317
o`zgarmoqda, bu siyosat tobora kapitalizmni ijtimoiy
tomonga burish sari
bormoqda.
Hozirgi davr institutsionalizmining asosiy g`oyasi shuki, inson
postindustrial jamiyatning
asosiy iqtisodiy omili, asosiy resursi sifatida
qaraladi va yangi jamiyat shaxsni har tomonlama rivojlantirish uchun o`z
siyosatini qayta ko`rib chiqishi kerak bo`ladi, XXI asr esa "inson asri" deb
e'lon qilinadi.
Iqtisodiy evolutsiya jarayonini tadqiq qiluvchi iqtisodiy-globalistlar
shu qoidaga amal qiladilarki, evolutsiya turli iqtisodlarning o`zaro yagona
iqtisodga
aylanishi emas, balki turli tizimlarga aylanishidir. Bu oqibatda
yangi industrializatsiyani ta'minlaydi,
bunda inson bosh, hal qiluvchi o`z
o`rnini egallaydi.
XULOSA
Hozirgi iqtisodiy ta'limotlar tarixida institutsionalizm muhim
o`rinni egallaydi. Bu yo`nalish tub ma'nosi bo`yicha
klassik maktabga
muxolif deb qaralishi mumkin, chunki bu ta'limotda iqtisodiy kategoriyalar
ikkinchi darajali bo`lib, asosiy e'tibor institut (davlat, oila, monopoliya,
urf-odatlar, huquq, kasaba qo`mitalari va boshqalar)larga
qaratiladi,
noiqtisodiy omillar yetakchidir. Tadqiqot usulida Germaniya tarixiy
maktabi qoidalari keng qo`llaniladi, ammo to`la yaqdillik yo`q.
Institutsionalizm uch oqimga bo`linadi,
bular ijtimoiy-psixologik
(texnokratik, asosiy mafkurachisi T.Veblen), ijtimoiy-huquqiy (yuridik,
J.Kommons), konyunktur-statistik (empirik- prognoz, U.Mitchell). bu
tadqiqotlarda islohotlarga, ilmiy-texnika taraqqiyotiga (1-oqim), omma
fikriga
quloq soluvchi hukumat, iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish,
ma'muriy kapitalizmni yaratish, huquq sohasini takomillashtirish (2-oqim),
iqtisodiyotning rivojini aniq raqamlar asosida o`rganish, uning o`zgarishi,
siklik holati, matematik apparatni keng qo`llash,
keyingi taraqqiyot
bo`yicha prognozlash (3-oqim) xosdir. Bu yo`nalish qonun-qoidalari
hayotda o`z
tatbiqini topmoqda, ammo prognozlar doim ham aniq emas.
Masalan, AQSHda 1929 yil ravnaq yili deb bashorat qilingan edi, ammo
amalda "Buyuk depressiya" boshlandi.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com