O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
A. Razzoqov, Sh. Toshmatov, N. O`rmonov,
P. Xoshimov, F. Egamberdiyev
IQTISODIY TA'LIMOTLAR
TARIXI
(o’quv qo’llanma)
Toshkent – 2005
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
2
O’quv qo’llanmasida qadimdan to hozirgi davrgacha paydo bo`lgan iqtiso-
diy fikr, g`oya, qarash va ta'limotlarning mazmuni, mohiyati, ularning evo-
lutsiyasi va bugungi kundagi ahamiyati tarixiy ketma-ketlik asosida yo-
ritilgan.
Avvalgi yillari hukmronlik qilgan sinfiylik, partiyaviylik tamoyil-
laridan xoli holda, har bir ta'limotning mohiyatiga obyektiv baho berishga
harakat qilingan. Ayniqsa, tanqid etib kelingan bozor iqtisodiyoti (kapi-
talistik munosabatlar) to`g`risidagi ta'limotlarga keng o`rin berilgan. Sharq,
jumladan Markaziy Osiyodagi mutafakkirlarning g`oyalari birinchi marta
ma'lum tartibda e'lon qilinmoqda. Mustaqil O`zbekiston Respublikasining
erkin bozor munosabatlariga o`tish xususiyatlari ko`rsatilgan.
Har bir bobga qisqacha xulosa, tayanch tushuncha, nazorat va mu-
hokama uchun savollar berilgan.
Oliy o`quv yurti talabalari, aspirant, ilmiy xodimlar va iqtisodiyot
tarixi bilan shug`ullanuvchilarga mo`ljallangan.
Mualliflar:
A. Razzoqov, Sh. Toshmatov,
N. O`rmonov, P. Xoshimov,
F. Egamberdiyev
Mas'ul muharrir:
akademik S.S. G’ulomov
Muharrir: Yu. Sobirxonova
Taqrizchilar:
iqtisodiyot fanlari
doktori, professor
T.Sh.Shodiyev
iqtisodiyot fanlari
doktori, professor E.G’.Nabiyev
Mirzo Ukug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti
Ilmiy Kengashininig 2004 yil 29 dekabr majlisi qaroriga asosan
Nashrga tavsiya etilgan (Bayonnoma
№
5)
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
3
O`zbekiston Respublikasi mustaqilligining
14 yilligiga bag`ishlanadi.
MUQADDIMA
"Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q", degan edi O`zbekiston Res-
publikasi Prezidenti, akademik I.A.Karimov. Har qanday tarixni o`rganish
avvalo hozirgi kun va kelajak uchun ahamiyatlidir. Taniqli yozuvchi va
adibimiz Abdulla Qodiriy aytganidek: "Moziyga qarab ish tutish xayrlidir".
Shu sababli iqtisodiy ta'limotlar tarixini o`rganish katta nazariy, amaliy va
tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.
Iqtisodiyot tarixi (xalq xo`jaligi tarixi) va iqtisodiy ta'limotlar tarixi
iqtisodiyot fanining faktologiya va metodologiya asoslarini ta'minlovchi va
yaratuvchi asos sifatida ahamiyatlidir. Shu sababli bu fanlar iqtisodiyot
fanining ajralmas va tarkibiy qismidir.
Dostları ilə paylaş: |