325
mukammallashtirish yo`li bilan ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirishi
mumkin.
Monopoliya ishlab chiqarish mahsulotining xuddi
shunga o`xshash boshqa maxsulotdan sezilarli
ajralib turishini
talab etadi yoki boshqacha
aytganda, differensiatsiya ro`y beradi; boshqa
qo`shimcha sharoit ham zarur unga ko`ra firma -
monopolist optimal hajmdan ortiqroq bo`lgan
ko`rsatgichlar bilan xarakterlanishi kerak.
Nomukammal
raqobatli
monopolistik
bozorda aniqlashni talab etuvchi bir qancha
sharoitlar yuzaga keladi.
Agar bozor bir-biri bilan
raqobat qiluvchi cheksiz ko`p xaridolardan emas,
balki ayrim yakkayuyagona xaridorlar birlashmasidan iborat bo`lgan
holatda sotib olinadigan mahsulot qancha bo`lishi mumkindir. Bu sharoit
talab konsentratsiyasi bo`lib bozorda ko`p sonli mayda sotuvchilar va
yakkayu-yagona xaridor faoliyat ko`rsatadi. Bu holatni monopsoniya, ya'ni
xaridor monopoliyasi deyiladi.
Yuqorida barcha g`oyalar jamlanib, real hayotda nomukammal
raqobat sharoitida ishlab chiqarish omillari ekspluatatsiyasi
tendensiyasi
paydo bo`lishiga yordam beradi. Bu xolat avval o`zaro raqobatlashgan
kupgina firmalarni yutib yurovuchi yirik birlashmanig paydo bo`lishi bilan
yanada kuchayadi. Boshqaruv birligi hajmi (ko`rsatkichi) ning
yiriklashuvi(yakka boshqaruv) boylikni taqsimlashdagi adolatsizlikni
yanada kuchayishini zaruriy ravishda keltirib chiqaradi. Bu ancha inqilobiy
g`oya bo`lib, Chemberlinning monopoliya istiqboli to`g`risidagi optimistik
fikricha qarshidir.
Ishlab
chiqarishning
monopolizatsiyasi
muammosi
bilan
"samaradorlik yoki adolat" degan dilemmani (ya'ni unisi yoki bunisi)
yechish zarurati ilgari suriladi.
Monopolizatsiyaga u ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga
yordam beradi, deb
ustuvorlik berish yetarli emas, ya'ni adolat masalasi
ham qo`yilishi kerak.
Iqtisodiyot tarixida "samaradorlik" va "adolat" ni qandaydir yo`l
bilan ajratishga intilish katta xomxayollikdir.
Robinson o`zining tadqiqotlari natijasida hayotiy chora-tadbirlarni
ham ishlab chiqsa bo`lar edi masalan,
nomukammal raqobat tufayli
aniqlangan qarama-qarshiliklarni bartaraf etish uchun davlatning
iqtisodiyotga aralashuvi nimalardan iborat bo`lmog`i kerak edi.
Dostları ilə paylaş: