Iqtisodiy xavfsizlik fanidan mustaqil ish


Xorijiy investitsiyalarni jalb etish bilan bog’liq xavfsizlik va mamlakatning raqobatbardoshligi



Yüklə 45,59 Kb.
səhifə2/4
tarix04.10.2023
ölçüsü45,59 Kb.
#151975
1   2   3   4
Iqtisodiy xavfsizlik 3

2. Xorijiy investitsiyalarni jalb etish bilan bog’liq xavfsizlik va mamlakatning raqobatbardoshligi Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jakb etish muhim ahamiyat kasb etadi. Xorijiy kapitalning kirib kelishi O‘zbekiston iqtisodiyotida tarkibiy qayta qurish, istiqbolli, zamonaviy tarmoqlarni vujudga keltirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, ichki bozorni tovarlar va xizmatlar bilan to‘ldirish, tovarlarni eksport qilishning yangi bozorlarini, xo‘jalik subyektlarini boshqarishni zamonaviy menejment asosida qayta tashkil etish va takomillashtirishga, yangi ishchi o‘rinlarini yaratishga imkon beradi. Kapital kirituvchi xorijiy investorning investitsiyalardan kutilayotgan daromadi capital evaziga olish mumkin bo‘lgan foiz stavkasidan yuqori darajada bo‘lishi kerak. Iqtisodiy xavfsizlikka xorijiy investitsiyalar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xamkorliklar bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ayni paytda, jahon amaliyotida xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ularni iqtisodiyotning istiqbolli va yuqori texnologiyalarga asoslangan tarmoqlariga joylashtirish mexanizmlarini optimallashtirish, investitsiya loyihalarini umummilliy va mintaqaviy darajada venchurli moliyalashtirish amaliyotini rivojlantirish, investitsiya muhiti jozibadorligini oshirish va investitsiya faoliyatini moliyaviy boshqarish vositalarining o‘zaro muvofiqligini ta’minlash, shuningdek, investitsiya faoliyati samaradorligini baholash uslubiyati va mazkur yo‘nalishda risk-menejment tizimini takomillashtirish masalalari borasida ilmiy tadqiqotlarni olib borish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Investitsion xavfsizlik – davlat organlarining amaldagi qonunchilik bazasi doirasida davlat tomonidan amalga oshirilayotgan investitsion jarayonlarga bevosita ta’sir ko‘rsatish qobiliyatidir va u milliy iqtisodiy tizimning raqobatbardoshligini va barqaror o‘sishini belgilaydi. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda faoliyat yurituvchi umummilliy va mintaqaviy venchur kompaniyalari faoliyati va ularni rivojlantirish strategiyalari tahlili venchurli investitsiyalash bugungi kunda yuqori texnologiyalarga asoslangan investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning asosiy manbai ekanligi aniqlandi. Bunda venchur kompaniyalari kapitali rivojlanayotgan mamlakatlarda asosan davlat va mahalliy byudjet mablag‘lari (50 foizdan yuqori qismi) va xususiy investorlar mablag‘lari hisobiga shakllantiriladi. O‘zbekistonda yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish, yuqori texnologiyali ishlab chiqarish obyektlarini barpo etish maqsadida iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.Shu bilan birga mazkur sohadagi faoliyat samaradorligi, avvalo, mavjud resurslardan yetarli darajada samarali foydalanmaslik, investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi va rentabelligi masalalarining chuqur tadqiq etilmaganligi kabi muammolar mavjud. Qayd etilgan masalalar mamlakatning investitsion jozibadorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatib kelmoqda. Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida «ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish investitsiya muhitini takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy, avvalo, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish» kabi vazifalar belgilab berildi. Chunki, investitsiyalarning muhim manbai hisoblangan «Xorijiy investitsiyalarni, birinchi navbatda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha ishlar qanday ahvolda ekani tanqidiy tahlilni talab etadi. Bunday investitsiyalarning ulushi 30 foizga tushib qolgan» edi. O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarning kirib kelishi uchun qulay sharoitlar yaratilgan. Mavjud qonunchilikka binoan xorijiy investorlar o‘z investitsiyalarini respublika hududida quyidagi yo‘llar bilan amalga oshirish imkoniyatiga ega: - davlat mulkini xususiylashtirish orqali yangidan tashkil etilayotgan korxonalar, banklar va boshqa tashkilotlarda o‘z ulushini qo‘yishi, ya’ni qo‘shma korxona tashkil etish yoki butunlay korxonani sotib olish; - mulkni, aksiyalarni va boshqa qimmatli qog’ozlarni xarid etish; - mustaqil yoki milliy xo‘jalik subyektlari ishtirokida xususiylashtirilayotgan davlat obkyektlariga mulkiy huquqni sotib olish, ya’ni tabiiy resurslardan foydalanish huquqini xarid qilish. Shuni aytish joizki, milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb etish bilan bir qatorda, ushbu jarayonlarda yuzaga keladigan tahdidlarning oldini olish, iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish lozim bo‘ladi. Chunki xorijiy investorlar tomonidan insofsiz xatti-harakatlar sodir etilishi mumkin. Investitsiya zavfsizligi har qanday davlatning umumiy iqtisodiy xavfsizligining muhim qismidir. Mahalliy va xorijiy investitsiyalarning ijobiy dinamikasi iqtisodiyotni barqaror va bosqichma-bosqich rivojlantirishi mumkin. Mamlakat korxonalarining sanoat mahsulotiga talabni oshirish uchun ushbu jarayonda davlatning asosiy o‘rin egallashidan kelib chiqish zarur. Davlat avvalo imtiyozlar, subsidiyalar berish, soliqlarni kamaytirish kabilar orqali mamlakat uskunalari va texnologiyalariga talabning ortishi uchun sharoit yaratishi lozim. Bu borada xorijiy mamlakatlar tajribasidan foydalanish zarur. Masalan, Buyuk Britaniyada investitsiya loyihalarini amalga oshirishlari uchun korxonalarga davlat kafolatlari beriladigan o‘nga yaqin dasturlar mavjud. Respublikamizda investitsiya faoliyatida quyidagi muammolar ham mavjudligini ta’kidlash zarur: YAIMga nisbatan investitsiyalar salmog‘ining xalqaro belgilangan me’yorlarga nisbatan pastligi; Mamlakat hududlarining investitsion jozibadorligi va faolligi talab darajasida emasligi; Investitsiya faoliyatini moliyalashtirishning bozor mexanizmlarining to‘liq joriy etilmaganligi; Mamlakat hududlarida samarali investitsiya siyosatining olib borilmasligi va hokazo. Investitsiya faoliyatini moliyaviy boshqarishning amaldagi holatiga baho berishda dastlab investitsiyalarni moliyalashtirish manbalari tarkibi va dinamikasi tahliliga e’tibor qaratsak, investitsiya faoliyatining asosiy vositasi sifatida korxonalarning xususiy mablag‘lari va aholi ixtiyorida moliyaviy resurslarni e’tirof etish mumkin. Xorijiy davlatlar tajribasi va iqtisodiyotimizning milliy xususiyatidan kelib chiqib, innovatsion va ilmiy sig‘imli investitsiya loyihalari, ayniqsa, startaplarni moliyalashtirish uchun venchur fondlarini tuzilmoqda. Hududlarda venchur fondlarini mahalliy hokimiyat organlari, tijorat banklari, investorlar va aholi mablag‘lari hisobidan shakllantiriladi. Ushbu fondlar moliyaviy resurslaridan hududlar investitsiya salohiyatini hisobga olgan holda foydalanish lozim. Shuningdek, respublikamizda venchurli moliyalashtirishga talab yuqori bo‘lib, ushbu riskli investitsiyalash usuli rivojlanmaganligi tufayli mazkur muammoni ijobiy hal etish uchun xorijiy venchur fondlarini faol jalb etish zarur.


Yüklə 45,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin