293
3.Bu davrda yangicha ilmiy tahlilni
maydonga tashlagan olimlar
kimlar?
4.Avstriya maktabining asoschilari kimlar?
5.Marjinalizmning iqtisodiyot fanida tutgan o`rni haqida aytib
bering.
6.K.Menger, Ye.Byom-Baverk va V.Fizerning asosiy asarlari
qaysilar?
7.U.Jevonsning iqtisodiy mavzudagi asosiy asarlarini aytib bering.
8.L.Valrasning iqtisodiy g`oyasiga qanday tushunchalar asos qilib
olingan? Miqdor iste'molining kamayuvchi funksiyasini izohlab bering.
9.Bozorning iqtisodiy muvozanati nimani anglatadi?
10.L.Valras qonunini izohlab bering.
Tekin pishloq qopqonda bo`ladi.
O`git.
HOZIRGI ZAMON IQTISODIY
TA'LIMOTLARINING ASOSIY YO`NALISHLARI
Hozirgi davr iqtisodiy ta'limotlarining asosiy xususiyatlari
Birinchi navbatda "hozirgi zamon" tushunchasiga aniqlik kiritish
kerak. Ba'zi iqtisodchilarning fikricha, XIX asr
oxirlarida vujudga kelgan
iqtisodiy g`oya, ta'limot va konsepsiyalar hozirgi zamonniki, deb tan
olinadi.
Bu izohda mantiq bor, albatta, chunki o`sha davrda yuzaga kelgan
iqtisodiy g`oyalar keyingi iqtisodiy qarashlar uchun tayanch, asos rolini
o`ynaydi. Ammo, bu izohning cheklanganligini ham aytish kerak,
negaki
XX asrning o`rtalari, ayniqsa ikkinchi Jahon urushidan keyin iqtisodiy
ta'limotlar bir qancha yangi qarash, g`oya, konsepsiya va nazariyalar bilan
boyidi, ularni ham albatta "hozirgi zamon" iqtisodiy g`oyalariga kiritish
tabiiydir, ammo ularning evolutsiyasi ro`y bergan.
Shu yerda shuni alohida ta'kidlab o`tish kerakki, iqtisodiy
ta'limotlarning paydo bo`lishi, shakllanishi va rivoji doimo tarixan
dialektik ravishda ro`y bermoqda. Tarixning guvohlik berishicha, ma'lum
davrda yuzaga kelgan u yoki bu ta'limot vaqt
va sharoit taqozosi bilan
doim evolutsiyada, rivojlanishda bo`ladi. Masalan, XVIII asrning ikkinchi
yarmida to`la shakllangan klassik iqtisodiy maktab bozor iqtisodiyotining
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
294
asosiy xususiyatlarini ta'riflab bergan, ammo bu maktabning asosiy
qoidalari, umumiy yo`nalishi saqlangan holda, ularning amalda namoyon
bo`lishi turli davr va davlatlarda nihoyatda xilma-xildir.
XX asrning 50-60- yillari, ayniqsa, keyingi paytlarda jahondagi bir
qancha avvaldan rivojlangan mamlakatlar (AQSH, Buyuk Britaniya, GFR,
Fransiya, Italiya, Kanada va boshqa Yevropa Ittifoqi davlatlari...) qatoriga
yangi-yangi davlatlar kelib qo`shilmoqda, ayniqsa Yaponiya,
Turkiya va
yangi industrial mamlakatlar (YAIM) "to`rt ajdaho": Koreya Respublikasi,
Tayvan', Singapur va Gonkong (Syangan) hamda shular rivojiga
yaqinlashayotgan Malayziya, Filippin, Tailand kabi davlatlar soni ortib
bormoqda.
Ilgarilari dam-badam bo`lib turadigan inqirozlar soni va ko`lami
keskin kamaydi. Ammo, yo`qolgan emas, bu nisbiyyutuqlar bir tomondan
ilmiy texnika inqilobi natijalaridan omilkorlik bilan foydalanilganligi va
ikkinchidan aholi ijtimoiy talablarini to`laroq qondirish bilan bog`liq
bo`lgan
ta'limotlar
qo`llanilayotganligidir,
oqibatda
ko`pchilik
mamlakatlarda iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlik hukm surmoqda. Ammo
kapitalizm yo`lini
tanlab olgan, bozor iqtisodiyotidan foydalanayotgan
yuzlab qoloq davlatlar borligini ham inkor etish mumkin emas. Demak,
iqtisodiy rivojlanishning yana boshqa omillari ham bo`lsa kerakki
(iqtisodiy konsepsiya, siyosat...), ulardan samarali foydalanayotgan
davlatlar (ularning soni 20-25 ta) jahon iqtisodiyotida yutuqlarga
erishmoqdalar. Shu tajribani o`rganish va amaliyotda
foydalanish hayotiy
zaruriyatga aylandi.
Ko`rinib turibdiki, hozirgi zamon iqtisodiy ta'limotlari tobora
chuqurlashib, nazariy masalalar hayot bilan chambarchas bog`liq bo`lib
bormoqda.
Xuddi shuningdek, iqtisodiyot fani uchun iqtisodiy jarayonlarni
matematik modellashtirish, programmalashtirish
va modellashtirish,
elektron-hisob mashinalar, kompyuterlar, informatika va kibernetikadan
foydalanish asosida keng shakllantirish iqtisodiy siyosat masalalariga
tobora yaqinlashib bormoqda va hozirgi davr ishlab chiqarishni boshqarish
tizimlarida ularning ahamiyati keskin o`sib bormoqda, shunga oid iqtisodiy
tadqiqot va ta'limotlar ham ko`payib bormoqda.
Biz yuqorida keltirgan iqtisodiy ta'limotlar doimo rivojlanishda
bo`lib, ularning hech biri sof holda biror bir mamlakatda qo`llanilmaydi.
Amaliyotda bu mavjud iqtisodiy ta'limotlar,
ularning turli oqimlari,
maktablarning qorishmalari qo`llaniladi.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
295
Hozirgi zamon iqtisodiy ta'limotlarining asosan uch yo`nalishini
ajratish mumkin:
1. Neoklassik (yangi klassik).
2. Ijtimoiy-institutsional.
3. Keynschilik.
Dostları ilə paylaş: