Iqtisodiy tizimlar va ularning o’zgarishi reja


Ierarxik tartib asosida boshqarishda



Yüklə 58,82 Kb.
səhifə5/7
tarix02.12.2023
ölçüsü58,82 Kb.
#171074
1   2   3   4   5   6   7
iqtisodiy nazariya .xon

Ierarxik tartib asosida boshqarishda davlat asosiy rol o’ynaydi. Ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash va iste’mol bo’yicha barcha qarorlar davlat tomonidan qabul qilinadi, muammo va masalalar ham davlat tomonidan echiladi.
Axborot olish buyruq va topshiriqlar asosida yo’lga qo’yiladi. Bu yuqoridan pastga qarab, ierarxik tartib asosida olib boriladi. Ierarxiya odatda boshliq hokimligiga tayanadi. Ibtidoiy jamoa tuzumi, quldorlik, feodalizmda ierarxik tartib muhim rol o’ynagan. Ierarxik boshqarishning o’ziga xos shakli ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan, markazdan rejalashtirish asosida boshqariladigan iqtisod bo’lib, korxonalar asosan davlat mulki bo’lib, xo’jalikni boshqarish ierarxik tarzda olib borilgan. Axborot olish buyruq va topshiriqlar asosida yo’lga qo’yilgan. Nima, qancha, qanday savollar davlat tomonidan hal qilingan.
Iqtisodiyotni tartibga solishni o’z-o’zini boshqarish orqali amalga oshirish erkin raqobat kurashi xukmron davriga xos. Bunda resurslarni taqsimlash va boshqa masalalar stixiyali tarzda bozor sub’ektlari tomonidan tartibga solingan. Ishlab chiqaruvchi va iste’molchilarga narxlar o’zgarishi haqidagi ma’lumotlar signal yo’li bilan etkaziladi. Narxlarning ko’tarilishi yoki pasayishi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga qanday harakat qilish zarurligini ko’rsatadi.
Har qanday tizimda ham ishlab chiqaruvchi o’z xarajatini hisob-kitob qilib, foydasini chamalashi kerak. Bu iste’molchiga ham taalluqli. Taniqli iqtisodchi V.Oykenning fikricha, xo’jalik yurituvchi yoki korxona rahbari bir qarash bilan butun «iqtisodiy kosmosni» qamrab oladi. Narxlarning o’zgarishi yoki muqobil xarajatlargina odamlarning iqtisodiy tanlovlarini tartibga soladi.
Iqtisodiyotni tartibga solishni ko’zga ko’ringan iqtisodchilardan R.Kouz tahlil qilib, iqtisodiy nazariyaga transaktsion xarajatlar degan tushunchani kiritgan. Bu xarajatlar ishlab chiqarish bilan emas, balki ana shu ishlab chiqarishni boshlash uchun zarur bo’lgan xarajatlar, ya’ni narxlar, kontr agentlar haqida axborot to’plash, xo’jalik bitimlari tuzish va ularning bajarilishini nazorat qilish xarajatlari va boshqa shunga o’xshash xarajatlarda ifodalanadi. Kouz fikriga ko’ra, u yoki bu tizimning amal qilishi ko’p jihatdan transaktsion xarajatlarga bog’liq. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, keng miqyosda, aytaylik, mamlakat miqyosida faoliyat yuritishda o’z-o’zini boshqarishda ierarxiyaga nisbatan transaktsion xarajatlar ham bo’lar ekan. Firmada ishlovchilar esa bir birlari bilan to’g’ridan to’g’ri muloqotda bo’lib, bevosita o’z boshliqlaridan topshiriq oladi.
Shunday qilib, R. Kouz qiziqarli xulosa chiqaradi: iqtisodiyotni tartibga solishni, boshqarishni normativ baholash, ya’ni yaxshi yoki yomon deb emas, balki masalaga transaktsion xarajatlarni iqtisod qilish nuqtai nazardan qarash kerak.
Albatta bu yagona mezon emas, lekin juda muhim, bunday yondashuv sobiq sotsialistik xo’jalik yuritish nima sababdan samarasiz ekanligini ko’rsatib beradi.

Yüklə 58,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin