47
F.Akvinskiy "adolatli baho" masalasini naf va
manfaatlar tengligi asosida
hal etadi. Protsent (foiz)ni oqlaydi, uni qo`llaydi va tavakkalchilik to`lovi
deydi. U shuningdek rentani ham qo`llaydi, uning ekspluatatorlik
mohiyatini inkor etadi.
Rossiyada shu davrdagi iqtisodiy g`oyalarda ham dehqon mehnati
boylikning asosi ekanligi ko`rsatiladi, natural renta miqdori 2 foiz
belgilanadi, tovar-pul munosabatlariga, ayniqsa savdoga qarshi g`oyalar
ko`p edi.
XIV-XV asrlarda G’arbiy Yevropada feodalizmning yemirilishi va
ilk kapitalistik munosabatlar shakllana boshladi.
Bu jarayon kapitalning
dastlabki jamg`arilishi jarayoni bilan bog`liq bo`ldi va ko`p hollarda og`ir
shaklda amalga oshdi. Ayniqsa, dehqonlarni yerdan mahrum etish og`ir
oqibatlarga, dehqonlarning katta qismining xonavayron bo`lishiga olib
keldi. Yangi munosabatlar yangi sinfning - burjuaziyaning manfaatiga mos
edi, ammo bu jarayon boshqalar hisobiga ro`y berdi.
Ana shunday sharoitda xayoliy (utopik) sotsializm g`oyalari tarkib
topdi. Aslida bu g`oyalarning elementlari ilgarigi davrda ham bo`lgan.
Yangi yo`nalish tarafdorlari barcha ofat xususiy mulk va puldan kelib
chiqadi, deb o`ylashgan. Ular boylik hammaning mehnati asosida, ijtimoiy
mulkchilik sharoitida hosil qilinsa, xususiy mulk esa tekis taqsimot yo`li
bilan (pulsiz) amalga oshirilsa, barchaning farovonligi ta'minlanadi degan
fikrda edilar.
Dostları ilə paylaş: