Iqtisodiy tizimlar va ularning o’zgarishi reja



Yüklə 58,82 Kb.
səhifə4/7
tarix02.12.2023
ölçüsü58,82 Kb.
#171074
1   2   3   4   5   6   7
iqtisodiy nazariya .xon

Poliiqtisodiyotmazmunan aralash iqtisodiyotdir. U har qanday monopoliyani rad etadi. U turli xil iqtisodiy, bozor va nobozor aloqa munosabatlarning qorishmasidan iborat.
Iqtisodiy tizmlar rivojlanishiga texnologik yondashuvda ishlab chiqa-rishning texnologik usuli asos qilib olinadi va uning quydagi turlari ajratiladi:

  • Oddiy kooperatsiyaga asoslangan iqtisodiy tizim;

  • Manufakturaga asoslangan iqtisodiy tizim;

  • Yirik mashinalashgan ishlab chiqarishga asoslangan iqtisodiy tizim.

Tsiklli rivojlanish darajasiga ko’ra jamiyat taraqqiyoti kuyidagi bosqich-larga ajratiladi:

  • Neolitik (30-35 asr)

  • Quldorlik- bronza asri (20-23 asr)

  • Antik-temir asri (11-13 asri)

  • Dastlabki feodal (7 asr)

  • Toindustrial tsivilizatsiya (4,5 asr)

  • Industrial (2,5 asr)

  • Postindustrial (1,3 asr).

Qamrov darajasiga ko’ra:

  • Mikroiqtisodiyot.

  • Makroiqtisodiyot.

  • Mezoiqtisodiyot.

  • Supermakroiqtisodiyot (megoiqtisodiyot) ajratildi.

Mehnat vositalari, materiallar, texnologiya, energiya, axborotlar va ishlab chiqarishni tashkil etish birgalikda ishlab chiqarishning texnologik usuli deyiladi.
Oddiy kooperatsiya – bu bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi yoki bir xil ishni bajaruvchilar mehnatining odiy shaklda (bir joyda) uyushtirilishi.


Manufaktura – oddiy kooperatsiyaga uyushgan ishlab chiqaruvchilar o’rtasida mehnat taqsimotining joriy qilinishi. Manufaktura qo’l mehnatiga va oddiy mehnat qurollariga asoslanadi.
Mashinalashgan ishlab chiqarish – monufakturaga uyushgan xodimlar mehnatiga mashinalarning joriy qilinishi natijasida vujudga keladi.
3. Iqtisodiy tizim modellari va ularning belgilari
Iqtisodiy jarayonlarni boshqarish va uyg’unlashtirish mexanizmi hamda mulkchilikning ustuvor shakllariga ko’ra iqtisodiy tizimning bir qator modellari ajratiladi.
Bular buyruqli bozor, aralash va an’anaviy iqtisodiy tizim modellaridir.
Buyruqli iqtisodiyot modelida:

  • Davlat mulki ustuvorlikka ega bo’ladi.

  • Iqtisodiy jarayonlar bir markazdan turib boshqariladi va uyg’unlashtiriladi

Bozor iqtisodiyoti modelida:

  • Xususiy mulk ustuvorlikka ega bo’ladi.

  • Iqtisodiy jarayonlar bozor mexanizmi orqali tartibga solinadi.

Aralash iqtisodiyot (buyruq va bozor iqtisodiyotning qo’shilish nuqtasida hosil bo’ladi) modelida:

  • Mulkchilikning turli – tuman shakllari mavjud bo’ladi.

  • Iqtisodiy jarayonlar bozor mexanizmi bilan birga davlat tomonidan ham tartibga solinadi.

An’anaviy iqtisodiyot modelida.

  • Mulkchilik munosabatlarida merosxo’rlik va sulolalarning mavkei hukmronlik qiladi.

  • Iqtisodiy jarayonlar urf odatlar, udumlar, an’analar, ijtimoiy va diniy tartiblar yordamida tartibga solinadi.

  • Natural mayda tovar xo’jaligi xo’jalik yuritishning ustuvor shakli hisoblanadi.

Bozor iqtisodiyoti erkin raqobatga asoslangan klassik bozor iqtisodiyoti yoki sof kapitalizm va hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyotiga ajratiladi.
Iqtisodiy tizimlar iqtisodiy faoliyatni boshqarish uslubi asosida ham uch guruhga ajratiladi:

  1. Ierarxik tartib asosida boshqarish;

  2. O’z-o’zini boshqarish;

  3. Aralash tartibda boshqarish.


Yüklə 58,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin