«Iqtisodiy ta'limotlar tarixi» fani



Yüklə 434,82 Kb.
səhifə6/8
tarix22.09.2023
ölçüsü434,82 Kb.
#146973
1   2   3   4   5   6   7   8
ITT fani 1-mavzu Microsoft PowerPoint

Klassik siyosiy iqtisod - boylik faqat qishloq xo‘jaligida emas, balki sanoat, transport, qurilish va boshqa sohalarda ham yaratilishini isbotlab berdi.
Fiziokratlar — jamiyatning boyligi qishloq xo‘jaligida vujudga keladi degan g‘oyani ilgari suradilar. Bu ta’limotning asoschisi Fransua Kene (1694-1774) hisoblanadi.
Merkantilizm — jamiyatning boyligi puldan, oltindan iborat bo‘lib, u savdoda, «asosan tashqi savdoda paydo bo‘ladi va ko‘payadi», deb tushuntiradi. Merkantelizm — italyancha «mereante» so‘zidan olingan bo‘lib, «savdogar» ma’nosini anglatadi. Bu oqimning namoyondalari Uil Stafford, Tomas Men, Antuan Monkret’en, Jon Lou, Gaspar Skaruffi va boshqalar.
A.Smit «Odamlar boyligining tabiati va sabablari to‘g‘risida tadqiqot» (1776) asarida talab va taklif asosida shakllanadigan erkin narxlar asosida bozor o‘z-o‘zini tartibga solishi («ko‘rinmas qo‘l») g‘oyasini ilgari suradi. Insonni faollashtiradigan asosiy rag‘bat shaxsiy manfaatdir, deb ko‘rsatadi
D.Rikardo qiymatning, turli sinflar daromadlari va foydaning yagona manbai mehnat ekanligini ko‘rsatadi.
Sismondi (Jon Sharl Leonard Simon de Sismondi) kapitalistik iqtisodiy mexanizmni tanqid qilib, siyosiy iqtisod inson baxti yo‘lida ijtimoiy mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan fan bo‘lmog‘i lozim, deb ko‘rsatadi.
Sotsial-utopistlar (A.Sen-Simon, Sharl Fure, Robert Ouen) kapitalizmni tanqid qilib, xususiy mulkchilikni yo‘q qilish, ishlab chiqarish, taqsimot va iste’molni qayta tashkil etpsh va adolatli tuzum (industrial jamiyat, garmonik jamiyat, kommunizm) o‘rnatish talabi bilan chiqadilar.


Иқтисодий таълимотлардаги янги оқимлар
(XIX аср охири ва XX аср бошлари)

  • Marjinalizm vakillari (marginal-me’yoriy, qo‘shilgan) — tovar nafliligi, qo‘shilgan mehnat yoki resurs unumdorligining pasayib borishi nazariyalarini ishlab chiqqan. Ksyingi tovar nafliligining kamayib borish qonuni bu oqimning asosiy prinsipi hisoblanadi. Shunga ko‘ra, narx xarajatga bog‘liq bo‘lmay, keyingi naflilik asosida belgilanadi. Marjinalizm asoschilari Karl Mengsr , Fridrix fon Vizer, Eigen fon Bem-Baverk, Uilyam Stenli Jsvons hisoblanadi. Neoklassik maktab (asoschisi Alfred Marshall)- bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning aralashuvini cheklash g‘oyasini ilgari suradi. Bozor mexanizminipg buzilishi monopoliyalar vujudga kelganda ham yuz berishini ko‘rsatadi. Funksional bog‘lanish g‘oyasini asoslaydi, bozor bahosini belgilovchi omillar talab va taklifdan iborat deb hisoblaydi. Bu maktab vakillaridan L Valras umumiy iqtisodiy muvozanatlik modelini ishlab chiqishga, I.Shumpetter esa iqtisodiy tizimlar o‘zgarishnipg ichki kuchlarini ko‘rsatib berishga harakat qilgan hamda iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi asosiy kuch tadbirkorlik degan xulosaga kelgan.
  • Keynschilik — rivojlangan bozor iqtisodiyotini davlat tomonidan tartibga solib turish zarurligini asoslashga qaratiladi. Jon Meynard Keyns «Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» (1936 y.) nomli kitobida bunday tartibga solish yalpi talabga hamda shu orkali inflyatsiya va bandlikka ta’sir ko‘rsatishini asoslaydi.

Yüklə 434,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin