190
V.Petti ham aholini ayniqsa uning
mehnat qiladigan qismini
ulug`lagan, boylik yaratuvchi deb hisoblagan, birinchi bo`lib "insoniy kapi-
tal" tushunchasini kiritgan.
T.R.Maltus (1766-1834) dvoryan oilasida tug`ildi, 1788
yil Kem-
bridj universitetini bitirgach, qishloq ruhoniysi sifatida ishlay boshladi, ilo-
hiyot fanidan ilmiy darajaga ega bo`ldi. 1807 yildan boshlab "Ost-Ind"
kompaniyasi kollejida siyosiy iqtisod professori
lavozimida leksiyalar
o`qidi.
Diqqatga sazovor tomoni shundaki, Maltus ancha kech, 39 yoshida
turmush qurdi, uch o`g`il va bir qiz otasi bo`lgan.
Agar obrazli aytadigan
bo`lsak, o`z ta'limoti va takliflariga amal qilgan. Taniqli iqtisodchi D.Yum
va boshqalar bilan do`st bo`lgan.
Dostları ilə paylaş: