14.3. U.Jevons va L.Valrasning marjinalistik g`oyalari Uilyam Stenli Jevons (1835-1882) London
universitetida matematika va kimyo fanlaridan tahsil
olish bilan birga siyosiy iqtisodni ham qiziqib
o`rgangan. 1863 yilda Manchester shahridagi kollejga
siyosiy iqtisod o`qituvchisi bo`lib ishga kirdi. Oradan
ko`p vaqt o`tmasdan iqtisodiy mavzudagi uning asosiy
asarlari e'lon qilindi. Ular quyidagilar: "Siyosiy iqtisod
nazariyasi" (1871) va "Fan tamoyillari" (1874) va
boshqalar.
XIX asrning oxirigacha U.Jevons va uning asarlari o`zining kuchli
matematik ifodasi tufayli o`quvchilar tomonidan to`liq e'tibor bilan qabul
qilinmadi. Lekin uning g`oyalaridagi subektivizm asosiy ilmiy asarlarida
aniq o`z o`rnini topgan edi. Masalan, iste'mol, talab, foydalilik haqida o`z
holicha tushunchalar berish bilan birga U.Jevons tovarlar narxi uning
me'yoriy foydaliligi bilan funksional bog`liqdir deb ko`rsatadi. Shuningdek
olim klassiklarning raqobat haqidagi fikrlarini qo`llab, sotuvchi va oluvchi
o`zaro muloqatda bo`lib kerakli ma'lumotni bir-biridan olishi mumkin deb
ko`rsatadi.
Natijada u quyidagi xulosa keltirib chiqaradi:
bozordagi sotuvchilar (subyektlar) insonlar ehtiyoji
uchun zarur bo`lgan tovarlarni muhayo qilib, ularning
iste'mollarini to`laroq qondiradilar. Shu fikri bilan U.
Jevons
dastlabkilardan
bo`lib me'yoriy
tahlilni
maydonga tashlaydi va marjinalizm asoschilaridan
biriga
aylandi.
U(1834-1910)
marjinalizmning
Lozanna
(Shveytsariya)
deb ataluvchi
maktabi
asoschisi hisoblanadi. Unga keyinchalik Pareto,
Italiyadan Borone, shvetsiyalik Kassel', amerikalik Leontyev va boshqalar
qo`shildi. L.Valrasning "Sof iqtisodiy fan elementlari" (1874) asari iqtiso-
diyot bilimlari olamida matematikaning shaxdam qadamlariga asos soldi.
Shu sababli u matematik maktabning davomchisi hamdir. Har qanday iqti-
sodiy tahlilni matematik izohlashga intilish bu maktab va uning izdosh-
larining xarakterli xususiyati hisoblanadi. Valrasning fikricha, har qanday
iqtisodiy nazariyani faqat matematika asosida qisqa, aniq va ochiq isbot-
lash mumkin. Uning o`zi matematika ni yaxshi bilgan va Kurnoni o`zining
ustozi deb hisoblagan holda undan ilhomlangan.