Iqtisodiy talimot doc


 Ijtimoiy-institutsional yo`nalish evolutsiyasi



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/150
tarix26.07.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#137611
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   150
6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

16.5. Ijtimoiy-institutsional yo`nalish evolutsiyasi 
 
Yuqorida institutsional yo`nalishning asosiy g`oyalari va dasturi 
ko`rib chiqilgan edi. Hozirgi davrda ham bu yo`nalish g`oyalari dolzar-
bligicha qolmoqda. Taniqli iqtisodchining iborasi bilan aytganda, "Veblen 
kostyumi yaxshi xizmat qilmoqda va u deyarli eskirmagan". Bu 
yo`nalishning otasi Veblen tomonidan ilgari surilgan ta'limotda hozirgi 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


316 
zamon jamiyatini qayta qurish, transformatsiya masalalari nihoyatda mu-
him o`rinni egallaydi. Ularning fikricha, ilmiy-texnika taraqqiyoti tufayli 
jamiyatdagi sotsial qarama-qarshiliklar yo`qolib boradi. Jamiyatning kon-
fliktlarsiz evolutsiyasi, uning industrial jamiyatdan postindustrial, superin-
dustrial yoki "neoindustrial", informatsion jamiyat sari rivoji ro`y beradi. 
Texnik-iqtisodiy omillarni mutlaqlashtirish tufayli yangi konvergensiya 
nazariyasini ilgari surish imkoni yaratildi (J.K.Gelbreyt, Pitirim Sorokin - 
AQSH, Raymond Aron - Fransiya, Yan Tinbergen - Niderlandiya). 
"Industrial", "postindustrial" jamiyat nazariyasi ikki sotsialistik va 
kapitalistik tizimni yagona tizimga keltiruvchi "konvergensiya" nazariya-
lari yangilik emas. Masalan, XIX asr oxirida nemis iqtisodchisi (yuqorida 
berilgan) V.Zombart "Hozirgi zamon kapitalizmi" asarida pluralizm, ya'ni 
turli sotsial tizimlarni - kapitalistik, sotsialistik, mayda ishlab chiqaru-
vchilarni yagona plyuralistik jamiyatga birlashtirish g`oyasini aytgan edi. 
J.K.Gelbreyt 
asarlarida bu fikrlar to`laroq 
ifodasini top-gan. Unda ikkala tizimda ro`y berayotgan 
umumiy o`zgarishlar qayd etiladi (rejalashtirishdan 
foydalanish, 
davlat 
va 
korporatsiya 
o`rtasidagi 
farqlarning yo`qolib borishi, tashqi muhitni o`rganish, 
fan va ta'limning mehnat taqsimoti o`sishida asosiy 
omil ekanligi va boshqalar). Asta-sekin kapitalizmning 
"yomon" 
tomonlari 
sotsializmning 
"yaxshi" 
xususiyatlari bilan chirmashib ketishi kerakligi aytiladi, 
"kapitalizm transformatsiyasi" ro`y berishi bashorat 
qilinadi. 
J.K.Gelbreytning asosiy asarlari quyidagilardir: "Mo`l-ko`lchilik 
jamiyati" (1958), "Yangi industrial jamiyat" (1967), "Iqtisodiy nazariyalar 
va jamiyat maqsadlari" (1973), "Pullar" (1975), "Ishonchsizlik asri" 
(1977). Bundan tashqari, olimning ko`pgina maqola va intervyulari ham 
bor. 
Superindustrial jamiyat to`g`risidagi g`oyalar amerikalik futurolog 
Tofflerning "Uchinchi to`lqin" kitobida bayon etiladi. Unda "yangi 
sivilizatsiya" davri vujudga keladi, deyilgan. 
Keyingi paytlarda neoinstitutsionalizm nazariyalari ham paydo 
bo`lmoqda. Bu nazariyalarda texnik omillarni mutlaqlashtirishdan 
chekiniladi va asosiy e'tibor insonga, sotsial muammolarga qaratiladi. 
Shunday yo`l bilan mulk huquqi (Ronald Kluz - AQSH), jamoat tanlovi 
(Jeyms Bukenen - AQSH) va boshqa nazariyalar vujudga keldi. Bu 
qarashlar natijasida rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy siyosati ham 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin