272
va ayollar mehnatini davlat
tomonidan tartibga solish, ishchilarni kasallik
va baxtsiz xodisalardan sug`urta qilish, qarilik va mehnat layoqatlarini
yo`qotgan chog`ida nafaqa to`lash kabi islohotchilik g`oyalari sotsial-
demokratlar orasida ham keng yoyildi.
Germaniyada Luno Brentano ham asosiy nazariyotchilardan
hisoblanib, "Yangi tarixiy maktab" ning liberal qanotiga boshchilik qildi.
O`zining "Klassik siyosiy iqtisod" (1888y.), "Tarixda ahloq-odob va xalq
xo`jaligi"(1894y.) nomli asosiy asarlari bilan
iqtisodiy fan taraqqiyotiga
katta xissa qo`shdi. L.Brentano G.Shmoller kabi iqtisodiyotda ahloq va
huquq omillari belgilovchi rol o`ynaydi deb hisoblab ishlab chiqarish va
uning tabiiy va ijtimoiy jihatlariga e'tibor bermaydi. U ayriboshlash
konsepsiyasining
tarafdori
bo`lib
realizitsiya
va
ayriboshlash
sharoitlarining o`zgarishi xo`jalik turmushida va ishlab chiqarish
shakllarida belgilovchi ahamiyatga ega bo`ladi deb hisoblaydi.
L.Brentano liberal kapitalistlarning manfaatlarini ifoda-lab,
nemis
ishchilar sifining inqilobiy-siyosiy chiqishlariga qarshi edi. U o`zining
liberal "ijtimoiy inoqlik" deb nomlangan islohotlar dasturida ingliz
tredyunionlari (kasaba uyushmalari) tajribalaridan keng foydalanishni
taklif qiladi. Jumladan, kasaba uyushmalari fabrika qonunlari yordamida
ishchilar o`rtaga tashlagan talablarni qondirishda foydalanish bilan birga
uy joy qurilishi va matlubot kooperatsiyalarida
ham turli masalalarni hal
etishda keng foydalanishlari zarur deb hisoblaydi.
L.Brentano ham davlat sotsializmi g`oyalarini o`z holicha talqin
qilib toboro keng tus olayotgan ishchilar harakatlarini ma'lum darajada
jilovlashga harakat qilar edi.
Lekin Brentano timsolida Yangi tarixiy maktab o`zining yuksak
cho`qqilariga ham hali yetgani yo`q edi. Uning ijtimoiy to`qnashuvlarning
oldini olishga qaratilgan "sinfiy inoqlik" nazariyasi islohotchilik oqimidagi
ijtimoiy maktablar, institutsionalizm yo`nalishi uchun aosiy manba rolini
o`ynadi, xolos.
G.Shmollerning shogirdi Verner
Zombart ham Yangi tarixiy
maktabning asosiy vakillaridan edi. Berlin universitetining professori
Zombart o`zining K.Marksga yaqinligini ko`rsatish maqsadida "Hozirgi
zamon kapitalizmi" kitobida "Meni Shmollerdan K.Marks ajratib turadi",
deb yozgan edi. U K.Marksning olimligini uning revolutsionligidan
ajratishga urinib, marksizm asoschisi ta'limotidagi mana shu ikki negizning
bir-biriga zidligi to`g`risidagi fikrni ko`tarib chiqdi. Shuningdek, markscha
siyosiy iqtisodning iqtisodiy kategoriyalarini haqiqiy mazmundan mahrum
etib, o`z holicha ta'rifladi. Chunonchi, qiymatning mehnat nazariyasi
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
273
"ishning g`oyasi" deb e'lon qilindi va fikran mantiqiy bir ishdan iborat deb
ko`rsatildi. Zombart ishlab chiqarishning uch omili xususidagi
nazariyaning tarafdori bo`lib (kapital, mehnat, yer),
antagonistik
ziddiyatlar va iqtisodiy inqirozlarning muqarrarligini inkor etdi. U o`z
asarida ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar to`g`risidagi ta'limotni va ayniqsa
proletariat diktaturasi nazariyasini inkor qildi. Marksizm nazariyasiga
Zombart sotsial pluralizm (lotincha pluralis - ko`pfikrlilik) deb atalgan
konsepsiyani qarama-qarshi qo`ydi. U jamiyatning taraqqiyoti sotsializm
sari borayotgani yo`q, balki xo`jalikning ko`pgina eski va yangi shakllarini
o`z ichiga oladigan murakkab iqtisodiy sistema sari boryapti, deb ko`rsatdi.
So-sial pluralizm konsepsiyasi Zombartning fikricha,
jamiyat haqiqiy
taraqqiyotga mos ravishda kapitalizm hayotining mustahkamligi va uzoq
davom etishini isbotlashi kerak edi.
Zombartning iqtisodiy qarashlari bora-bora reaksion tus olib ketdi.
I Jahon urushi yillarida u ochiqdan-ochiq militarizm va shovinizm
tomonidan turib, Germaniya imperializmining mafkurachisiga aylandi.
Uning asarlari esa nemis fashizmi mafkurasining shakllanishiga
ko`maklashdi. Ayniqsa, "Nemis sotsializmi" (1934) kitobida Zombart
gitlerizmni oshkora maktab yozdi, fashizmning
inson zotiga nafratdan
iborat doktrinasi barcha bandlari bilan birdam ekanligini bildirdi. Uning
fashizmga yaqinligi Yangi tarixiy maktab vakillari orasida yagona jiddiy
kamchilik edi.
Maks Veber har tomonlama ma'lumotli va
ko`pqirrali olim edi. U falsafa, tarix, sotsiologiya va
iqtisodiyot fanlarining rivojiga katta hissa qo`shdi.
Uning ijodida tarixiy maktab o`zining eng yuqori
pog`onasiga
ko`tarildi.
M.Veber
hammadan
ko`proq darajada noto`g`ri fikrga asoslangan
millatchilik va bir taraflama "tarixiy usul"dan
ozoddir. Uning ijodida hech qanday qiyinchiliksiz
xalqlarning
iqtisodiy
hayotining
rivojlanish
ykllaridagi
qiyinchiliklarni
yengib,
milliy
xususiyatlar va an'analar
orqali konkret tarixiy
sharoitlar, milliy xarakterlar va ularning madaniyati qandaydir umumiy
qonun asosida belgilanadi, degan fikrni ko`rish mumkin. O`zining
dastlabki asarlarida M.Veber tarixiy fanlarga faqat bayonchilik yetarli
emasligini ko`rsatdi. U yuksak benuqson tiplar konsepsiyasini ilgari surdi.
Yuksak va benuqson tip - bu o`z mohiyatiga ko`ra olim shakllantirgan
konkret faktlar va u yoki bu xalqning tarixiy rivojlanish jarayonlarini
Dostları ilə paylaş: