Jon Beyts Klark
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
300
balari cheklanganligi bilan xarakterlanadi. "Har bir ihlab chiqarish omili"
ijtimoiy mahsulotda o`zi bevosita ishlab chiqargan boylik hissasiga ega
Klark iqtisodiyotni statika va dinamika qismlariga bo`ladi (mex-
anika fani kabi). Avvalgi tadqiqotlarda statika qo`llanilgan bo`lsa,
endilikda tabiiy-dinamik usul taklif etiladi. U iqtisodiyot fanini uch qism
(bo`lim)ga bo`ladi: 1) boylikning universal xodisalari; 2) ijtimoiy-iqtisodiy
statika (boylik bilan keyin nima bo`lishi to`g`risida gap yuritiladi); 3) ijti-
moiy-iqtisodiy dinamika (agar jamiyat faoliyat shakli va usulini
o`zgartiradigan bo`lsa, bu sharoitda boylik va jamiyatning farovonligi bilan
nima ro`y beradi, degan gap yuritiladi).
Klark fikricha, xayoliy statik ijtimoiy ishalb chiqarishga operatsiya-
larning o`zgarmas xarakteri xosdir, bunda doimo avvalgi texnologik
jarayonlarda yaxshi ma'lum Usha boyliklar yaratilaveradi, boylik hajmi
bunda o`smaydi va kamaymaydi. Yer ham bir xil mahnat qurollari yor-
damida ishlanadi, o`sha hosil olinadi, boshqacha aytganda, ishlab chiqarish
organizmi o`z shaklini o`zgartirmaydi. Demak, bu holatda harakat yopiq
sistema (tizim)da boradi, iqtisodiyot barqaror va muvozanatda bo`ladi.
Klarkning yozishicha, "iqtisodiy dinamikada" jahonning normal boyligi
ko`proq bo`ladi va ish haqining tabiiy darajasi keyin hozirgidan ancha
baland bo`ladi.
Iqtisodiyotni barqarorlashtirishga qarshi bo`lgan dinamik shart-
sharoitlar keltiriladi: 1) aholi o`sishi; 2) kapital o`sishi; 3) ishlab chiqarish
metodlarining yaxshilanishi; 4) sanoat korxonalari shaklining o`zgarishi; 5)
nisbatan past unumli korxonalar o`rniga nisbatan yuqori unumli
korxonalarning yashovchanligi va boshqalar. Hatto har bir omil o`zicha
jamiyatni dinamik holatda saqlash va ijtimoiy tarkibga ta'sir etish qudratiga
ega bo`lar ekan.
Klarkning
yuqoridagi
metodologik
g`oyalari
keyinchalik
N.Kondratyev (Rossiya), Y.Shumpeter va boshqa olimlar tomonidan
to`ldirilgan.
Klark tadqiqotida "eng yuqori unumdorlik qonuni" muhimdir. Bu
qonun erkin raqobat sharoiti, iqtisodiy muvozanat holatida amal qiladi. Ish-
lab chiqarish omillari bir xil samaradorlikka ega bo`lgan sharoitda eng yu-
qori unumdorlikning pasayib borishi masalasi marjinal prinsiplarda qarab
chiqiladi.
Kapital bilan ta'minlanganlik o`zgarmas deb olingan taqdirda,
mehnatinng eng yuqori unumdorligi har bir yangi ishga jalb etilgan xodim
bilan pasayib boradi va aksincha. Xodimlar soni o`zgarmas bo`lgan holatda
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
301
mahnatning eng yuqori unumdorligi faqat kapital bilan ta'minlanganlikning
o`sishi natijasidagina yuqoriroq bo`ladi.
Qimmatni taqsimlashdagi hissalar oxirgi unumdorlikka bog`liq
bo`ladi, ya'ni foiz kapitalining so`nggi o`sishidan hosil bo`lgan mahsulot
bilan aniqlanadi, ish haqi esa mehnatning ohirgi oshuvidan hosil bo`lgan
mahsulot bilan belgilanadi.
Olim erkin raqobatli korxonada eng yuqori unumdorlikni mikroda-
rajada o`rganib, "befarqlik zonasi" yoki "eng yuqori soha" mavjudligini
tasdiqlaydi, bu har bir korxona doirasida nazorat qilinishi mumkin. Bu
zona doirasida odamlar sohibkorlar daromadiga ta'sir etmagan holda ishga
kelib-ketishlari mumkin. Agar raqobat bekamu ko`st amal qilsa, hamma
yerda bu eng yuqori ishchilar o`zining mehnat mahsuli sifatidagi maoshini
oladilar, ammo raqobat doim mukammal bo`lmasligi sababli ular tahminan
o`z mehnatiga yaqin maoshni oladilar. Bu sharoitda biror xodimning ish-
dan ketishi tufayli eng yuqori ish (uncha ahamiyatsiz ish) bajarilmay
qoladi, sohibkor (tadbirkor) esa o`z navbatida "befarqlik zona" doirasida
ziyonsiz bir nechta ortiqcha odamlarni ishga qabul qilishi mumkin, chunki
bu zonada ish haqi ularning ishlab chiqarishi bilan bog`liq va bunda hech
qanday foyda yuzaga kelmaydi.
Amalda esa tadbirkor shu zona doirasida, avvalgi maosh bilan juda
kam xodimni ishga jalb etadi, chunki ziyon keltirish xavfi bo`lib, tavakkal-
chilik minemaldir, bu eng yuqori, chegaralangan ishchi maoshi darajasida
ish haqi oladi.
Kapitalga foizning shakllanishi O.Bem-Baverkning "kutilmalar
nazariyasi"ga o`xshash fikr yuritiladi.
Eng yuqori unumdorlik qonunidan shunday xulosa chiqariladiki,
ishlab chiqarish omilining bahosi uning nisbiy kamomadligi bilan bog`liq.
Bu esa, xususan, "adolatli ish haqi" doimo mehnatning eng yuqori unum-
dorligiga mos keladi, mehnat esa boshqa unumliroq ishlab chiarish omili,
ya'ni kapitalga nisbatan past bo`ladi.
Shunday qilib, Klark "qonuni"ning asosiy mohiyati quyidagicha:
ishlab chiqarish omili-mehnat va kapital shu omil tomonidan yaratiladigan
mahsulot qiymati omil bahosi bilan tenglashguncha o`stirilib borishi mum-
kin (masalan, korxonada ishlayotgan xodimlar sonini ma'lum chegara-
gacha, ya'ni bu omil "befarqlik zonasi" ga kirguncha ko`paytirilishi mum-
kin). Amalda bu "qonun" bo`yicha ishlab chiqarish omilining rag`bati shu
omil bahosi tadbirkorning olishi mumkin bo`lgan daromadidan ortib keta-
digan sharoitda o`z imkonini tugatgan bo`ladi. Demak, Klarkni bir vaqt-
ning o`zida ishlab chiqarish harajatlari strukturasi (tarkibi) ni optimallashti-
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
302
rish muammolari bilan bog`liq bo`lgan, hozirgi davr nazariyalarining
asoschilaridan biri deb atash mumkin.
Dostları ilə paylaş: |