264
tadqiqotchilar sifatida ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni turli xillarini
ijtimoiy munosabatlarning umumiy yig`inida ko`rib chiqdilar
Barcha tarixiy maktablarning mualliflari klassiklarni tanqid qilishda
bir fikrda edilar. Ular klassiklar abstraksiya va umumiy xulosalarga berilib
kerakli fakt va kuzatishlarga e'tiborsiz qarashayotganliklarini,
shuningdek
iqtisodiy liberalizm negizlarini mutlaq holda ko`rsatayotganliklarini tanqid
qilib voqelik haqqoniy tadqiq qilish maqsadga muvofiqdir deb
hisoblaydilar.
Taniqli ingliz iqtisodchi olim Mark Blaug XIX asrning 60-yillarida
Yevropa
qit'asida
klassik
iqtisodiy
maktabga
muqobil
nazariy
maktablarning shakllanishini ta'minlaydigan haqiqiy intelektual inqiroz
sezilmasdan turib, yagona tarixiy maktabgina o`zining
muqobil modelini
taklif qilganini alohida ta'kidlaydi (
Влауг
М
.
Экономическая
мысль
рет
-
роспектив
.
Дело
ЛТД
,1994,
стр
, 275). Hqiqatdan ham tarixiy maktab
nazariyotchilari XIX asr Germaniyasi taraqqiyotiga va ilm-fan rivojiga
salmoqli hissa qo`shdilar. "Tarixiy usul"
jozibasi keyingi avlod
iqtisodchilari tomonidan Yangi tarixiy maktabning yaratilishiga sabab
bo`ldi.
Lekin yangi davr albatta yangicha talablarni qo`yar edi. Bu
talablarni F.List va keyinchalik tarixiy maktab vakillari hal etishga harakat
qildilar. F.List o`z qarashlari bilan nafaqat iqtisodiy nazariyani
rivojlantirishga intildi, balki endi rivojlanayotgan
davlatning iqtisodiiy
siyosatini tubdan o`zgartirishga harakat qildi. Uning milliy xo`jalik
sistemasi ilg`or nemis burjuaziyasi manfaatlarini ifoda etib, industrial
rivojlanish yo`llarini izladi.
Milliy qalb, milliy xarakter, milliy taqdir - shu va shunga o`xshash
tushunchalar XVIII asr oxiri va XIX
asr boshlarida Germaniya
jamoatchiligi fikriga singib kirmoqda edi. Tarixiy maktab vakillari tarixdan
bo`lak yana nima milliy bo`lishi mumkin, degan fikrlarga asoslanib siyosiy
iqtisoddan tarixiy usul o`rnini ko`rsatishga harakat qildilar. Ular milliy fan
sifatida siyosiy iqtisod orqali tabiiy xususiyatlarga va xalq harakatlariga
bog`liq holda rivojlanadigan milliy xo`jalikni o`rganishni o`z oldilariga
maqsad qilib qo`ydilar.
Dostları ilə paylaş: