Iqtisodiy talimot doc


Marksizm vujudga kelishining tarixiy shart-sharoitlari



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/150
tarix26.07.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#137611
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   150
6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

12.4. Marksizm vujudga kelishining tarixiy shart-sharoitlari 
XIX asrning o`rtalarida iqtisodiy ta'limotlar tarixida yangi bir 
yo`nalish - marksizm vujudga keldi. K.Marksning nomi ko`pchilikda in-
qiloblar bilan bir deb qaraladi. Haqiqatdan ham bu fikrda jon bor, chunki u 
F.Engel's bilan birgalikda proletariatning kapitalizmga qarshi kurashi za-
rurligini isbotlovchi nazariyaga asos soldi, buni tasodifiy hol deyish qiyin, 
chunki shu davrda kapitalistik xo`jalik rivoji, sanoat to`ntarilishining ayrim 
(Angliya va G’arbiy Yevropa) mamlakatlarda nihoyasiga yetganligi, 
sanoatning iqtisodiyotda yetakchi rolni egallashi, ishchilar sinfining jami-
yatdagi mavqeining keskin oshganligi, kapitalistik jamiyatning feodal-
izmdan ustunligi namoyon bo`lishi bilan birga uning bir qancha illatlari 
ham mavjudligi (ishsizlik, ish vaqtining uzunligi, maoshning kamligi, iqti-
sodiy inqirozlar, mulkiy va sinfiy tabaqalashuvning tobora kuchayishi, 
mustamlakachilik va boshqalar) prinsipial yangi ta'limot paydo bo`lishiga 
asos bo`ldi. O`z davrida burjua olimlari deb atalgan tadqiqotchilar (Sis-
mondi, Prudon, qisman Smit, Rikardo), xayoliy sotsialistlar va boshqalar 
kapitalistik tizimning bir qancha negativ tomonlarini ochib bergan edilar. 
Ana shu illatlar bu davrda keskin kuchaydi, mehnat va kapital, ishchilar va 
sohibkorlar o`rtasidagi qarama-qarshilik tobora ortib bordi. 1831-34 yillar 
Fransiyada Lion to`quvchilari, 30-40 yillarda Angliyadagi vuddistlar va 
chartistlar harakati ishchilar sinfining mustaqil sinf sifatidagi chiqishlari 
edi. 1844 yilda Sileziya to`quvchilarining qo`zg`oloni Germaniyadagi in-
qilobiy harakat darakchisi bo`ldi. 1848 yilda burjua inqilobi tufayli mark-
sizmning vujudga kelish jarayoni yanada kuchaydi. Avvalgi davrdagi iqti-
sodiy talablar asta-sekin siyosiy tus ola boshladi. 
Vujudga kelgan siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sharoit va avvalgi 
davrdagi bir qancha iqtisodiy g`oyalar asosida, birinchi navbatda klassik 
iqtisodiy maktab, utopik sotsializm ta'limotlari tufayli marksizm 
shakllandi. Kapitalistik tuzum, hozirgi davr tili bilan aytganda bozor iqti-
sodining bekamu ko`st emasligi, uning ijobiy tomonlari bilan birga hal etil-
ishi shart bo`lgan muammolarining ham mavjudligi yangi iqtisodiy ta'limot 
paydo bo`lishiga turtki bo`ldi. 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin