15.2. J.B.Klarkning iqtisodiy ta'limoti (1847-1938)
marjinalizmning
"amerika
maktabi" vakili bo`lib, XIX asr oxirida iqtisodiy
ta'limotlarda neoklassik yo`nalish shakllanishiga mu-
him xissa qo`shdi.
AQSHda tug`ilgan bo`lajak olim keyinchalik
Yevropa universitetlarida ta'lim oldi, Karl Knis
(Germaniyada "Tarixiy maktab" asoschilaridan biri)
uning ustozi bo`lgan.
AQSHga
qaytgach
o`qituvchilik
qildi,
T.Veblen uning qo`lida ta'lim olgan ekan. Klark Amerika iqtisodiy assot-
siatsiyasining tashkilotchisi edi va 1893-1895 yy. Uning uchinchi
prezidenti bo`lgan. Uning asosiy asarlari: "Boylik falsafasi" (1886) va
"Boylik taqsimoti" (1899). Bu asarlarda (ayniqsa 2-sida) iqtisodiyot fanin-
ing uch tabiiy bo`limlari, "ishlab chiqarish omillarining eng yuqori unum-
dorligi to`g`risidagi qonun" masalalarining yoritilishi muhimdir.
Klarkning yozishicha, iqtisodiyot fanining predmeti jamiyatning
barcha daromadlarini turli shakldagi daromadlarga ajratishdan iborat (ish
haqi, foiz, foyda), bular o`z navbatida mos ravihda "ish bajarganligi
uchun", "kapitalni berib turgani uchun" va "ish haqi va foizni koordinatsiya
qilingani uchun" olinadi. Bundan shu narsa kelib chiqadiki, bu daromadlar
"sog` aql bilan" aniqlanganda. Ishlab chiqarish bilan shug`ullangan "in-
sonlar sinfi"dan bironta odam bir-biriga da'vo qila olmaydi.
Klark "eng yuqori ishchi", "ishning eng yuqori xarakteri", "eng
yuqori naflik", "chegaraviy naflik", "eng yuqori unumdorlik" va boshqa
marjinalistik kategoriyalar bilan ish yuritadi. U mikroiqtisodiy tahlilni
to`laligicha ustuvor prinsip deb qabul qiladi. Robinzon hayotining iqtisodiy
tadqiqotlarida qo`llanilishi o`z-o`zidan bo`lgan emas, chunki yakkalangan
shaxs xo`jaligini boshqaruvchilar hozirgi davlat iqtisodiyotini boshqarishda
davom etmoqdalar.
"Ijtimoiy daromadlarni taqsimlash" ijtimoiy qonun bilan tartibga
solinadi, bu qonun "eng mukammal erkin raqobat"da har bir ishlab chiqar-
ish omilini u hosil qilgan boylik summasi bilan ta'min etishi mumkin. Al-
batta, bu boylik miqdoriy jihatdan inson farovonligini ta'minlashdagi man-