Iqtisodiy talimot doc



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/150
tarix26.07.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#137611
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   150
6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

 
Jon Grey 
 
J.Grey yoshlik yillaridanok R.Ouen pamfletlarini o`qib, ularni 
targ`ibot qildi. 1825 yilda u o`zining "Inson baxti haqida ma'ruzalar" 
kitobini nashr qildirdi. XIX asrning 20-30 yillarida ingliz ishchilarining 
sevimli kitobi bo`lgan bu kitob R.Ouen ta'siri ostida yozilgan edi. 
J.Greyning fikricha, jamiyat uch kategoriyadagi kishilarga bo`linadi: 
birinchisi ishchilar, ular barcha moddiy boyliklarni yaratuvchilardir. 
Ikkinchisi shifokor, o`qituvchi va boshqalardir. Uchinchisi esa "mustaqil 
sinflar"dir. "Bu mustaqil sinflarni tashkil qiluvchi kishilar ikki xil holatga 
bog`liqdir. Birinchidan, atrofdagilarning mehnatsevarligiga, ikkinchidan 
nohaqlikning mavjudligiga. Bu esa ular ustidan hukmronlik qilish imko-
niyatini beradi." J.Greyning qarashlarida siyosiy zo`rlikdan yuz ugirishga 
va adolatga tinch yo`llar bilan erishishga chaqiriqni uchratishimiz mumkin. 
Olimning fikricha, jamiyatning asosini ayirboshlash munosabatlari 
tashkil qiladi. Kishilar orasidagi boshqa barcha munosabatlar esa mana shu 
munosabatlar ustiga quriladi. Qashshoqlikning bosh sababchisi esa 
raqobatdir. "Faqat savdo tartiblarining to`liq o`zgarishi insonlar baxt-
saodatiga olib keladi". 
1831 yilda J.Greyning "Ijtimoiy tartib", "Ayirboshlash asoslari 
haqida harakat" nomli asarlari e'lon qilindi. Bu asarlar siyosiy iqtisodga oid 
asarlar hisoblanib, unda ishlab chiqarish, taqsimot, aholi nufuzi, soliq va 
soliqqa tortish muammolari, shuningdek jamiyatda ayirboshlash tartibini 
qayta tashkil etish ko`rsatiladi. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


245 
Umummilliy savdo palatasi tashkil etilib, u barcha tarmoqlar - 
dehqonchilik, sanoat va savdo ishlari boshqaruvini tashkil etadi. Yer va 
kapital egalari o`z mulklarini mazkur boshqaruv apparatiga bir yilcha 
avvaldan belgilangan mukofot hisobiga topshirib, o`zlarini turli 
tavakkallardan xalos qiladilar. 
Barcha xo`jalik ishlariga rahbarlikni palata topshirigiga ko`ra 
amaldorlar yoki ziyolilar olib boradilar. Sanoat va qishloq xo`jaligi 
mahsulotlari milliy savdo omborlarida saqlanib o`sha yerdan savdo 
do`konlariga sotuvga chiqariladi. 
Umummilliy idora tashkiliy reja asosida ish olib borib, tovarlar 
narxini ishlab chiqarish tannarxini qoplaydigan darajada va hatto foyda 
keltiradigan darajada belgilaydi. Ish haqlari esa hech qanday qiymatga ega 
bo`lmagan qog`oz pullar bilan to`lanadi. J.Grey o`zining "Xalq 
baxtsizligiga qarshi to`g`ri vosita" nomli pamfletida ishchi pullari g`oyasini 
rivojlantiradi. Bu ish vaqti va o`rtacha mehnat bahosini tasdiqlovchi 
kvitansiya ishchilarga do`konlardan shunga loyik mahsulotlarni sotib olish 
imkonini beradi. "Ishchi pullari" o`sha davrda turli ko`rinishlarda Prudon 
va Brey kabi olimlar tomonidan ham taklif qilingan edi. 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin