Mulkchilik huquqlari – bu mulk sub‘ektining mulk ob‘ektiga nisbatan munosabati bo’lib, mulkdan foydalanish va nazorat qilish yuzasidan hosil bo’ladigan huquqlar majmuidir degan ta‘rifni berish mumkin. Mulkchilikning turli shakllari va ularning iqtisodiy mazmuni Ma‘lumki, moddiy ne‘matlar ishlab chiqarish mulkchilik munosabatlarisiz amalga oshirilmaydi va jamiyatning rivojlanishi ham mulkka egalik qilishni talab qiladi.
Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilik munosabatlariga quyidagi mulk turlari kiradi:
Davlat mulki;
Ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish va matlubot sohalaridagi jamoa mulkining xilma-xil turlari;
“O’zbekiston Respublikasining mulkchilik to’g’risida”gi Qonunida turli- tuman mulklar quyidagi mulk shakllariga kiritilgandir:
Davlat mulki;
Jamoa mulki;
Xususiy mulk;
Shaxsiy mulk; 5.Aralash mulk.
M ulkchilik shakllari
Davlat mulki - mulk deb hisoblangan narsalarni davlat tomonidan bajarish uchun o’zlashtirilishi
Jamoa mulki - ishlab chiqarish va iste‘mol narsalarni muayyan maqsad yo’lida ayrim jamoalarga birlashgan kishilar tomonidan birgalikda o’zlashtirilishi
Xususiy mulk - ayrim kishilar va guruhlarga tegishli bo’lgan hamda daromad topishga qaratilgan mulk