Iqtisodiy talimot doc



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/150
tarix26.07.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#137611
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   150
6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

Jon Brey 
 
J.Breyning "Mehnatga nisbatan adolatsizlik va uni bartaraf etish 
yo`llari" nomli kitobi 1839 yilda nashr qilindi. T.Godskin va J.Greyning 
pamfletlari kabi Breyning kitobi ham katta shuhrat qozondi. U ham 
ishchilar orasidan yetishib chiqqan bo`lib, bosmahonada harf teruvchi va 
muqova qiluvchi bo`lib ishlar edi. O`zining qarashlariga ko`ra J.Brey ham 
Grey singari ishchilarning sinfiy kurashiga qarshi edi. Uning asosiy kitobi 
"Xalq xartiyasi hujjatlari" e'lon qilingandan bir yil keyin chiqdi. 
Xartiyaning asosiy mazmuni Britaniya saylov tizimini demokratlash edi 
(umumxalq saylov huquqi, yashirin ovoz berish, nomzodlar mulkiy 
senzlarni bekor qilish va boshqalar). Chartizm harakati ham aynan shu 
davrdan boshlanib, unga J.Breyning asari chaqiriq sifatida xizmat qildi. 
Dunyoda adolatsizliklar qayerdan vujudga kelishini, jamiyat va davlat 
nima ekanligini, mehnatning zaruriyati, kapital jamg`arish va ayirboshlash 
xususiyatlarini o`rganishga o`z e'tiborini qaratdi. J.Brey shunday deb 
yozadi: "Adolatli tuzumda hamma mahsulotlarni baholab, ayirboshlash, 
ishlab chiqazishga sarf qilingan butun harajatning yig`indisi bilan 
belgilanar edi, boylik teng ayirbosh qilinar edi. Shu bilan birgalikda juda 
qadimdan jamiyatda yuksak darajada tengsiz ayirboshlash sistemasi hukm 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


246 
surar edi: ishchilar kapitalistlarga yil davomida mehnat qilar edilar va 
evaziga yarim yillik mehnatning qiymatini olar edilar." Xuddi shu yerdan, 
aslo taxmin qilinmagan individlarning jismoniy va aqliy kuchlari ichidan 
boylik va hokimiyatning tengsizligi kelib chiqadi. 
Xuddi shu ayirboshlash tengsizligi bir sinfga hech narsa bilan 
shug`ullanmaslikni va dabdabali yashashni ta'minlaydi, boshqa bir sinfni 
og`ir mehnatga mahkum etadi. 
J.Brey shunday deydi: "Siyosiy iqtisodchilarning tas-diqlashicha 
har bir ayirboshlash o`zaro manfaatlidir. Aslini olganda esa kapitalist bilan 
ishchi o`rtasida hech qanday ayirboshlash yo`q! Ishchi kapitalistga 
o`zining mehnatini beradi, xo`sh, kapitalist unga nima beradi? Kapitalist 
ayirboshlash uchun yo mehnatni, yo kapitalni berishi mumkin. Kapitalist 
hech qachon mehnatni bera olmaydi, chunki u mehnat qilmaydi. Shu bilan 
birga kapitalist kapital ham bermaydi, chunki uning kapitali kamaymaydi, 
balki ko`payadi. Ishchining mehnati evaziga kapitalist nima beradi? 
Ishchining bir haftalik mehnati evaziga kapitalist va xususiy mukl egalari 
unga o`zlarining shu hafta ichida olgan boyliklarining bir qismini beradilar. 
Boshqacha qilib aytganda, ular ishchidan biron narsa oladilar, ammo 
o`rniga hech narsa bermaydilar". 
"Hech kim dunyoda qandaydir tug`ma yoki tabiiy boylikka ega 
emas, - deb davom etadi J.Brey, - tabiat insoniyatga nimaiki bersa, bu 
mehnatga bo`lgan qobiliyatidandir. Demak, agar kimdir hech qachon 
mehnat qilmasdan boylikka egalik qilsa, bu boylik unga tegishli bo`lishi 
adolatsizlikdir. U o`zlarining mehnatlari evaziga yuzaga keltirgan 
insonlarga tegishli bo`lishi kerak, chunki kapital o`z-o`zidan yuzaga 
kelmaydi. Angliyaning ulkan kapitallari yaratilish prinsipi bo`yicha 
kapitalistlarga tegishli bo`lishi kerak emas (ular uni o`zlari ishlab 
chiqarmaydilar). Bu ayirboshlash prinsipi asosida ham bo`lgan emas, ya'ni 
ular kapitalni o`z mehnatlari evaziga ayir-boshlab olganlari yo`q. Meros 
huquqi asosida ham emas (bu boyliklarning merosxo`ri yo`q). qaysi 
eshikka qaramaylik, mehnatkash kishi bilan puldor o`rtasidagi shartnoma 
adolatsizlik va aldamchilik bilan tugallanadi." J.Brey xulosa qilib, hech 
qanday siyosiy saylov islohotlari bu tartibni o`zgartirmaydi, deydi. Mavjud 
tartibdagi ishchilar sinfi qanchalik aqlli, yuqori ma'naviyatli yoki 
mehnatsevar kuch bo`lishidan qat'i nazar, to`g`rilab bo`lmaydigan qullikka 
mahkumdirlar. Shuning bilan birgalikda u ishchilar sinfining kurashi 
kishilarga qarshi emas, balki tuzumga qarshi, u kapitalistlar bilan yoki 
kapital bilan emas, balki kapitalni qo`llash usuli bilan ekanligini uqtiradi. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


247 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin