315
bo`lib muomala sohasi ko`rsatkichlarini qo`yadilar, ya'ni narxlar, aksiyalar
kursi, pul muomalasi va boshqalar.
Inqirozlar inkor etiladi, bu amaliy sikllarni tan olish bilan
isbotlanadi (unda inqirozlar yo`q). Iqtisodiy qatorlarning nazariy asosini
bekamu ko`st deb bo`lmaydi. Masalan, 1929 yil arafasida Garvard maktabi
vakillari tomonidan berilgan iqtisodiy ob-havo prognozi ("Konyunktur
barometr") iqtisodiyot ravnaqi - "prosperity" bo`lgan. Ammo, amalda nima
bo`lgani hammaga ma'lum (1929-33 yillardagi og`ir inqiroz). "Garvard
barometri" uch egri chiziqdan iborat bo`lib, A) spekulatsiya indeksi; B)
biznes indeksi; S) pul bozori indeksidir. O`tgan yillar tajribasi asosida egri
chiziqlar harakati to`g`ri kelmaydigan lagalar (vaqt oralig`i) topilib,
"barometr" mualliflari egri chiziqlarning yangidan chetga chiqishini
aniqlash imkoni borligini va shu yo`l bilan iqtisodiy tushkunlikni ko`ra
bilish va oldini olish mumkin deb o`ylaganlar.
Mitchell tadqiqotlari empirik va institutsional uslublarning qorish-
masidan iborat. U iqtisodiy siklning amaldagi modelini loyihalashtirishga
muvaffaq bo`la olmadi.
U. Mitchell o`z ustozining ilmiy xizmatlari va unga bo`lgan cheksiz
hurmati sifatida "Veblen ta'limoti" asarini yaratdi, unda ustoz kitob va
maqolalaridan ko`chirmalar ko`p keltiriladi, bu kitob Mitchell vafotidan
keyin nashr etilgan.
Siklik (davriy) o`zgarishlar nazariyasiga rus olimi N.D.Kondratyev
(1892-1938) katta hissa qo`shdi. U jahondagi yetakchi kapitalistik deb
nomlangan mamlakatlar iqtisodiyotining ko`p yillik (100-150 yil) rivojlan-
ishini tahlil etib, bu o`zgarishlarning bir yildan kam (fasliy), 3,5 yillik, 7-
11 yillik savdo-vsanoat va 50-60 yillik katta sikllarini ajratib berdi. U 1929
yildagi "Buyuk depressiyani" oldindan (prognoz) aytib bergan, ammo,
sovet davrida "kapitalizm qachon o`ladi" degan savolga "kapitalizm o`lar,
ammo, qachonligini ayta olmayman" deb javob berganligi uchun
qatag`onga uchragan va otilgan. Bu olimning buyuk xizmatlari jahon iqti-
sodchilari tomonidan yuqori baholangan va amalda qo`llanilmoqda.
Dostları ilə paylaş: