15.3. V.Paretoning umumiy iqtisodiy muvozanat konsepsiyasi Vilfredo Pareto (1848-1923) iqtisodiy ta'limotning neoklassik
yo`nalishini davom ettirgan yirik italyan vakili hisoblanadi, u marjinal-
izmning "Lozanna maktabi" ana'nalariga sodiq edi. Bu olimni iqtisodiyot
bilan birga siyosat va sotsiologiya sohalari ham qiziqtirgan, bu uning
yozgan asarlaridan ma'lum. Paretoning asosiy asarlari: ikki jildli "Siyosiy
iqtisod kursi" (1898), "Siyosiy iqtisod ta'limoti" (1906) va "Umumiy sotsi-
ologiya bo`yicha risola" (1916).
Paretoning iqtisodiy tadqiqotlarida L.Valras,
O.Kurno, F.Edtuort va boshqa olimlarning
g`oyalari ta'siri katta bo`lgan. 1892 yil L.Valras
Lozanna universitetidagi kafedra mudirligini
V.Paretoga topshiradi va shu dargohda yuqorida
ko`rsatilgan asarlar yaratildi. V.Pareto V.Valras
kabi umumiy iqtisodiy muvozanat muammolari
tadqiqotiga
katta
ahamiyat
berdi,
bunda
marjinalizmning iqtisodiy tahlil g`ochlariga amal
qilinadi. Shu bilan birga Pareto iqtisodiyotda
muvozanatning shart-sharoitlari va omillarini
o`rganishda sifat jihatidan yangi prinsiplarni ilgari surib, neoklassik iqtiso-
diy g`oyalarni yangi "ikkinchi to`lqini"ni boshlab berdi. Bular quyidagi-
larda namoyon bo`ladi.
V.Pareto funksional yondashuv asosida almashuvning birdan bir
sababi naflik (ehtiyoj) degan qoidadan voz kechib, iqtisodiy tizimni bu-
tunligicha izohlashga o`tdi, bunda talab (iste'mol) va taklif iqtisodiyotda
muvozanat elementlari sifatida qaraladi. Shu bilan birga, "sof" iqtisodiy
nazariyaga asoslanib, daromadlar tengsizligi ularni sinflar o`rtasida taqsim-
lash bilan bog`liqligini inkor etadi.
L.Valrasning umumiy iqtisodiy muvozanat modelida shu muvo-
zanatga erishuvning mezoni naflikning maksimumi (uni hisoblash mumkin
emas) deb hisoblangan bo`lsa, Paretoda bu mezon boshqasiga, ya'ni konk-
ret individning afzal ko`rish nisbati o`lchovi bahosiga almashtiriladi.
Deyarli qirq yildan so`ng (1959) V.V.Leontyev bu muammoni dol-
zarbligi pasaymayotganligi tufayli, bu soXada uchta pozitsiya 1954 y. e'lon
qilingan bo`lib, unda iste'molchilarning tovarlarni tanlashda o`zini qanday