303
tutishini kuzatish orqali obyektiv informatsiya
manbayi naflik funksiyasi
shaklida bo`ladi, ularning ko`p sonli turli darajalarini solishtirish real prot-
sedura (ish tartibi) dir.
M.Blauk fikricha, agar naflikni miqdoriy o`lchash imkoni
bo`lmasa, eski eng yuqori naflik nazariyasidan voz kechish zaruratini sezi-
ladi va aniqlangan afzallik metodiga to`la o`tish kerak.
Pareto tadqiqot maqsadida "befarilik egri chiziqlari"dan foy-
dalanibma'lum ne'mat, miqdori, xuddi shuningdek boshqa barcha resusrlar
miqdoriga bog`liq ravishda iste'molchining qaysi ne'matini tanlash masal-
asini ko`rib chiqadi. Tovarlar nafligi summasi
turli kombinatsiyalarda
bo`ladi va bir kombinatsiyaning boshqasidan ustunligini belgilash kerak.
Natijada olimning uch o`lchovli diagrammalari paydo bo`ldi, bu dia-
gramma asos (o`n) larida iste'molchi qo`lida bu yoki boshqa ne'matlarning
turlicha miqdori ko`rsatiladi.
Pareto naflikning an'anaviy miqdoriy o`lchashg usullaridan voz ke-
chib, "ijtimoiy maksimal naflik" tushunchasini izohlab beradi, bu
tushun-
cha hozirgi davrda "Pareto optimumi" deb nomlanadi. Bu tushuncha shun-
day o`zgarishlarga baho berish uchun foydalaniladiki, unda barchaning
farovonligi
yo yaxshilanadi, yoki bozorning biror odam o`z ahvolini
boshqa odamning ahvolini yomonlashtirmasdan yaxshilay olmaydi.
Bu tovar va resurslarining eng yaxshi taqsimotini xakarterlaydi.
Keyinchalik umumiy bozor muvozanati bozorning Pareto optimal holati
ekanligi isbotlab berildi. Xo`sh, bu nima degani? Bu bozor ishtirokchilarin-
ing hammasi o`z foydasi uchun intilib, o`zaro manfaat va foydalar muvo-
zanatiga erishishidir. Bunda sumlar qoniqish (umumiy foydalilik)
funksi-
yasi o`z maksimumiga yetadi. Boshqacha qilib aytganda, A.Smit to-
monidan ilgari surilgan mashhur "ko`rinmas qo`l" to`g`risidagi g`oyalar
amaliyoti isbotlab berilgan.
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Lozanna universiteti professori
L.Valras kapitalistik iqtisodiyotning "umumiy iqtisodiy muvozanati" mod-
elini qurdi. Bu yo`nalish Valras ishining davomchisi, italyan olimi Vilfredo
Pareto (1848-1923) tomonidan keng rivojlantirildi. U "eng yuqori naf"
nazariyasini hal etish, iste'mol ne'matlarining nafi (foydaliligi)ni hisoblash
uchun harakat qildi va matematik usullardan keng foydalandi. Pareto o`z
tahlili asosiga daromad miqdori va tovarlar bahosini qo`ydi.
Iste'mol ne'matlari to`plami turlicha bo`lishi tabiiy. Shu sababli,
Pareto "ideal muvozanat" sxemasini oladi, bunda avtomatik ravishda paydo
bo`ladigan "xususiy muvozanat" har bir iste'molchining optimal tanlovidan
vujudga keladi. Bu usul bilan Pareto "eng yuqori naf"
nazariyasini boshi
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
304
berk ko`chadan olib chiqa olmadi, lekin uning "afzal ko`rish" va "loqaydlik
egri chiziqlari" nazariyasidan ekonometrik tadqiqotlarda foydalanib
kelinmoqda. U Valrasning umumiy iqtisodiy muvozanat nazariyasini
takomillashtirishga harakat qildi. U ustozidan
farqli ravishda ishlab
chiqarish
funksiyasining
mahsulot
chiqarish
hajmiga
bog`liqligi
koeffitsientining o`zgarishi mumkinligini tan olgan. "Pareto optimum"ida
aholi daromadlarining taqsimlanish giperbolasining tenglamasi beriladi
(1897).
Foydalilik (naf) funksiyasini topish uchun ne'matlar to`plami
afzalligi konsepsiyasi Jon fon Neyman tomonidan yanada rivojlantirildi. U
o`yin nazariyasiga asoslanib, individuumning maksimum yutuqqa intilishi
sharoitidan kelib chiqib, iste'molchining o`zini
tutish modelini ishlab
chiqdi. Bunda ne'matlar foydaliligi konsepsiyasi psixologik talabni
qondirish mezonlari bilan bog`lab o`rganiladi.
L.Volras
farqli
V.Pareto
modelida
faqat
erkin
raqobat
iqtisodiyotigina tahlil etilmaydi, turli tipdagi monopol bozorlag ham qarab
chiqiladi, bu tadqiqotlar XX asrning o`rtalaridagina alohida tadqiqot
predmetiga aylandi. Ular tahlilning yangi ikki boshqa yo`nalishi
bilan
birlashib ketdi: 1) bozor mexanizmi nazariyasi; 2) firma va uy xo`jaligi
faoliyati tahlili.
Dostları ilə paylaş: