'kidlash
zarurki, markscha-lenincha ta'limotdan farq qilib, ya'ni "inqilobga qarshi"
deb atalgan yo`nalishdan yuz o`girib, "Iqtisodiy ta'limotlar tarixi" alohida
yo`nalish hisoblangan islohotchilikka xos bu maktab vakillari ijodini,
ta'limotlari o`rganish nithoyatda zarurdir. Chunki,
ilmiy maktab vakillari
o`z davrlarida klassik iqtisodiy maktab vakillarini tanqid qilib, xayoliy
soialistlar
g`oyalariga
qarshi
kurashdilar,
marksizm
ta'limoti
ommalashuviga qarshilik qilishga urindilar.
Biz ushbu bobda mana shu maktabning asosiy vakillari S.Sismondi,
P.Prudon, K.Rodbertusning iqtisodiy ta'limotlariga xos xususiyatlar
ularning uslubiyati bilan yaqindan tanishamiz. Bu olimlar qoldirgan ilmiy
meros ma'lum darajada uzoq davr davomida
turli mamlakatlardagi
iqtisodiy qarashlarning shakllanishiga katta ta'sir o`tkazib keldi.
Dostları ilə paylaş: