Iqtisodiy talimot doc


 Yangi tarixiy maktab va "ijtimoiy yo`nalish"



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/150
tarix26.07.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#137611
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   150
6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

13.4. Yangi tarixiy maktab va "ijtimoiy yo`nalish" 
XIX-asrning ikkinchi yarmida ham Germaniyada iqtisodiyot fani 
tarixiy usul asosida rivojlanmoqda edi. Nemis iqtisodchilari bundan 
avvalgi davrda iqtisodiy adabiyotda vujudga kelgan an'analarni davom 
ettirib, kuchaytirdilar. Ular Germaniya ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining 
o`ziga xosligini aks ettirib, feodalizm sarqitlarining uzoq vaqtdan beri 
saqlanib kelayotganligini keskin tanqid qildilar. Shu davr Germaniya 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


271 
iqtisodiy tadqiqotlarida Yangi tarixiy maktab yetakchi o`rinlardan birini 
egallar edi. Ushbu maktabning yetakchi olimlari, Gustav Shmoller (1838-
1917) bo`lsa, Lun Brentano (1844-1931), Verner Zombart (1863-1941), 
Maks Veber (1864-1921) o`zlarining ijtimoiy yo`nalishlari bilan "Yangi 
tarixiy maktab" ning ilmiy ishlarini davom ettirdilar edilar.
 
Berlin 
universiteti 
professori 
Gustav 
Shmoller
o`zining "Xalq xo`jaligi to`g`risidagi 
umumiy ma'lumot asoslari" (1900-1904) nomli asosiy 
iqtisodiy asarida tarixiy maktabning asosiy vakillari 
V.Rosher va B.Gil'debrandning asosiy qoidalari va 
usullarini 
yanada 
rivojlantirdi. 
Bu 
iqtisodiy 
amaliyotdan uch xil faoliyat turini: xususiy xo`jalik, 
davlat xo`jaligi va diniy xo`jalikni alohida ajratib 
ko`rsatadi. Birinchisida xususiy manfaat, ikkinchisida 
jamiyat, ijtimoiy manfaat va uchinchisida xayr-ehson 
asosiy deb belgilanadi. Umuman, G.Shmollerning qarashlariga davlatning 
belgilovchilik, yetakchilik rolini ko`rsatish xosdir. G.Shmoller marksizmga 
qarshi kurashib, ijtimoiy va sinfiy muammolarni siyosiy iqtisoddan 
chiqarib tashlab, uni xalq xo`jaligi tarixi faniga aylantirishga urindi. U 
faktlarni va statistika manbalarini o`rganish, xalq xo`jaligidagi xodisalarni 
bayon etib berishni siyosiy iqtisodning bosh vazifasi deb hisoblaydi. 
G.Shmoller umuman xalq xo`jaligi o`zgarishsiz qolaveradi. degan 
fikrga asoslanib, uning ayrim bo`g`inlarida juz'iy o`zgarishlar bo`lishi 
haqidagina gapirish mumkin, deb hisoblaydi. Tadqiqotlarning qat'iyan rad 
etilayotgan abstrakt usuliga qarama-qarshi qo`yilgan empirizm (nazariy 
mashg`ulotlardan ko`ra amaliy faoliyatga ko`proq moyillik) olim va uning 
izdoshlariga xos xususiyat edi. 
G.Shmoller iqtisodiyotda odob-huquq omilini belgilovchi omil deb 
hisoblab, har bir xalqning hayot tarzi odob qoidalarida, xo`jalik huquqida 
o`zining asosiy ifodasini topadi, deb ta'kidlaydi. Yangi tarixiy maktab 
iqtisodchilari xo`jalik turmushida burjua-pomeshchik davlati hal qiluvchi 
rol o`ynaydi deb bilar edilar. Ular Germaniyada kuchli milliy davlat tashkil 
etilishi tarafdori edilar. 
Yangi tarixiy maktabning namoyandalari "Sinfiy inoqlik" 
g`oyalarini ishlab chiqib, targ`ib qildilar. G.Shmoller tomonidan tuzilgan 
"Ijtimoiy siyosat uyushmasi"nng faoliyati shu maqsadga xizmat qilar edi. 
Uning yetakchi nazariyotchilari universitet professorlari bo`lib, ularning 
dasturlari "kafedr-sotsializm" (kafedradagi sotsializm) deb atalar edi. 
Ushbu dasturdagi boshlang`ich ta'limni majburiy kiritish, bolalar, o`smirlar 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin