14.2. Avstriya maktabi. Subyektiv - psixologik yo`nalish
XIX
asrning
70-yillarida
iqtisodiy
ta'limotlarning nufuzli maktablaridan biri bo`lgan
Avstriya maktabi vujudga keldi. Avstriya maktabini
subektiv yoki subyektiv-psixologik maktab deb ham
ataydilar. Uning mafkurachilari qo`llagan usul
munosabati bilan unga mana shunday nom berilgan.
70-yillarda
Avstriya
maktabining
asoschisi
K.Menger (1840-1921) bu g`oyani rivojlantirib, uni
subektiv-psixologik maktabning asosiy nazariyasiga
aylantirdi. Yevgeniy Byom-Baverk (1851-1914),
Fridrix Vizer (1851-1926) va boshqalar ham shu nazariyani ishlab chiqdi-
lar. Avstriya maktabining konsepsiyalari K.Mengerning "Siyosiy iqtisod
asoslari" (1871), F.Vizerning "Xo`jalik boyligining kelib chiqishi va aso-
siy qonunlari to`g`risida" (1884), Ye.Byom-Baverkning "Kapital va foyda"
(1884-89),
"Xo`jalik
ne'matlari
boyligi
nazariyasining asoslari" (1886), "K.Marks nazariyasi
va uning tanqidi" (1896) va boshqa asarlarida bayon
etilgan, Avstriya maktabining ta'limoti Angliya,
Germaniya, AQSH va Rossiyada hamda boshqa
mamlakatlarda yoyildi. Bu ta'limot iqtisodiyot
fanining shundan keyingi rivojiga katta ta'sir
o`tkazdi.
Avstriya
maktabi
iqtisodchilarining
asarlarida avvalo siyosiy iqtisod predmeti, uning
E.Bem-Baverk
K. Menger
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
281
uslubiy negizlari va tadqiqot usuli to`g`risidagi ta'limot yanada kengay-
tirildi. Menger va uning tarafdorlari ishlab chiqarish munosabatlarini, ish-
lab chiqarishning rivojini tartibga soluvchi iqtisodiy qonunlarni siyosiy
iqtisod predmetiga kiritmas edilar. Ularning konsepsiyasiga ko`ra siyosiy
iqtisod xo`jalik subyekti tajribasining butun xilma-xilligi bilan uni idrok
etishni o`rganishi lozim edi. Byom-Baverkning da'vo qilishicha, siyosiy
iqtisod subyekt hislarida iqtisodiy xodisalarni izohlaydigan ildizlarni
izlashi kerak. Alohida xo`jalik tadqiqot obyekti qilib olinar va shu xo`jalik
jamiyatning eng oddiy tipik elementi deb talqin qilinar edi. Jamiyatdan
mutlaqo ajralgan shaxs - Robinzon xo`jaligi mana shunday xo`jalikning
oliy maqsadi deb atalardi (D.Defoning asarini eslang). Avstriya maktabi
kapitalistik xo`jalikni mana shunday eng oddiy elementlarning mexanik
yig`indisi deb talqin etardi. Umuman, iqtisodiyot qonunlarini o`rganish
uchun alohida olingan bir xo`jalik (firma, korxona) misolida shu
qonunlarni ko`rib chiqish yetarli deb hisoblanardi (mikroiqtisodiyot).
Tadqiqotning bu usuli Robinzonada usuli degan nom oldi. Shu usul
yordamida siyosiy iqtisoddan ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlari
chiqarib tashlandi, iqtisodiy kategoriyalarning ijtimoiy-sinfiy mazmuni ku-
chaytirildi, ijtimoiy ishlab chiqarishning roli soddalashtirildi. Robinzonada
usuli asosida siyosiy iqtisod tarixiy va sinfiy muayyanlikdan mahrum
bo`lar, unda individuallik keng targ`ib qilinardi. Ayirboshlash konsepsi-
yasining tarafdorlari bo`lgan Avstriya maktablarining iqtisodchilari iqtiso-
diy masalalarni faqat bozor munosabatlaridan, ya'ni ayirboshlash munosa-
batlaridan iborat qilib qo`ydilar. Robinzonada usuli madhiyabozlik tusida
edi. U ochiqdan-ochiq subyektiv psixologik bo`lishiga qaramay, iqtisodi-
yot fanining bisotiga kirdi va keng yoyildi. Avstriya maktabining nazari-
yotchilari kapitalizmni faqat bozor munosabatlari bilangina bog`langan
yakkaxo`jaliklarning mexanik yig`indisi deb tasvirlab, mehnatning rolini
inkor etdilar va kapitalistik ekspluatatsiyani niqobladilar. Ular iqtisodiy
jarayonni va uning omillarini subyektiv idealistik tarzda izohladilar.
Xo`jalik yurituvchi subektlarning psixologiyasi bu jarayonning asosi deb
hisobladilar. Avstriya maktabining namoyandalari ijtimoiy ishlab chiqarish
taraqqiyotining obyektiv xarakterini va unga xos qonunlarni inkor etib,
xo`jalik turmushida iqtisodiyotni rivojlantirishda xo`jalik yurituvchi
subyektlarning faoliyatini belgilaydigan psixologik sabablar hal qiluvchi
rol o`ynaydi, deb da'vo qildilar. Iqtisodiy jarayonlarni mana shunday
subyektiv-psixologik talqin etish Avstriya maktabi metodologiyasining
asosini tashkil qildi.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
282
Avstriya maktabining nazariyotchilari siyosiy iqtisodni ishlab
chiqarishni o`rganishdan "xalos" etib, iste'molni birinchi o`ringa qo`ydilar.
Ular individlarning moddiy ne'matlarni iste'mol qilishi xo`jalik faoliyatini
tashkil etuvchi asosiy omil deb da'vo qilishdi.
Subyektivizm va individualizm mehnatning va ijtimoiy ishlab
chiqarishning ishlab chiqarish munosabatlarining rolini hamda ijtimoiy
ziddiyatlar va sinfiy kurashni inkor etishga hamda soxtalashtirishga
asoslangan. Bu qoidalarning tigi marksizmning ilmiy metodologiyasiga
iqtisodiy ta'limotiga qarshi qaratilgan edi.
Avstriya maktabining namoyandalari va avvalo Byom-Baverk qiy-
matning mehnat nazariyasini K.Marks ta'limotining ilk negizi deb bilib,
shu nazariyadagi qo`shimcha qiymat ta'limotiga xuruj qilib, "Kapital"ning
birinchi va uchinchi tomlari o`rtasida ziddiyat borligini isbotlashga urindi-
lar (bu haqda oldingi mavzuda aytib o`tilgan edi).
Qadriyat (qimmat) nazariyasi Avstriya maktabining konsepsiya-
larida markaziy o`rinni oldi. Bu nazariya "eng yuqori foydalilik" nomini
oldi. Siyosiy iqtisodda qabul qilingan "tovar" va "qiymat" kategoriyalari
ijtimoiy mazmundan mahrum bo`lgan ne'mat va qadriyat tushunchalari bi-
lan almashtirildi. K.Menger, Ye.Byom-Baverk va boshqalar qiymat - ijti-
moiy zarur mehnatning ifodasi, mehnat esa uning birdan-bir manbayi
ekanligi to`g`risidagi qoidani noto`g`ri deb e'lon qildilar. Ular qiymat kate-
goriyasini subektiv mazmun bilan to`ldirdilar. Uning ustun omili sifatida
iste'mol qiymati yoki moddiy ne'matlarning foydaliligi qabul etildi. Byom-
Baverkning fikricha, Avstriya maktabi iste'mol qiymatiga murojaat etish
orqali qadriyatni "lozim bo`lgan daraxtdan ildizning o`zidan" tahlil eta
boshladi.
Haqiqatda ham, Avstriya maktabi qiymatning yangicha ta'rifini ish-
lab chiqish yo`lidan bordi. qiymat iste'mol qiymati bilan belgilanishi mum-
kin emasligi to`g`risidagi fikrni siyosiy iqtisodning klassiklariyoq o`rtaga
tashlagan edilar. Lekin qariyib 200 yil davomida iqtisodiyot fanida bu
g`oya yetakchi bo`lishi va shunga qaramay, Avstriya maktabi foydalilikda
zo`r berib qadriyatning subyektiv nazariyasini yaratdi. Foydalilik deganda
Byom-Baverk moddiy ne'matlarning umumiy xususiyatini tushunar edi. Bu
xususiyat moddiy ne'matlarning shaxslar farovonligiga ehtiyojlarning qon-
dirilishiga munosabati bilan belgilanadi, deb hisoblar edi. qiymat qimmat
va qadriyat tushunchasi bilan almashtiriladi.
Qadriyatning vujudga kelishi mehnatdan va ishlab chiqarishdan
ajratib talqin etilar edi. Ne'matning foydaliligi uning asosi deb
hisoblanardi. Byom-Baverk foydalilikning ikki turini: oddiy (mavhum) va
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
283
malakali (aniq) turini bir-biridan farq qilardi. Mavhum foydalilik mo`l-ko`l
bo`lgan moddiy ne'matlarga xos bo`lgan umuman foydalilik deb ta'riflanar
edi. Bu holatda ne'mat birligining foydaliligi 0 dan iborat deb hisoblanardi
(daryo yenida suv, havo va boshqalar). Zahiralari cheklangan ne'mat
malakali foydalilik deb ta'riflanar, bu ne'matlarning hatto birlik hajmida
kamayishi ham shaxsning farovonligiga ta'sir qiladi, deb uqtirilardi. Foy-
dalilikning bunday bo`linishi moddiy ne'matlar qadriyatining vujudga
kelishi bilan bog`liq qilib qo`yilar edi. Hamma ne'matlar emas, balki
miqdori cheklangan ne'matlarnigina Avstriya maktabining iqtisodchilari
qadriyatga ega bo`ladi, deb hisoblashardi. Ularning nazarida mana shu
qadriyatlargina ayirboshlanishi mumkin edi. Byom-Baverkning fikricha,
qadriyatning vujudga kelishi uchun noyob foydalilik bilan birga qo`shilishi
zarur, ammo mutlaq noyoblik emas, balki mazkur turdagi buyumlarga
bo`lgan mavjud ehtiyojning miqyosiga qiyosan "nisbiy" noyoblik nazarda
tutilardi.
qadriyatning hosil bo`lishida Byom-Baverk ikki bosqichni alo-hida
ko`rsatdi, birinchi bosqichni u subyektiv qadriyatning hosil bo`lishi bilan
bog`ladi, bunda u ne'matning shaxs ehtiyojlarini qondirishda qanday rol
o`ynashiga qarab, shu subekt ne'matga beradigan shaxsiy baho nazarda tu-
tilar edi. Agar foydalilik mavhum bo`lsa, u holda ne'mat baho olmaydi va
uning subektiv qadriyati 0 ga teng bo`ladi. Sersuv buloq yonida turgan ki-
shi uchun bir stakan suv bunga misol qilib ko`rsatildi. Ammo, sahroga
borib qolgan kishi uchun o`sha bir stakan suvning o`zi aniq foydalilik kasb
etadi. Shaxsning farovonligigina emas, uning hayoti ham shu suv bilan
bog`liq bo`lishi mumkin. Bu holatda bir stakan suv subyektiv qadriyatga
ega bo`ladi. Byom-Baverkning fikricha, moddiy ne'matlar tufayli insonga
keltirilgan foydaning miqdori ham shu ne'matlar qadr-qimmatining
o`lchovidir. qiymatni iste'mol qiymati bilan aynan bir narsa deb talqin etish
(aslida almashuv qiymati ham bor) foydalilik qiymatini aniqlash Avstriya
maktabidan avval ham siyosiy iqtisodda ma'lum edi. Avstriya maktabining
nazariyotchilari bu prinsipni matematikadan olingan me'yor tushunchasi
bilan to`ldirdilar. qadriyat negizi sifatida endi shunchaki foydalilik emas,
balki shaxsning eng kam ehtiyojini qondiradigan eng yuqori (oxirgi qa-
tordagi) foydalilik tushunchasi ishlatila boshlandi. Byom-Baverkning
ta'biricha, buyumning qadriyati uning eng yuqori me'yoriy foyda miqdori
bilan o`lchanadi, bunda xo`jalik ne'matlari muayyan turidan olinadigan eng
oz naf nazarda tutiladi. Buni Robinzon yetishtirgan besh qop don misolida
ko`rish mumkin, bir qopi oziqqa, ikki qopi urug`likka, uch qopi yem uchun
va hokazo. Byom-Baverk bu "qonun"ning amal qilishini besh qop don ho-
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
284
sili olgan shaxsning xo`jaligi misolida ko`rsatadi. Hamma qoplardagi don-
ning sifati va vazni teppa-teng. Biroq, Byom-Baverknig nazariyasiga ko`ra,
bir qop donning subyektiv qadriyati kamayib boruvchi foydalilik prinsipi
asosida belgilanishi kerak. Birinchi qop don shaxsning eng zarur hayotiy
ehtiyojini qondiradi va shu sababli eng ko`p foydalilikka ega bo`ladi. Key-
ingi qoplarning foydaliligi kamayib boradi. To`tiqo`shni boqishga
mo`ljallangan so`nggi qop ham foydalilikka ega bo`ladi. Ana shu so`nggi
qop don mazkur moddiy ne'mat birligining subyektiv qadriyatini belgi-
laydi. Barcha mavjud don zapasi besh qop bo`lgan taqdirda bir qop don-
ning qadriyati to`tiqush boqish qiymatiga teng bo`ladi, deb da'vo qiladi
Byom-Baverk. Bu misollar turkumini yeyilayotgan beshta olma misolida
va boshqalarda ham ko`rish mumkin.
Byom-Baverk qadriyat hosil bo`lishidagi ikkinchi bosqichni
"obyektiv qadriyat" bilan bog`ladi. U mazkur bosqichni talab va taklif
xususidagi mavjud eski nazariya asosida izohladi. Obyektiv qadriyatning
hosil bo`lishini talab va taklifning stixiyali nisbati davomida bozordagi
subyektiv baholarni baravarlashtirishdan iborat qilib qo`yildi, shuning nati-
jasida yangi, o`rtacha qadriyat paydo bo`lib, mana shu obyektiv miqdor
deb ko`rsatildi.
Shunday qilib, Avstriya maktabining iqtisodchilari ilmiy nazari-
yaning qiymat tovarlarning obyektiv xususiyati bo`lib, mana shu xususiyat
bu tovarlarning ichki mazmunini belgilaydi, degan tub qoidasini rad etish
orqali qiymat hosil bo`lishi jarayonini yangicha talqin etadilar. Ular buni
baho beruvchilik mulohazalariga va individlarning psixologiyasiga bog`liq
bo`lgan subyektiv kategoriyaga aylantirib qo`ydilar. Bu esa navbatdagi
yangi nazariya edi, bu nazariyani yaratuvchilar qiymatni u hosil bo`ladigan
sharoit va manbadan - ishlab chiqarish va mehnat sohasidan butunlay
ajratib qo`ydilar. Byom-Baverkning hamma mulohazalari haqiqiy
jarayonni oydinlashtiradigan, ushbu kategoriyada ifodalanadigan ishlab
chiqarish munosabatlarini kengaytiradigan fikrlar asosiga qurilgan edi.
"Eng yuqori foydalilik" nazariyasi Avstriya maktabi va boshqa iqti-
sodiyot konsepsiyalari uchun asos bo`ldi, bu konsepsiyalar esa kapitalizm
sharoitida iqtisodiyotning ijtimoiy mazmunini kuchsizlantiruvchi, uning
sinfiy xarakterini inkor etuvchi bir narsadir. Byom-Baverkning ta'biricha,
qadriyat to`g`risidagi ta'limot daromadni taqsimlash, shu jumladan yer ren-
tasi, ish haqi, kapitaldan olinadigan foyda to`g`risidagi butun o`z doktrina-
sining markaziy bandidir.
Avstriya maktabining taqsimlash nazariyasi bir qancha mavjud
konsepsiyalarni: J.B.Seyning ishlab chiqarishning uch omili, taqsimot kon-
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
285
sepsiyasini, "eng yuqori foydalilik" nazariyasini o`z ichiga oladi. Bu
o`rinda ishlab chiqarish omillari unumli ne'matlar deb atalgan. Ularning
har biriga (er, kapital va mehnatga) olingan iste'mol ne'matlarining muay-
yan qismi muvofiq keladi. Taqsimotning mana shu o`ziga xos konsepsiyasi
kapitalistik ekspluatatsiyani o`zgalar mehnatining kapitalistlar tomonidan
o`zlashtirib olinishini inkor etadi. U kelajakdagi ne'matlar va kapitalistning
iste'moldan "tiyilishi"ga nisbatan haqiqiy ne'matlarni har xil baholash
asosida foydani oqlaydi. Bu o`rinda foyda kapitalistning haqiqiy ne'mat-
larni iste'mol qilishdan "tiyilishi" uchun va o`z kapitali bilan bo`lajak
ne'matlarni hozirgi ne'matlarga aylantirishni ta'minlaganligi uchun "muko-
fot" deb ko`rsatiladi. Shunday qilib, taqsimot nazariyasida ham muayyan
sinfiy maqsadlarni ko`zlaydigan yangicha xulosalar bor.
Avstriya maktabining uslubiyati ham, iqtisodiy nazariyalari ham
tarixdan tashqari yondashuv asosida yaratilgandir. Bu metodologiya va
nazariyalar kapitalistik tovar xo`jaligi sharoitlarida jamiyatning sinfiy
strukturasini e'tibordan chetda qoldirib, ishlab chiqarishdan iste'molni us-
tun qo`yadi. Marjinalizm asoschilari qo`llagan sabab-oqibat asosidagi iqti-
sodiy tahlil (analiz) oddiy mantiqiy xulosalarning yuzaga kelishiga sabab
bo`ldi, bu esa ularni real kapitalizmdan uzoqlashishga olib keldi. Biroq,
yuqorida qayd etilgan xususiyatlarni aytish bilan birga biz bu maktab
namoyandalarining shu uslublari natijasiz va ularning konsepsiyalari
to`g`ri ilmiy xulosalar bermadi, demoqchi emasmiz. Aksincha, kapitalistik
bozor muammolarini anglashda va ayniqsa iqtisodiy fanga e'tiborni
iste'mol va talabni to`laroq qondirishga qaratishda bu maktabning xizmat-
lari kattadir.
Bu maktabning konsepsiyalari kapitalistik xo`jalik sistemasining
eng muqaddas narsasi - xususiy sohibkorlik, erkin bozor, raqobat va shu
kabilar posbonligida turgan siyosiy iqtisodning bundan keyingi rivojlan-
ishiga katta ta'sir o`tkazdi. Avstriya maktabining uslubiyati ayniqsa mate-
matik maktab va umuman hozirgi zamon iqtisodiy maktablarining
shakllanishida katta rol o`ynagan. Bu yo`nalish yangi klassik oqimning
keng rivojlanishida alohida o`rinni egalladi.
Lekin shuni ham ta'kidlash zarurki, "eng yuqori foydalilik" nazari-
yasi yangi tashkil bo`layotgan nazariy maktablar uchun ilk manba rolini
o`ynadi. "Eng yuqori (chegaraviy) foydalilik" nazariyasining neoklassik
(yangi klassik) varianti ingliz iqtisodchisi A.Marshall boshchiligida "eng
yuqori foydalilik" nazariyasini "ishlab chiqarish chiqimlari" nazariyasi bi-
lan qo`shib, yangi ilmiy nazariya vujudga keltirilganligida o`z aksini topdi.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
|