25
mulkchilik tomonidan siqib chiqariladi, savdo, sudxo`rlik tez rivojlanadi.
Solon (m.a. 640/635-559 yy.) islohotlari pul xo`jaligining afzalligini
ko`rsatib berdi (m.a. 594 y.). Islohot tufayli kulni qarzga berish taqiqlandi.
Afinada Perikl (m.a. 444/443-429 yy.) tomonidan olib borilgan ishlar mu-
him ahamiyat kasb etdi. qurilish, hunarmandchilik, savdo o`sdi. Shu
davrda fuqarolar va fuqaro bo`lmagan aholini
bir-biriga qarama-qarshi
qo`yadigan qonunlar qabul qilindi. Bu ishlar qullarni hunarmandchilik va
savdo sohalarida beayov ekspluatatsiya qilish, savdo va pul xo`jaligini
rivojlantirish hisobiga amalga oshirildi.
Qulchilik o`z tabiatiga ko`ra insonga yot, u majburiylikni talab et-
gan, oqibatda ma'lum davrdan inqirozga uchray boshlagan. Shu davrda
iqtisodiy g`oyalar tobora reaksionlashib, davlatni,
aristokratiyani himoya
qilish, natural xo`jalikni yoqlash yo`lini tanlaydi, ya'ni sinfiy xarakterga
ega bo`la boradi. Bu yo`nalish Ksenofont (taxminan m.a. 430-354 yy.),
Platon (Aflotun, taxminan m.a. 427-347 yy.), Aristotel (Arastu, m.a. 384-
322 yy.) larning iqtisodiy qarashlarida yaqqol namoyon bo`ldi.
"Ekonomiya" so`zi ("oykonomiya": - "oykos" - uy, xo`jalik va
"nomos" - qonun, qoida) tom ma'noda uy xo`jaligi to`g`risida qoida maz-
muniga ega bo`lib, Ksenofontning maxsus asarining sarlavhasi bo`lgan.
Ksenofont quldorlar mafkurasining himoyachisi hisoblanadi,
qulchilikni tabiiy, obyektiv jarayon deb baholaydi, qul mehnatiga asoslan-
gan natural xo`jalikni ulug`laydi. U ayniqsa qishloq xo`jaligi, dehqonchili-
kni farovonlik manbayi deb bilgan. Dehqonchilik tufayli odamlar o`zlariga
hayot uchun kerakli hamma narsani oladilar. Dalada ishlash sog`liq uchun
ham foydali (toza havo), ham iqtisodiy naf keltiradi.
U rahbarlar va ijrochilar mehnatini farqlaydi. Uningcha ijrochilar
jismoniy mehnat bilan shug`ullanadilar. Rahbarlar mehnati bilan erkin
odamlar, jismoniy mehnat bilan esa qullar band bo`lishlari kerak. Xo`jalik
faoliyati
davomida foydali buyumlar, ya'ni iste'mol qiymatlari yaratiladi.
qadimgi yunon olimlari ichida birinchi bo`lib, mehnat taqsimotining
ahamiyatini tushundi, ko`proq, ortiqcha foyda olish, "xo`jalikni boyitish"
uchun qullar talabini imkon boricha kamroq qondirishni tavsiya etgan.
Mehnat taqsimoti bilan bozor kattaligi, mahsulotning almashuv qiymati
orasida uzviy bog`lanish borligiga e'tibor bergan. Pulning muomala vosita-
sidan
tashqari, kapital sifatida jamg`arish funksiyasini ham tan olgan
(pulning boshqa funksiyalari inkor etiladi).
Platon (Aflotun) "Davlat" va "Qonunlar" asarlarida ideal davlat
qanday bo`lishi kerakligini ochib bermoqchi bo`ldi. Uningcha, bu davrda
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
26
xususiy mulk va erkin xo`jalik tashabbusiga o`rin yo`q. U aholini uch
toifaga ajratgan:
1. Faylasuflar - davlatni boshqaruvchilar;
2. Harbiylar - davlatni boshqarish apparatining bir qismi bo`lib,
ular biror mulk egasi bo`lish
huquqiga ega emas, iste'mol qilish esa ijti-
moiy xarakterga ega bo`lishi kerak.
3. "Qora" toifa - dehqon, hunarmand va savdogarlardan bo`lib, ular
mulk egasi bo`lishi kerak.
Bu olimning mehnat taqsimoti, tovar, pul va
savdogarlarning
ajralib
chiqishi
o`rtasidagi
aloqadorlik to`g`risidagi fikrini o`sha davr uchun
buyuk kashfiyot deb baholash mumkin. Ammo,
Aflotun qulchilikka asoslangan natural xo`jalikni
himoya qildi, pul funksiyasini muomala doirasi-
dagina
deb bilishga harakat
qildi,
pulni
jamiyatdagi dushmanlikning bosh sababchisi deb
bildi; u sudxo`rlik operatsiyalarini inkor etdi va
baholarni
me'yorda
saqlash
yo`li
bilan
savdogarlarning foydasini chegaralashni talab
qildi. Aflotun qullarni fuqarolar deb tan olmadi va ularni biror toifaga
kiritmadi (demak, ular mulk egasi ham bo`lishi mumkin emas). qullar
mayda ishlab chiqaruvchilar va savdogarlar bilan birga 2-toifa
ahlining
cheklanmagan talab-ehtiyojlarini to`la-to`kis qondirishlari kerak edi.
Shunday qilib, Aflotun o`zining ideal, ya'ni bekamu ko`st davlatini barpo
etar ekan, qulchilikni abadiy saqlash tarafdori edi.
Dostları ilə paylaş: